Gruntlar mayda zarrachalardan tashkil topgan jism.
Gruntlar faqatgina
qattiq minerallardan tashkil topgan bo’lmay balki uning tarkibida suv(suyuq
modda) va havo(gazsimon modda) ham ma’lum bir miqdorda uchraydi. Bu
moddalarning grunt tarkibida ko’p yoki ozligiga qarab gruntlarning mexanik
xossalari o’zgarib turadi. Shu sababli Y.M.Sergeyev (1978 yil) gruntlarning bir
necha tarkibiy qismlardan tashkil topganligini hisobga olgan holda ularga
quyidagicha tarif beradi:
Grunt
– bu insonning qurilishidagi muhandis faoliyatining asosiy manbai
bo’lib xizmat qiluvchi, bir necha murakkab tarkibli har qanday tog’ jinsidir.
Gruntlar tarkibida qattiq, suyuq va gazsimon qismlarning borligiga asoslani bir
fazali, ikki fazali va uch fazali bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |