2.Kasbiy sifatlar masalasini o‘rganilish holati
Kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi jahon psixologlari uchun
psixik voqeliklarni strukturaviyligi va sistemaliligi tamoyili,
sifatlarning genetik o‘zaro bog‘liqlik darajasini qidirish, kasbiy
153
faoliyatni o‘zlashtirish va amalga oshirish jarayonidagi shaklla-
nishini tadqiq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu jahon
tadqiqotchilarining an’anaviy va konseptual metodologik bazasi
bo‘lib, quyidagilar xizmat qiladi: kasbiy faoliyatdagi sistemagenez,
shaxsning kasbiy shakllanishi, mehnat faoliyati va b.
Yu.P.Povarenkovaning tadqiqotlari doirasida kasbiy sifatlar
tizimli, dinamik va muvozanatli, inson kasbiy taraqqiyotining bosh-
qa elementlari: kasbiy o‘z-o‘zini anglash, kasbiy o‘z-o‘ziga baho,
kasbiy deformatsiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan voqelik sifatida
ko‘rib chiqiladi.
Muallif kasbiy sifatlarni quyidagicha tahlil qiladi: a) subyektning
kasbiy faoliyatidagi tendensiya va uning kasbiy taraqqiyotidagi
yetakchi ko‘rsatkich, b) kasbiy faoliyat, kasbiy shakllanish davo-
mida va o‘ziga mutaxassis sifatidagi munosabati negizida yuzaga
keluvchi emotsional holat, d) subyekt kasbiy faoliyatida funksional
tizim shaklida amalga oshuvchi tuzilmadir.
T.V.Mishenko ishlarida kasbiy sifatlar kasbiy faoliyat
kontekstiga nisbatan ko‘rib chiqilib, bunda subyekt ijtimoiy muhit
bilan kasbiy o‘zaro ta’sirga kirishadi va o‘z-o‘ziga nisbatan hurmati
oshadi. Muallif kasblar olamiga yo‘naltirishni ta’minlovchi shaxs
xarakterlariga, faoliyatda shaxs potensialining to‘la namoyon
bo‘lish shartiga, qolaversa, kasb tanlashning mumkin bo‘lgan
oqibatlarini oldindan ko‘ra bilishga alohida e’tibor qaratadi. Kasbiy
sifatlar insonning kasbni tushunishi, o‘zini mutaxassis sifatida qabul
qilishi, o‘zining kasbiy vazifalarini a’lo darajada va boshqalar uchun
foydali tarzda amalga oshirish bilan belgilanadi.
Ye.N.Kiryanova kasbiy sifatlarni o‘zgaruvchan kasbiy sharoit-
larda ko‘nikma va malakalarni shakllanganlik darajasi va keyin-
chalik kasbiy o‘sish bilan shartlangan, muayyan bir bosqichda
subyektning kasbiy mahorat darajasiga erishishni ta’minlovchi
individual belgi, kasbiy shartlar va kasb mazmunining barqaror
muvofiqligi sifatida tavsiflaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘r-
satmoqdaki, kasbiy sifatlar integral xarakterga ega va mutaxas-
sislarning o‘zgacha madaniyat doirasidagi kasbiy faoliyatga mos-
lashishlarini universal asosi hisoblanadi. Bu sifatlarning ko‘p
154
komponentli ekanligi haqidagi xulosani keltirib chiqaradi. Kasbiy
mahoratning yuqori darajasi bilan bir qatorda yangicha sharoitdagi
ish joyida ko‘nikma va malakalarni qo‘llash qobiliyati tarkibiga
kommunikativ qobiliyatlar, emotsional-irodaviy sohaning shakllan-
ganligi, faollik, sobitqadamlik, keskinlik, stressga barqarorlik, qola-
versa, mehnat jamoasining axloqiy normalariga amal qilish kiradi.
Professiogenez konsepsiyasining muallifi Ye.P.Ermolayeva-
ning ta’kidlashicha, kasbiy sifatlar-ijtimoiy sharoitlarga bog‘liq
bo‘lgan shaxsiy va kasbiy taraqqiyotning mahsulidir. Muallif kasbiy
sifatlar faqatgina kasbni yuqori darajadagi mahorat bilan boshqarish
orqali shakllanadi va faoliyat jarayonining asosiy elementlarini
barqaror muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi, degan g‘oyadan
kelib chiqadi. Kasbni egallash bosqichi va shunga muvofiq kasbiy
sifatlar darajasini tahlil qilish subyektning o‘zi bilan kasbni
identifikatsiya qilish darajasi kasbiy sifatlar funksiyasni amalga
oshirish imkonini aniqlash mumkinligini ko‘rsatdi. Kasbiy sifatlar
muvofiqlashtiruvchi va qayta tashkil qiluvchi funksiyalarini
boshqaradi, ijro etadi: bu funksiyalarning o‘zaro muvofiqligi kasbiy
o‘z-o‘zini anglash va kasbiy taraqqiyotni ta’minlaydi.
Kasbiy sifatlarning muvofiqlashtiruvchi funksiyasi kasbiy
sentrizm va barqaror kasbiy-mintaqaviy pozitsiyani zaruriy
darajasini ta’minlash bilan belgilanib, u quyidagi mezonlarni o‘z
ichiga oladi: konstantlik (o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatish
qobiliyati), moslashuvchanlik (noadekvat kasbiy steriotiplarni
yengib o‘tishga qodirlik), distantlik (ish joyi haqidagi semantik,
informatsion, madaniy tasavvurlarga ega bo‘lish). Qayta tashkil
qiluvchi funksiya kasbiy pozitsiyani rivojlantirish va o‘zgartirishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, kasbiy muhim sifatlar va shaxsning kasb bilan
identifikatsiyasi diapozonini o‘zgarishi, o‘z kasbini boshqa
kasblardan ajratish, kasbiy sifatlar tizimidagi tartiblilik yoki
“tarqoqlik” dan iborat. Professiogenez negizida qayta quruvchi,
muvofiqlashtiruvchi va amalga oshiruvchi komponentlarning davriy
dinamikasi yotadi. Muvofiqlashtiruvchi baza bilan bir qatorda qayta
quruvchi potensialga ega bo‘lgandagina shaxsni kasbiy sifatlarga
ega deb hisoblash mumkin.
155
K.A.Abulxanova-Slavskaya tomonidan hayot yo‘li tuzilishi
(hayotiy pozitsiya, hayotiy chiziq, hayot mazmuni)ga asoslangan
murakkab kasbiy sifatlar tipologiyasi ishlab chiqildi. Muallif
shaxsning kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon qilish xususiyatlariga
muvofiq quyidagi kasbiy sifatlar tipologiyasini ajratib ko‘rsatadi:
1.Shaxs xarakteriga maksimal darajada yaqin bo‘lgan kasblarni
tanlash orqali o‘zligini namoyon qilish sodir bo‘ladi. Bu holatda
hayotiy imkoniyatlar shaxs o‘zining imkoniyatlarini to‘liq amalga
oshirishiga sharoit yaratuvchi vaziyatlarni qaytarish bilan bog‘liq
bo‘ladi.
2.Shaxsga kasbiy mahorat pillapoyalaridan ko‘tarilish
imkonini beruvchi kasb tanlanadi. Bu holatda kasbiy pozitsiyaning
sifatli o‘zgarishi bilan bir qatorda imkoniyatlarning ortishiga olib
keluvchi harakat sodir bo‘ladi. Kasbiy yuksalish negizida mehnat
faoliyatining talablari va vazifalari, shu bilan bir qatorda shaxs
qobiliyatlarining rivojlanishi yotadi.
3.Kasbiy faoliyatda o‘zligini namoyon qilish o‘z ustida ishlash
hamda shaxsiy sifat va qobiliyatlarini rivojlantirish orqali amalga
oshadi. Kasb potensial holatidagi shaxs qobiliyatlarini faollashtiradi,
shaxs taraqqiyoti uchun imkoniyatlar ochib beradi.
4.Shaxsning o‘zligini namoyon qilish qobiliyatlari, o‘z-o‘zini
nazorat qilish va o‘z-o‘zini tahlil qilishni rivojlantirish hamda ijodiy
faollikni rejalashtirishga asoslangan bo‘ladi: bu holatda shaxs
kasbiy o‘sish va rivojlanishga, qolaversa, shaxsiy qobiliyatlarini
amalga oshirish maqsadida mehnat sharoitini qayta qurishga qodir
bo‘ladi.
Aytish joizki, ko‘pgina tadqiqotlarda ijtimoiy tomonga
og‘ishishlar kuzatiladi. Masalan, L.B.Shneyder kasbiy sifatlarning
ikkita muhim aspektlarini ajratib ko‘rsatadi: shaxsning o‘zini aniq
bir kasb va mehnat jamoasi vakili sifatida anglashi.
Kasbiy sifatlarni o‘rganishning qiyin tomoni, birinchidan u
shaxsning aynan o‘ziga, ikkinchidan esa muayyan bir guruh
a’zolariga tegishlidir. Muayyan bir ijtimoiy kategoriyalarga shaxsiy
daxldorlikni idrok qilishning identifikatsiya jarayoni shunga
muvofiq qadriyatlar tizimining shakllanishi bilan hamohang tarzda
156
kechadi. Kasbiy shakllanish jarayonida subyekt o‘zini o‘z kasbi
vakili, u yoki bu kasbiy sifat sohibi yoxud muayyan bir taraqqiyot
bosqichidagi mutaxassis sifatida identifikatsiyalaydi. Shuning uchun
ham “shaxsiy-ijtimoiy” kontiniumdagi kasbiy sifatlar baribir ham
ijtimoiy chegaraga yaqinroqdir va ijtimoiy sifatlarga egalik qiladi
(ijtimoiy guruhlardagi o‘z-o‘zini anglash, guruh tarkibiga qo‘shilish,
guruhlararo diskriminatsiya samarasi va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |