99
mutaxassislar qilib tarbiyalash OO‘Yu da ta’lim olayotgan yoshlar
uchun yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza
matnlar
tayyorlashning ham yangicha usullari talab etilmoqda. Yangi
pedagogik texnologiya usullarini mukammalashtirish va amaliyotga
tatbiq etish davr talabidir.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, oldimizda hozirgi kunda
oliygohlarda talabalar bilim olishlari uchun, sohani chuqur
egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish vazifalari turibdi.
Gap fikr yuritish operatsiyalarini faollashtirish, aqliy faoliyatni
faollashtirish
xususida borar ekan, biz eng avvalo, e’tiborni
talabalarning yo‘nalganligini aniqlashga qaratishimiz lozim.
Yo‘nalganlik shaxsning atrof-muhitda ro‘y berayotgan voqea,
hodisalarga nisbatan munosabatlar majmui bo‘lib, faoliyat sifatini
belgilab beradi.
Xatti - harakatlar tuzilishining shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi
(yangi ehtiyojlar, maqsadlar, motivlar). Bu o‘rinda ustanovkalar
ham alohida ahamiyatga ega. O‘qish-bilim
olish faoliyati shaxs
kamolotida muhim ahamiyatga ega va chuqur muammo kasb etadi.
Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli
ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi. Faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y
bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o‘zini qanday
tutishi, egallangan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi.
Faoliyatni amalga oshrish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun
psixologiyada «Motiv» va «Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasidan kengroq
ma’noga ega. Motivatsiya – inson xulq-atvori, yo‘nalishi va
faolligini tushuntirib beruvchi psixologik
sabablar majmuini
bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini, ya’ni «nega?»,
«nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat yo‘lida?»
degan savollarga javob qoldirish – motivatsiyani qidirish demakdir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasida xulqi va o‘zini tutish
sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, masalani
yoritishning ikki jihati farqlanadi.
100
1. Ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv
psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar,
maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar va h.k.).
2. Tashqi sabablar — faoliyatning
tashqi shart-sharoitlari va
holatlar. Ya’ni bular ayni aniq holatlarning kelib chiqishiga sabab
bo‘ladigan tashqi stimullardir. Shaxs xulq-atvorini ichki psixologik
sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiya deb ham
ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanilishi yoki anglanmasligi
mumkin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi
yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning
haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi. «Nega?» degan savolga
«o‘zim ham bilmayman», deb javob beradi. Bu anglangan dispozit-
siyalar yoki ustanovkalar deb ataladi.
Agar shaxs biror sohaga,
kasbga qiziqib, ongli tarzda, uning barcha sir-asrorlarini egallash
uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi,
aniqrog‘i, dispozitsiya anglangan, ongli hisoblanadi. Shu nuqtayi
nazardan motiv kengroq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu
faollik usuliga
nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib
beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin
motivlar muammosi ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari
borasida katta, keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shuni aniqla-
diki, har bir odam o‘ziga xos tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish
va baholashga moyil bo‘ladi. Bu baholar turlicha xarakterga ega.
Bundan
tashqari, bir shaxsning o‘zi ham o‘zidagi holat,
kayfiyatga qarab bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok
qilishga moyil bo‘larkan.
Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarni
o‘sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan
bahosi yoki reaksiyasi sifatida qaramay, balki shunga o‘xshash
holatlarni idrok etishga ichki bir hozirlik — dispozitsyaning
mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs
faolligining motivatsiyasi turli sharoitlarda orttirilgan tajribaga
tayangan,
ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba me’yorlarining
ta’sirida shakllanadigan sabablar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: