72
Opoka
– g’ovakli kremniyli tog’ jinsi bo’lib, rangi kulrangdan qoragacha
minerologik tarkibi asosan opaldan tashkil topgan va oz miqdorda kremniy
qoldiqlarining qo’shimchalarini uchratish mumkin. Opoka qattiq yengil tog’ jinsi
bo’lib, maydalansa, har xil burchak hosil qilib bo’laklarga bo’linadi. Opoka ham
tabiatda qavat - qavat holda uchraydi.
Bo’r (mel)
dengiz organizmlaridan hosil bo’lib, tarkibining 60 – 70%ni
ohakli organizmlar qolgan qismini kalsit tashkil etadi. Bo’r ohaktoshdan farqli
o’laroq qavat - qavat bo’lmaydi. Jipslashish darajasi past. Bo’r tog’ jinslari orasida
gil qavatchalarini ham uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: