Malakalarning rivojlanishi – muayyan faoliyat sohasiga doir malakalarning kundalik amaliyotda ko‘p qo‘llanilishi natijasida tobora o‘sib, mukammalashib borishdan iborat qonuniyat.
Matonatlilik – shaxsning muayyan maqsadni amalga oshirish yo‘lida uchraydigan har qanday ob’ektiv hamda sub’ektiv qiyinchiliklarga bardosh berib, ularni yengib chiqishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Motiv – odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Motivatsiya – shaxsning nima uchun ma’lum vaqtda boshqa fikr va harakatlarni yemas, faqat shu fikr va harakatni bajarishga qaror qilganligini asoslab berishi tushuntirib berishdan iborat mantiqiy operatsiya.
Mehnat – tarixan tarkib topgan maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan boylik yaratishga qaratilgan ongli faoliyat turi.