Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/114
Sana13.06.2022
Hajmi2,23 Mb.
#661558
TuriУчебное пособие
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
Bog'liq
Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z.N

kasbiy qayta yo‘naltirish
keng tarqalgan voqelikka aylangan. O‘zini-o‘zi anglash va 
shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda subyekt-
larning turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar 
tizimi, shakllangan shaxs tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga 
oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy sharoitlarni aniqlash bilan 
aloqadorlikda yangi qirralarga ega bo‘ldi. 


122 
V.A.Bodrov va M.A Ratnikova bilan hamkorlikda kasbiy 
faoliyatni o‘zgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta kasbga 
yo‘naltirish vaziyatining xarakteri hamda mehnat subyektining indi-
vidual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq holda kasbiy faoliyatga 
moslashishni o‘rganish maqsadida tadqiqot ishi olib borilgan. 
Yetuklik davrida kasbiy qayta yo‘naltirish va uning kasbiy 
shakllanish jarayoniga ta’siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi: 
1.
Qayta yo‘naltirish vaziyatining ko‘rinishiga ko‘ra (majburiy 
yoki ixtiyoriy). 
2.
Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga 
ko‘ra (turli yosh va ish stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar, 
boshqaruvchi shaxs, muhandis, shifokor, o‘qituvchi). 
3.
Joriy faoliyatning xarakteriga ko‘ra. 
4.
Qayta yo‘naltirilgan subyektlarning individual-psixologik 
xususiyatlariga ko‘ra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va 
boshqalar). 
Qayta yo‘naltirishning muvaffaqiyati yangi faoliyatga kasbiy, 
ijtimoiy va psixologik moslashganlik darajasi bilan tavsiflangan. 
Bunda majburiy qayta yo‘naltirishni, ya’ni ishdan haydalish, 
tashkilotning inqirozga uchrashi vaziyatlarini boshidan o‘tkazgan 
xodim sinov muddati (6 oy) davomida kasbiy faoliyatga moslasha 
olgan (93%, 68% va 33% vaziyatlarda moslashish turiga muvofiq), 
84%, 63% va 58% vaziyatlarda esa ixtiyoriy qayta yo‘naltirishni 
yoki qo‘shimcha kasbiy faoliyatga, qolaversa, majburiy qayta 
yo‘naltirishni boshidan kechirayotgan xodimlarning yangi kasbiy 
faoliyatga psixologik moslashishida ko‘pgina qiyinchiliklarga 
uchragan. Kasbiy faoliyatga moslashish jarayonining tezligi 
shaxsning internallik-eksternallik xarakterlariga va shaxsiy xavo-
tirlanish darajasiga bog‘liqdir. 
Shaxs tuzilishining arxitektonik holati va maxsus qobiliyatlar, 
shaxs taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma’lumotlar, faoliyat-
ning dinamik tuzilishi va mazmuni hamda bu jarayon bilan bog‘liq 
ravishda shaxsga nisbatan qo‘yiladigan kasbiy talablar keyinchalik 
kasbiy shakllanishning va bu tizim asosida mutaxassislarni psixo-
logik saralashning takomillashtirish jarayonining yangi qirralarini 


123 
o‘rganishni belgilab beradi. Bu qarashlar eksperimental asoslangan 
bo‘lib, uning negizida kasbiy yaroqlilikni baholashga nisbatan 
strukturaviy-dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi. 
To‘rt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib 
borilgan tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga 
qaratilgan alohida kasbiy muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga, 
ya’ni uchuvchilik qobiliyatining tuzilishidagi komponentlarning 
o‘zaro ichki aloqalarini namoyon bo‘lish darajasidagi tafovutlar va 
bu komponentlar orasidagi ierarxik munosabatlar xarakteriga ega 
ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis 
bo‘lib yetishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlar-
ning rivojlanganlik darajasidagi individual farqlarning keng qam-
rovli ekanidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, ularning uchuvchi 
kasbini tanlashdagi kasbiy yo‘nalganligi psixik mavqe jihatidan 
iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qo‘yiladigan talablarga muvofiq 
tarzda rivojlanganligi bo‘lajak mutaxassislarning kontengentini 
to‘liq shaklda aniqlab bera olmaydi.
Ta’limning turli bosqichlarida kasbiy xususiyatlarning 
miqdoriy, xarakter jihatdan va o‘zaro chambarchas bog‘liq holda 
o‘zgarishi aniqlangan bo‘lib, ular kursantlarga qo‘yiladigan 
talablarning turli mazmunga egaligi bilan bog‘liq: o‘quv masalalari, 
qolaversa, bu talablarga nisbatan moslashuvchanlik darajasi va bu 
masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan adekvatlik 
darajasi hamda faoliyat tizimiga (V.D.Shardakov bo‘yicha) 
individual funksional moyilligi bilan belgilanadi. 
Kursantlarning turli ta’lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim 
xususiyatlarini namoyon bo‘lish darajasi ko‘rsatkichlarining 
dinamikasini katta variativligi psixik taraqqiyot fazalarining 
geteroxronligi va o‘zgarishlarning betartibligi, qolaversa, har bir 
o‘quv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar holatiga ta’sirida aks 
etishi joriy qilingan. Ta’lim jarayonida kasbiy muhim xususiyatlarni 
tizimlashtirishning samaradorligi oshib borayotgani aniqlangan 
bo‘lib, bu bevosita alohida xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar 
sonini kamayishiga, ya’ni xarakterning kasbiy ta’lim bosqichidaga 
passiv qobiliyatlar tuzilishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishiga (birinchi 


124 
kursda-barcha kasbiy muhim xususiyatlar orasida teng va 
ahamiyatsiz aloqalar mavjud bo‘lib, to‘rtinchi kursga kelganda-
yetakchi xususiyatlar orasida “kuchli” aloqalar sonini ortganligi 
kuzatiladi); kasbiy muhim xususiyatlar tuzilishida– kognitiv 
(axbortni qayta qurish), psixomotor (yetakchi faollik), faol-
lashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va nazorat 
qilish) kabi 3 ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda. 
Berilgan korrelatsion tahlillar kasbiy muhim xususiyatlarning 
kursantlarni past va yuqori o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq holda 
namoyon bo‘lishida miqdor va sifat jihatdan tafovutlar borligini ko‘r-
satmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori bo‘lgan kursantlarda kasbiy 
muhim xususiyatlarning funksional majmuini egiluvchan va 
moslashuvchan tizimga asoslanganidan, tayyorgarligi past darajada 
bo‘lgan kursantlarning esa kasbiy muhim xususiyatlari ularda yangi 
kasbiy masalalarni o‘zlashtirishlari uchun qiyinchiliklar tug‘diruvchi 
konservativ, qattiqqo‘llik tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi. 
Shunday qilib, uchuvchi-kursantlar kasbiy shakllanishining 
o‘ziga xosligida aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyat-
larini o‘rnatish jarayoni kasbiy muhim psixologik xususiyatlarning 
maxsus integratsiyasi sifatlari va shaxsning kasbiy tizimda to‘liq 
shakllanishi bilan hamohang tarzda kechishidan dalolat beradi. 
Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual 
farqlar mutaxassislarni kasbiy yetuklikka erishishlarining turli 
imkoniyatlarini belgilab beradi. 
Mehnat subyektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni 
sifatida mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, 
yuqori darajadagi professionalizm, malakaga, kompetentlikka va 
yetuklikka egaligida mujassamlashadi. Bu tavsiflarning har biri 
kasbiy shakllanganlikning o‘ziga xos xususiyatlarini, shaxs 
taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu jarayonning 
natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish