64
imkoniyatni
baholashi
juda
ortiqcha
birmuncha
real baho
hisoblay
olmaydi
ta’sirga
berilish
past
biroz mavjud
kuchsiz
juda kuchli
Xarakter
– shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan
va namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyati bo‘lib,
individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Shaxs ba’zida o‘z xarakteridan afsuslanadi, lekin boshqacha
harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqa olmaydi. Xorijiy
psixologlarning
tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffa-
qiyatsizlikka uchrashidan xavfsirab, o‘z yutuqlarini qadrlaydilar va
yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun fojia emas,
shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo‘l urishda davom etaveradilar.
Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlikdan cho‘chiydilar, o‘ta
ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan qo‘rqib, yengil ishga qo‘l
urishni lozim topadilar. Fanda shaxsning
munosabatlarini aks
ettiruvchi xarakterni quyidagi to‘rt tizimga ajratish qabul qilingan:
1.
Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosa-
batni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik,
takabburlik va boshqalar.
2.
Mehnatga nisbatan munosabatni mujassamlashtiruvchi
xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik,
mas’uliyatsizlik kabilar.
3.
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyat-
lar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.
4.
Shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xislat-
lar: izzat-nafslilik,
shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik,
dimog‘dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Xarakter va kishining tashqi ko‘rinishi.
Psixologiya tarixida
inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga,
qaddi-qomatiga
(tana tuzilishi va hokazolarga), ya’ni ayrim tashqi alomatlariga
qarab kishi xarakterini belgilash nazariyalari mavjud bo‘lgan.
Arastu
va
Aflotun
ham kishi xarakterini tashqi ko‘rinishiga qarab
aniqlashni taklif etganlar qatoriga kiradi. Ularning xarakterni
65
o‘rganish nazariyasi asosi qanchalik sodda bo‘lsa, shunchalik g‘a-
royib faraz yotdi. Masalan, kishining tashqi ko‘rinishida qandaydir
hayvon bilan o‘xshashlik belgisini
topish tavsiya qilingan, so‘ngra
esa uning xarakteri ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil
deb qaralgan. Arastuning fikricha, buqaniki singari yo‘g‘on burun
ish yoqmaslikni bildiradi
15
.
Qobiliyat shaxs faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti
hisoblab, zarur bilim, ko‘nikma
va malakalarni egallashning
o‘sishida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan
individual-psixologik xususiyatdir.
Qobiliyat individual-psixologik xususiyat bo‘lib, bir odamning
boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi
.
Qobiliyat umumiy va maxsus turga bo‘linadi.
Shaxsning umumiy qobiliyati yoki umumiy fazilati muayyan
psixologik ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ularni tadqiq qilishga psixo-
loglar allaqachon kirishgan. Shaxsning aniq faoliyat sharoitida
qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan umumiy fazilatlari jumlasiga
odamlarning uch tipdan bittasiga mansubligini ko‘rsatadigan
individual-psixologik fazilat kiradi.
Iste’dod, uning tuzilishi va paydo bo‘lishi.
Qobiliyat
taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb ataladi.
Psixologik
adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy
belgilar ta’kidlab o‘tiladi. Chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab
mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va faol tarzda bajarish
imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasi
iste’dod
deyiladi.
Muhandis xodimlari faoliyatida qobiliyat asosiy o‘rinni
egallaydi. Chunki har bir xodimning mehnatga loyiq yoki loyiq
emasligi ham uning qobiliyatini aniqlashdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: