Mutaxassislik tavsifnomasi – muayyan kasb yoki mutaxassis ishchilari mehnatining mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan ishlab chiqarish talablarining bayoni.
Mutaxassislik sinovlari – o‘quvchilar ishlab chiqarish ta’limining to‘liq nazariy va amaliy kursini tamomlagandan keyin, ularning kasb bo‘yicha olgan bilim va malakalarini tekshirish ularga ta’rif ixtisos darajasini berish uchun o‘tkaziladigan tadbir.
Mutaxassislik imtixonlari – mutaxassis sinovlarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish ta’lim natijasida o‘quvchilarning olgan maxsus nazariy bilimlarini tekshirish uchun o‘tkaziladi.