Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

 
Tuproq  suvlari  – 
yer  yuzasining  tuproq  qatlamida  joylashgan  bo’lib,  bu 
suvlar tuproqqa atmosfera yog’inlari sug’orish tarmog’idagi suvning shimilishidan 
hosil  bo’ladi.  Bu  suvlarning  miqdori  iqlim  sharoitiga  bog’liq  bo’lib,  yozda  qattiq 
issiqda  butunlay  bug’lanib  ketadi,  yog’ingarchilik  va  sug’orish  vaqtida  tuproqni 
to’yintirib botqoqlikka o’xshatib qo’yadi, qishda esa muzlaydi. Tuproq suvlarining 
tarkibi  o’zgaruvchandir.  Qurg’oqchil  hududlarda  tuproq  ko’pincha  sho’r  suvli 
bo’ladi.  Tuproq  tarkibida  organik  moddaning  ko’p  bo’lganligi  sababli,  tuproq 
suvlari ham organik moddaga boy hisbolanadi. Agar tuproq doimo ortiqcha namni 
saqlab  tursa,  botqoqlangan  tuproqqa  aylanadi.  Bunday  tuproq  tarkibidagi  suvlar 
botqoq suvlari deb yuritiladi.  
 
Yuzaki  suvlar
  –  bu  suvlar  aeratsiya  qavatida  vaqtinchalik  yer  osti 
suvlarining yig’indisidan hosil bo’ladi. Yuzaki suvlar yer ustiga yaqin joylashgan, 
u  aeratsiya  qavatida  uchraydigan  suv  o’tkazmaydigan  linzasimon  qatlamlar, 
qatlamchalar  ustida  paydo  bo’ladi.  Gillar,  og’ir  suglinok  va  mustahkam  tog’ 
jinslarining  linzalari  va  qatlamchalari  suv  o’tkazmaydigan  yoki  yomon  suv 


88 
 
 
o’tkazadigan  qatlam  hisoblanadi.  Atmosfera  yog’inlari  yerga  shimilgandan  so’ng 
ana shu linza yoki qatlamchalarda ushlanib qolib, yer osti suvini hosil qiladi.  
 
33 – rasm Yuzaki suvlarning yer qobig’ida yotishi 
 
1.
 
Aeratsiya qavati 
2.
 
Suv o’tkazuvchi qavat 
3.
 
Suv o’tkazmaydigan linza 
4.
 
Yuzaki suvlar 
5.
 
Suvli qavat 
6.
 
Suv o’tkazmaydigan qavat 
7.
 
Yer osti suvining yer ustiga chiqishi 
8.
 
Grunt suv sathi 
 
Bu suvlarning hosil bo’lishi  yog’ingarchilik ko’p vaqtga  ya’ni qorlarning 
erishi,  ko’p  yomg’ir  yog’ish  vaqtiga  tog’ri  keladi.  Boshqa  vaqtlarda  bu  suvlar 
parlanadi  yoki  boshqa  yer  osti  suvlariga  singib  ketadi.  Yuzaki  suvlarning  asosiy 
hususiyatlari  bu  ularning  mavsumiyligi  hamda  tarqalish  maydoni  va  suv 
qatlamining  kichikligi,    bosimsizligidir.  Yuzaki  suvlar  qurilishga  ko’pgina  zarar 
keltiradi.  Chunki  bu  suvlar  ta’sirida  yer  osti  inshootlari  suvga    to’lib  qolishi 
mumkin.  Suv    ta’sirida  inshootlarning  asosi  cho’kadi,  mustahkamligi  kamayadi. 
Shu  sababli  yuzaki  suvlarning  tarqalishini  bilish  va  ularga  qarshi  chora-  tadbirlar 
qo’llash lozim.  
 
Ko’pincha muhandis  –  geologik  qidiruv  ishlari  yoz  oylarida  olib  boriladi 
va  bu  vaqtda  yuzaki  suvlar  uchramasligi  mumkin.  (ular  bahor  oylarida  paydo 


89 
 
 
bo’ladi). Oqibatda muhandis – geologik xulosalar noto’g’ri natijalarga olib kelishi 
mumkin.  
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish