53
Xristianlikning Sharqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviyaning
rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkov: Konstan-
tinopol,
Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin,
Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya, Slovakiya, Rus va
Amerika cherkovlari vujudga keldi. Bu
cherkovlardan eng kattasi
Rus pravoslav cherkovi (RPCh boshqa rasmiy nomi Moskva
patriarxati).
Avtokefal cherkovlar bilan birga avtonomiya maqomidagi
Sinay, Fin va Yapon cherkovlari faoliyat olib bormoqda. XX
asrning oxirlarida, Sharqiy Yevropadagi
siyosiy jarayonlar
sababli, avtokefal cherkovlar ning soni yanada ortdi. Bu
cherkovlar turli ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsa-
tadilar va zamonning dolzarb muam molariga turlicha munosabat
bildiradilar.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alo-
hida ahamiyat beradi. Cherkov yili eski hisobga muvofiq 1-sen-
tabrdan boshlanadi. 8-sentabr kuni «Rojdestvo bojey materi»
bayrami o‘tkaziladi. 12-sentabr kuni «Vozdvijeniya kresta
gospodnya» bayrami nishonlanadi. Bu bayram imperator
Irakliya davrida Iso krestining forslar
tutqunidan qaytarib olib
kelinishiga bag‘ishlanadi. 21-noyabr kuni «Vvedenie vo xram
Presvyatoy bogoroditsey» bayrami o‘tkaziladi. Bu bayram uch
yoshli Maryamning birinchi ruhoniy tomonidan qadimiy ahd
ibodatxonasiga olib kirilganligiga bag‘ishlanadi. Ibodatxonaga
kirish bayramidan bir hafta oldin 15-noyabrda
Rojdestvo posti
boshlanadi. Nihoyat, 20-dekabrda Rojdestvo bayrami kiradi va
31-yanvargacha davom etadi.
Isoning cho‘qintirilishi bayrami 6 yanvarda nishonlanadi.
Bu bayram Isoning Yahyo tomonidan cho‘qintirilishiga bag‘ish-
lanadi.
Navbatdagi yana bir yirik bayram sretenie (olqishlash, kutib
olish) bayramidir. Bu bayram Iso tug‘ilgach avliyo Simeon
tomonidan uni kutib olinishiga bag‘ishlanadi.
54
Yuqorida sanab o‘tilgan bayramlar oldidan ularga tayyorgalik
sifatida turli muddatli postlar o‘tkaziladi. Postning mohiyati inson
ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhim voqealariga
tayyorgarlikdan iborat.
Pravoslav cherkovida ruhoniylar uch tabaqaga bo‘linadi:
1) dia kon, 2) ruhoniy, 3) yepiskop.
Diakon (grek. xizmatchi) ruhoniylikning
eng quyi tabaqasi
hisoblanadi.
Ruhoniy yoki Ierey pravoslav ruhoniyligining ikkinchi
tabaqasi hisoblanadi. Yepiskop yoki arxiyerey ruhoniylikning
eng oliy unvoni hisoblanadi. Yepiskoplar barcha ibodat va sirli
marosimlarni bajara oladilar. Poytaxt
shaharlarning yepiskoplari
mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi
patriarxdir.
Do'stlaringiz bilan baham: