Topshiriq-27: Qismlari uyushgan murakkab qoʻshma gaplarga beshta misol toping va ikkitasini sintaktik tahlil qiling.
Topshiriq-28: Choʻlponning «Kecha va kunduz» romanidan bogʻlangan va bogʻlovchisiz bogʻlangan qoʻshma gaplarga oʻnta misol toping. Bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarga ikkita gap tuzing va sintaktik tahlil qiling.
Topshiriq-29: Hikoya janridagi asarlardan bir bosh boʻlakli gaplarning turlariga misollar toping. Olingan manba muallifi, sahifasi koʻrsatilishi shart. Bir bosh boʻlakli gaplar qatnashgan ikkita gap tuzing va sintaktik tahlil qiling.
Topshiriq-30: Berilgan gaplarning bir va ikki bosh boʻlakli gaplarga ajrating. Bir va ikki bosh boʻlakli gaplarni sintaktik tahlil qiling.
1.Vatan oʻgʻlimizni oʻz xizmatiga loyiq topibdi. Borsin, hunar oʻrganadi, mehnatda pishadi, tengdoshlari oldida yuzi yorugʻ boʻladi. (H.Gʻ.). 2) Kelmaydi. Motosiklni patillatib Suluvingizning oldiga ketdi. (S.Ahm.). 3) Men oʻgʻlimning Vatan oldidagi burchi yozilgan bir enlik qogʻozni qayta-qayta oʻqib, eshik oldida bir necha daqiqa turib qoldim. (H.Gʻ.). 4) Astrabodga kelingan dastlabki kunlarda toʻda-toʻda mehmonlarni qabul qilishga, ularning tahsinlarini tinglashga va oʻz navbatida ularga maslahatlar berib, nasihatlar qilishga toʻgʻri keldi. (L.Bat) 5) Birinchi boʻlib matorga oʻt berish bilan boshqalarni ham jadal ishga chorlaydi. (J.Abd.) 6) Daraxtzor hovlidagi oʻtirgʻichlardan birida Malika uch-toʻrt xotin bilan suhbatlashib oʻtirardi. 7) Malikaning soʻzlarini zaidagilar qarsaklar bilan kutib olishdi. (H.G.)
Foydalaniladigan asosiy darslik va o‘quv qo`llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
Rahbariy adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent. ”Oʻzbekiston”, 2017.
Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari
1.M.Hamroyev,D.Muhamedova,D.Shodmonqulova,X.Gʻulomova,Sh.Yoʻldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil. -300 bet.
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev.Ona tilidan mashqlar toʻplami. TDPU, Toshkent, 2009-yil. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
2. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
3.R.Yunusov. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
4.U. Tursunov, J. Muxtorov. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. «Oʻzbekiston», Toshkent. 1992-yil.
5. Z. Masharipova. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi. T., 2008.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog. uz
2. www. Ziyonet. uz
3. www. edu. uz
4. tdpu-INTRANET. Ped.
Do'stlaringiz bilan baham: |