206
3-mashg‘ulot
KASBIY MOTIVATSIYANI ANIQLASH METODIKASI
Maqsad:
talabalarning
kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlarini aniq-
lashga mo‘ljallangan bo‘lib, OTM psixologining kasbiy proforien-
tatsion yo‘nalishda ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga
qaratilgan.
Mashg‘ulotning borishi:
Kabiy motivatsiya (moyillik) kasb
tanlashga sabab bo‘ladigan aniq rag‘batlantiruvchi harakatdir.
Kasb egallash istagi talabalarda atrof-muhit omillari va
guruhda o‘tkaziladigan muhandislikka yo‘naltiruvchi ishlar orqali
shakllanadi. Kasbiy motivatsiya o‘zgaruvchan
uning shakllanishi
uzluksiz jarayon bo‘lib, obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida
boradi. Shuning natijasida kasbiy motivatsiyani kurs bosqichlarida
aniqlash zarurat bo‘lsa, ularni to‘g‘rilash maqsadga muvofiqdir.
Kasbiy motivatsiyani guruhlarda va alohida o‘rganish mumkin.
O‘spirinlarga javoblar uchun qog‘oz tarqatiladi, qo‘llanma o‘qi-
ladi, savolnoma tasdiq gaplardan iborat har bittasi 3 ta har xil ma’noli
gap bilan tugallangan. 3 vapiant javobdan faqat bitta to‘g‘ri
kelgan
javobni topib javoblar varag‘iga belgilash lozim. Javob berganingizda,
yodingizda bo‘lsin, aniq javobdan ko‘ra ballarning jami muhimroq.
DIFFERENSIAL DIAGNOSTIK SO‘ROVNOMA
Maqsad:
talabalarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlarini aniq-
lashga mo‘ljallangan bo‘lib, amaliy psixologning kasbiy proforientat-
sion yo‘nalishda ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Mashg‘ulotning borishi:
Bu metodika yordamida sinaluvchiga
faoliyatning u yoki bu
turidan qaysi biri unga ko‘proq ma’qul ko‘rishligi va shunga mos
ravishda qaysi kasbga moyilligi aniqlanadi. Atoqli psixolog olim
Ye.A. Klimov kasblarning besh asosiy tipini farqlaydi (tabiat,
texnika, odam, belgilar tizimi, badiiy obraz).
207
Ko‘rsatma: «Faraz qilaylik tegishli ta’limni
olganingizdan
so‘ng. Siz har qanday ishni bajara oladigan bo‘lasiz. Agar Sizga
taklif qilingan ikki imkoniyatdan faqat birini (ulardan biri yoki
ikkalasining ham sizga yoqishi yoki yoqmasligidan qat’i nazar)
tanlashingizga to‘g‘ri kelgundek bo‘lsa,
unda Siz qaysi birini
ma’qul ko‘rgan bo‘lardingiz?
O‘z javoblaringizni, javoblar uchun berilgan varaqda,
tegishli
kataklarda qayd etilgan. Siz tanlagan javob variantingiz tartib raqami
va harfini doira ichiga olib qo‘yish bilan bildiring. Imkon qadar tezroq
ishlashga va javoblaringizda samimiy bo‘lishga harakat qiling».
Do'stlaringiz bilan baham: