Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/55
Sana20.06.2022
Hajmi1 Mb.
#683180
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
Bog'liq
DINSHUNOSLIK

Islom Karimov
Darhaqiqat, mustaqillik yilla-
rida mam lakatimizda millat lararo 
va din lararo munosabat larni uy-
g‘un lash tirishda o‘ziga xos taj
riba 
orttirildi.
O‘zbekiston hukumati tomonidan 
diniy bag‘rikenglik siyosati odilona 
olib borilmoqda. Har qanday ko‘p-
millatli va ko‘p dinli davlatda mil-
latlararo totuvlik va konfessiyalararo 
hamkorlik, jamiyatdagi barqarorlik va taraqqiyotga mustahkam 
zamin yaratuvchi, uning istiqbolini belgilab beruvchi omillardan 
sanaladi.
Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat hamda 
16 diniy konfessiya vakillari o‘zaro tinchlik va hamjihatlikda 
istiqomat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida respublikada qator xalqaro diniy 
anjumanlar hamda jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa 
qo‘shgan allomalarimiz yubileylari bilan bir qatorda boshqa 
diniy konfessiya tadbirlari ham xalqaro miqyosda nishonlab 
kelinmoqda.
Quyida qayd etilayotgan mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik-
ning ta’minlanishiga oid amalga oshirilgan ishlar buning tasdig‘i 
bo‘la oladi:
1996-yil 9–12-noyabr kunlari Rus Pravoslav cherkovi 

Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasining 125 yilligi muno-
sabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkazildi.
1996-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Yevangel-lyuteran 

jamoasi Markaziy Osiyodagi yagona lyuteran Kirxasining 
100 yilligini nishonladi.
2001-yil 30-mart kuni O‘zbekiston «Bibliya» (Injil) kitob 

jamiyati tomonidan amalga oshirilgan «Sulaymonning 


95
hikmatlari kitobi»ning o‘zbekcha tarjimasi taqdimot 
marosimi o‘tkazildi.
2001-yil 25–26-noyabr kunlari Rus Pravoslav cherko- 

vi Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasining 130 yilligiga 
bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish va ilmiy konferensiya o‘t-
kazildi.
2002-yil 30-may kuni Navoiy shahrida Rus Pravoslav 

cherkovining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
2002-yilda Rim-katolik cherkovi katoliklikning Marka ziy 

Osiyoda qayta tiklanganligiga 100 yil to‘lishi munosabati 
bilan bayram tadbirlari tashkil etdi.
2003-yil 5-oktabr kuni Samarqand shahrida Arman 

Apostollik cherkovi qurilganligining 100 yilligiga bag‘ish-
langan tantanalar o‘tkazildi.
2004-yil 22–23-mart kunlari Fransiyaning Parij shahrida 

«O‘zbekiston va Fransiyada diniy bag‘rikenglik» va 
«O‘zbe kiston va Fransiya xalqaro munosabatlar tizimida» 
mavzularida Xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi.
2004-yil 3–10-oktabr kunlari AQSHning Vashington 

shahrida R. Nikson markazi tomonidan tashkil etilgan 
«Davlat va din, konfessiyalararo bag‘rikenglik: O‘zbekiston 
misolida» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2007-yil 31-may kuni Buyuk Britaniyaning London 

shahrida «Uch din forumi» xalqaro tashkiloti tomonidan 
tashkil etilgan «Konfessiyalararo totuvlikka erishishda 
O‘zbekiston tajribasi» mavzuidagi seminar uyushtirildi.
Shu bilan birga diniy tashkilotlarning soni ko‘payganini 
ham ta’kidlab o‘tish kerak. Xususan, 1990-yilda respub-
likamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va 30 ta 
noislomiy) mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1991-yilda 179 taga (146 
ta islomiy va 33 ta noislomiy) yetdi. 2012-yilning dekabriga 
kelib esa ularning soni 2224 tani (2049 ta islomiy va 175 ta 
noislomiy) tashkil etdi.


96
Yurtimizdagi diniy konfessiyalar orasida Rus pravoslav 
cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Injilchi xristian-baptistlar, 
Yettinchi kun adventistlari, Lyuteranlar, Rim-katolik, Arman 
apostol, Yangi Apostol, Yahudiy va Bahoiylar diniy jamoalari, 
Krishnani anglash jamiyati, Budda ibodatxonasi kabi diniy 
tashkilotlarning mavjudligini qayd etish lozim. Ular qatorida 
Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta-maxsus islom bilim 
yurti hamda Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Mustaqillik sharofati tufayli ularning faoliyati tom 
ma’noda tiklandi va rivoj topmoqda.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish