Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

 
Maxsus tog’ jinslari: 
Bu sinfga kiruvchi tog’ jinslari o’zlarining alohida 
xususiyatlari bilan ajralib turadilarki, bu xususiyatlarni har bir grunt uchun ma’lum 
                                                             
7
G.F.Bell, Engineering Geology, 34 bet.
 


124 
 
 
sharoitda alohida o’rganish kerak. Ularning qurilish xossalari bir-birlaridan keskin 
farq qiladi va ko’pincha yomon xususiyatlarga ega.  
 
Quyida  shu  sinfga  kiruvchi  tog’  jinslari  haqida  fikr  yuritamiz.  
 
Botqoq  yotqiziqlariga
  loy  va  torf,  ya’ni  kuch  ko’tara  olish  qobiliyati 
juda  past  bo’lgan  gruntlar  kiradi.Botqoq  yotqiziqlarini  namgarchilik  ko’p  bo’lgan 
o’lkalarda  uchratish  mumkin.  Loyli  gruntlarlarga,  ko’pincha,  juda  nam  bo’lgan, 
gilli  gruntlarning  birinchi  hosil  bo’lish  bosqichidagi,  ya’ni  tarkibida  organik 
moddalari bo’lgan gilli yotqiziqlar kiritiladi. 
 
 
48-rasm. Botqoq yotqiziqlar 
 
 
Botqoqlik  yotqiziqlarini  hamma  hududlarida  uchratish  mumkin, 
Belorussiya,  Kareliya,  Ukraina  va    Sharqiy  Sibirda  bu  yotqiziqlar  juda  katta 
maydonni 
egallaydi. 
Bu 
yotqiziqlarni 
hosil 
bo’lishida 
iqlim 
sharoiti 
(yog’ingarchilikni  parlanishiga  nisbatan  ko’p  bo’lishi),  yer  yuzasining  past 
tekislikdan  iborat  ekanligi,  suv  o’tkazmaydigan  qatlamning  yer  ustiga  yaqin 
bo’lishi  katta  ahamiyatga  ega.  Daryolarning  eski  o’zanlari  ko’pincha  past 
tekisliklar  hosil  qilib,  loy-gilli  materiallardan  iborat  bo’ladi.  Daryoda  suv  ko’p 
bo’lgan  vaqtdan  bu  tekisliklar  loy-gilli  material  bilan  to’ladi  va  yotqiziqlar  hosil 
qiladi.  Bu  joylarni  “staritsalar”  deb  ataydilar.  Staritsalarda  yog’ingarchilik 
yig’ilishi  uchun  sharoit  yaratilib,  natijada  eski  o’zan  loylari  hosil  bo’ladi.  Bu 
yotqiziqlar yumshoq plastik va oquvchan holatda bo’lib, inshootning zamini bo’lib 
xizmat qilishga yaroqsizdir. 


125 
 
 
Loyli yotqiziqlarning namligi 100%  dan ko’p bo’ladi. G’ovaklik koefittsiyenti 1-2 
oralig’ida,  gohida  undan  ko’p  bo’ladi;  siqilish  moduli  100-150  mm/m,  ichki 
ishqalanish burchagi 10-11
0
 , tutashuvchanlik kuchi 0,005 – 0,01 MPa. 
 
Botqoq yotqiziqlarini V.V.Shugayev 3 turkumga bo’ladi: 
 
1  –  qadimgi  loy  yotqiziqlari,  ular  ko’pincha  yarim  quruq  holatda 
bo’ladilar. 
 
2 – yosh loy yotqiziqlari, ular tabiatda plastik holatda uchraydi.  
 
3 – hozirgi loy yotqiziqlari, ular oquvchan holatda uchraydi.  
 
Qadimgi  loy  yotqiziqlari  boshqa  loy  yotqiziqlariga  nisbatan  mustahkam 
bo’lib  ular  quyidagi  xususiyatlarga  ega:  Namlik  W  =  30%  bo’lganda  ichki 
ishqalanish burchagi 20
0
 , bog’lanish kuchi 0,07 MPa. 
 
Yosh  loy  yotqiziqlarida  ichki  ishqalanish  burchagi  10
0
  gacha,  bog’lanish 
kuchi  0,01  MPa.  Hozirgi  loy  yotqiziqlarida  ichki  ishqalanish  burchagi  6
0
  dan  9
0
 
gacha, bog’lanish kuchi 0,01 MPa bo’ladi. 
 
