Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

 
Gilli  gruntlar 
tabiatda  keng  tarqalgan  bo’lib  cho’kindi  tog’  jinslarining 
50%  ni  tashkil  etadi.  Tekisliklar,  tog’  oraliqlari,  tog’  oldi  hududlarining  ustki 
qismlari  bu  sinfdagi  gruntlardan  iborat.  Ularning  qalinligi  bir  necha  santimetrdan 
10  –  100  metrlarga  boradi.  Gilli  gruntlarga  mayda  zarrachalardan  tashkil  topgan 


121 
 
 
glina,  suglinok,  supes  hamda  ularning  sementlangan  turlari  argelit,  alevrolit, 
mergellar  va  boshqalar  kiradi.  Bu  gruntlar  turli  yoshda  bo’lib,  ko’pchiligi 
to’rtlamchi  davr  yotqiziqlari  hisoblanadi.  Gilli  gruntlar  tarkibida  ko’p  miqdorda 
gilli  minerallar  uchraydi.  Gilli  minerallardan  gidroslyuda,  kaolinit  va 
montmorillanitning miqdori grunt tarkibida qanch miqdorda bo’lishi uning qurilish 
xossasini o’zgarishiga olib keladi. Gilli grunt donalari, zarrachalari bir-birlari bilan 
mustahkam  bog’liqlikka  ega  bo’lishi  mumkin.  Bu  gruntlarning  mustahkamligi 
ularning  namligiga  bog’liqdir.  Agar  grunt  tarkibida  faqat  mustahkam  bog’langan 
suvlar  bo’lsa,  unda  qattiq  jism  xossasiga  ega  bo’ladi.  Grunt  tarkibida  bo’sh 
bog’langan  suvlar  bo’lsa,  grunt  elastik,  erkin  suvlar  bo’lsa,  u  oquvchan  holatda 
bo’ladi.  Gilli  gruntlarning  g’ovakligi  40-60%  gacha  borishi  mumkin.  Bir  turdagi 
gilli  gruntlarning  fizik-mexanik  xossalari  ularning  hosil  bo’lishiga  qarab  turlicha 
bo’lishi  mumkin.  Suvli  sharoitda  hosil  bo’lgan  (allyuvial,  prolyuvial)  gilli 
gruntlarning  zichligi  yuqori  bo’ladi.  Gilli  gruntlar  suvining  ta’siriga  qarab  ikki 
turkumga,  suvda  mustahkam  va  suvda  eruvchan  gruntlarga  bo’linadi. 
N.N.Maslovsuvda  mustahkam  gruntlarga  sementlangan  gilli  gruntlarni  alevrolit, 
argilitlarni  misol qilib oladi. Suvda  yumshaydigan  gilli  gruntlarga supes, suglinok 
va glinalar misol bo’la oladi.  
 
46-rasm.Gilli gruntlar ko’rinishi 
 
 
Bu  turkumdagi  gruntlar  o’z  navbatida  konsistensiyasiga  qarab  guruhlarga 
ajratiladi  –  qattiq,  plastik,  oquvchan  va  hokazo.  Gilli  gruntlar  uchun  ularning 
granulometrik  va  mineralogik  tarkibi  katta  ahamiyatga  ega.  Masalan,  gilli 


122 
 
 
gruntlarning  fizik  va  mexanik  xossalari  uchun  tarkibidagi  gil  fraksiyasining 
miqdoriga  birinchi  navbatda  esa  montmorillonit  minerali  miqdoriga  bog’liqdir. 
Tabiatda,  ayniqsa  O’rta  Osiyoda  gilli  gruntlar  keng  tarqalgan  bo’lib,  ko’pgina 
inshootlarning  zamini  bo’lib  xizmat  qiladi.  12-jadvalda  Ohangaron  vodiysida 
tarqalgan  poleazoy  erasiga  mansub,  qoya  tog’  jinsining  muhandis-geologik 
ko’rsatkichlari berilgan. Gilli gruntlarning asosiy xususiyatlaridan biri kuch ostida 
siqilishlari, bu jarayon uzoq davom etishi mumkin. Gilli gruntlarni o’rganilayotgan 
vaqtda  uning  hosil  bo’lishiga  katta  ahamiyat  berish  lozim.  Ayniqsa,  ularning 
siqilishini,  suv  ta’sirida  cho’kinishini,  ko’pchishini  va  deformatsiya  modulini 
aniqlash kerak. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish