mo‘ljallashdagi xatoliklar bilan bog‘liq chalkashliklar sodir bo‘ladi.
Hafta kunlarini tartibsiz tarzda o‘zlashtiradilar. Bog‘chaga boruvchi
katta yoshdagilar “Hafta kunlaridan qaysi birlarini bilasan?” degan
savolga ko‘pincha shanba, yakshanba va dushanbani — emotsional
boy, ular uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan kunlami ataydilar
(shanba va yakshanbani — oila a’zolari bilan biiga o‘tkazadilar; dushanba
— yana do‘stlari, tarbiyachi, tabiat burchagidagi hayvonlar bilan
uchrashuv kutayotgan bog‘chaga boradilar).
Hozirgi zamon haqidagi tushunchalar erta shakllana boshlaydi,
o‘tgan zamon haqidagi tushunchalari esa hali aniq emas (ayniqsa
kichik bog‘cha yoshdagilarda).
Biroz kechroq bolalar maqsadi hayot uchun katta ahamiyatga
ega bo‘lgan kelgusi zamonni o‘zlashtirishni boshlaydilar. Ertangi kunga
Do'stlaringiz bilan baham: |