Deformatsiya ko’rsatkichlari ham shu tartibda o’zgaradi. Ta’sir etayotgan 
kuch miqdori P=0,2 MPa bo’lganda qadimgi  loy  yotqiziqlarida siqilish moduli 40 
mm/m,  yosh  loy  yotqiziqlarida  40-100  mm/m  hozirgi  loy  yotqiziqlarida  100-275 
mm/m  ni  tashkil  qiladi.  Bulardan  ko’rinib  turibdiki  botqoq  loy  yotqiziqlari  juda 
ko’p  siqiluvchan  gruntlardir.  Shu  sababli  loy  yotqiziqlari  tarqalgan  hududlarda 
qurilish  ishlari  olib  borishda  ko’tarmalardan  foydalanadilar.  Bu  yotqiziqlarda 
inshootlarni  qurish  uchun,  loyihalashda  ularning  siqilishini,  zichlanish 
jarayonining  vaqt  bo’yicha  o’zgarishini,  albatta  hisobga  olish  zarur.  Ko’pincha 
bunday  gruntlarning  mustahkamligini  oshirishga  zichlanish  orqali  erishiladi. 
 
Torf.
Botqoq  yotqiziqlari  tarkibida  ko’pincha har  xil  o’simliklardan  hosil 
bo’lgan o’simlik qoldiqlarini korish mumkin. Asosiy tarkibi o’simlik qoldiqlaridan 
tashkil  topgan  bunday  yotqiziqlar 
torf
  deb  ataladi.  Torf  tolasimon,  ko’p 
siqiluvchan,  qo’ng’ir-qora  rangdagi  grunt  bo’lib,  o’zida  namni  saqlashi  bilan 
ajralib  turadi.  Bu  ularning  iqlim  sharoiti,  o’simlik  dunyosi,  gidrogeologik 
sharoitiga  bog’liqdir.  Ko’pincha  torf  qatlamlarining  hamma  qavatlari  suvga 


126 
 
 
to’yingan  bo’ladi.  Lekin  ba’zida  quruq  torf  qatlamlarini  ham  uchratish  mumkin, 
ular  ma’lum  davrlardagina  namlanadilar.  Torf  xususiyatlaridan  biri  zichligining 
kamligi va namligining ko’pligidir. Sharqiy Sibirdagi torflarning namligi 70-100% 
gohida  undan  ko’p  bo’ladi.  Torfning  siqilishi  uning  chirish  darajasiga  bog’liq. 
Torflar ikki turga: ko’milgan – qadimgi va ochiq – yosh torflarga ajratiladi. 
 
49-rasm. Torf 
 
 
Ko’milgan,  qadimgi  torflarda  siqilish  moduli  40-80  mm/m,  qolgan 
torflarda esa bu kattalik 200-300 mm/m atrofida bo’ladi. Torfning mustahkamligini 
xarakterlovchi  kattaliklar  uning  qanday  hosil  bo’lganligiga  qarab  quyidagicha 
o’zgaradi: ichki ishqalanish burchagi φ = 25-35
0
  tutashuvchanlik kuchi C = 0,01-
0,02  MPa.  Torflarda  ham  siqilish  kattaliklari  miqdori  uning  zichligiga  va 
namligiga  bog’liqdir.  Agar  torfning  qalinligi  5  mm  va  undan  ortiq  bo’lsa  unga 
qo’yilgan ko’tarmalarning cho’kishi metrlarda  o’lchanadi. Bularni  yo’l va ko’prik 
qurilishlarini  loyihalashda  albatta  hisobga  olish  zarur.  Shu  sababli  torf  va 
loylarning  namligini  pasaytirish  uchun  qumli  suv  yig’gich  quduqlaridan 
foydalaniladi.  Qumli  qoziqlar  yordami  bilan  ularning  zichligi  oshiriladi.  Botqoq 
yotqiziqlarida  qurilish  ishlarida  qo’llaniladiga  usullardan  biri,  ularning  qavatlari 
qalinligini  kamaytirishdan  iborat.  Lekin  bu  usul  juda  kam  qo’llaniladi.  Torflarda 
zichlashning tezligini oshirish maqsadida ko’tarmalar tagida diametri katta bo’lgan 
quduq  qaziladi  va  u  qum  bilan  to’ldiriladi.  Ko’tarma  orqali  grunt  zichlanganda, 
gruntdan siqib chiqarilgan suv quduq orqali boshqa tomonga yo’naltiriladi.  
 
Torflarda  quriladigan  inshootlarni  loyihalashda,  hisoblash  ishlari  uchun 
quyidagi kattaliklardan foydalanish mumkin: 


127 
 
 
 
Ochiq  torflar  uchun  –  hajmiy  og’irlik  miqdori   
ɤ
w
  =  0,95  –  1,05  gr/sm
3

namlik  miqdori  W  =  500  –  1500%;  tarkibida  ko’l  miqdori  3  –  20%;  siqilish 
koeffitsiyenti    a  =  3  –  14    sm
2
/kg;  ichki  ishqalanish  burchagi    φ  =  10  –  30
0

 
Ko’milgan torflar uchun: hajmiy og’irlik  
ɤ
w
 = 1,2 – 1,4 т/m
3
; φ
э
 = 1,9 – 
2,2 т/m
3
; W = 100 – 300%; ko’l miqdori 30 – 70%; a = 0,2 – 0,4 m
2
/kg; φ = 27 – 
30
0


Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish