Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma toshkent «Niso Poligraf»



Download 284,64 Kb.
bet34/80
Sana03.01.2021
Hajmi284,64 Kb.
#54315
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Bog'liq
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik-fayllar.org

Protestantlik  yo‘nalishi.  Protestantlik  tarixi  Martin 
Lyuterdan  (1483–1546)  boshlanadi.  U  XVI  asrda  Yevropada 
katoliklarga qarshi qaratilgan Reformatsiya harakati bilan bog‘liq 
juda  ko‘p  mustaqil  cherkovlar  va  sektalarni  o‘z  ichiga  oladi. 
«Protestantizm»  atamasi  «protest»  (norozilik)  so‘zidan  kelib 
chiqqan.
Protestantlikning  ilk  shakllari:  lyuterchilik,  svinglichilik, 
kalvinizm,  unitarizm  va  sotsinchilik,  anabaptizm,  mennochilik 
va  anglikanchilik  edi.  Hozirgi  vaqtda  protestantizm  dunyoning 
barcha  qit’alarida  keng  tarqalgan.  Protestantlikning  jahon 
markazi  AQSHda,  bu  yerda  baptist,  adventist,  Iegovo  shohidlari 
va boshqalarning qarorgohlari joylashgan.


56
Protestantlik  xudoning  borligi,  uning  uch  qiyofada  namoyon 


bo‘lishi,  jonning  o‘lmasligi,  jannat  va  do‘zax  (katoliklikdagi 
a’rofdan  tashqari)  haqidagi,  vahiy  va  boshqalar  to‘g‘risidagi 
umumxristian  tasavvurlarini  e’tirof  etadi.  Biroq,  Martin  Lyuter 
katolik  cherkovi  bilan  aloqani  uzib,  protestant  cherkovining 
asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga 
ko‘ra,  inson  Xudo  bilan  bevosita  muloqot  qilishi  mumkin. 
Protestantlikning  mohiyatiga  ko‘ra,  ilohiy  lutf-u  marhamat 
insonlarga  cherkovning  ishtirokisiz  in’om  etiladi.  Inson  najot 
topishi  uning  shaxsiy  e’tiqodi  va  Isoning  vositasi  orqali  ro‘y 
beradi.  Avom  ruhoniylardan  farqlanmaydi,  ruhoniylik  hamma 
dindorlarga bir xilda joriy etiladi.
Protestantlik  diniy  marosimlarning  ko‘pchiligini  bekor  qildi, 
faqatgina  lyuteranlikda  non  va  vino  bilan  cho‘qintirish  saqlanib 
qoldi.
O‘lganlarga  bag‘ishlangan  duo  o‘qish,  aziz-avliyolarga 
sig‘inish,  muqaddas  murdalarga,  sanamlarga  topinish  bekor 
qilindi.  Ibodat  uylari  ortiqcha  hashamlar,  mehroblar,  sanamlar, 
haykallardan  tozalandi,  ruhoniylarning  uylanmaslik  shartlari 
bekor  qilindi.  Ibodatlar  faqatgina  lotin  tilida  olib  borilishi, 
Injilning  faqatgina  ruhoniylar  tomonidan  sharhlanishi  zarurligi 
shartlari  inkor  etil di.  Injil  milliy  tillarga  tarjima  qilindi,  uni 
sharhlash har bir xudojo‘yning eng muhim burchi bo‘lib qoldi.
Keyinchalik  protestantlik  zamirida  bir  necha  mustaqil  cher-
kovlar ham yuzaga keldi. Ular qatorida kalvinizm, anglikanlik, 
baptistlik,  adventistlik,  pyatidesyatniklik  kabilarni  sanash 
mumkin.
Injil yahudiylik va xristianlik dinlari ta’limotiga ko‘ra, u Xudo 
tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini 
o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir.
Yahudiy  va  xristian  Injillari  bir-biriga  mos  kelmaydi. 
Yahudiylarning muqaddas kitobi qadimiy Isroil va yahudiylarning 
diniy  ta’limot  va  urf-odatlari  asosida  miloddan  avvalgi  XIII 


57
davrda  yozilgan  bo‘lsa,  Xristianlarning  kitobi  esa  milodning 


boshlarida  vujudga  keldi.  Yahudiylar  xristianlarning  kitobini 
muqaddas  kitob  sifatida  tan  olmaydilar.  Xristianlar  esa 
yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar.
Hozirgi kunda mamlakatimizda bir necha xristianlik oqimlari 
faoliyat  olib  boradi.  Xristianlikning  ham  O‘rta  Osiyo  xalqlari 
tarixida o‘ziga xos o‘rni bor.
Bu  din  O‘rta  Osiyoga,  xususan,  O‘zbekistonga  ikki  yo‘l 
bilan  kirib  kelgan.  Bu  jarayon,  birinchidan,  xristianlikni 
targ‘ib etuvchi missionerlarning targ‘ibotchilik harakati orqali, 
ikkinchidan, O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi 
va  xristian  diniga  e’tiqod  qiluvchi  aholining  ushbu  mintaqaga 
ko‘plab ko‘chib kelishi orqali amalga oshdi. Bu dinni mahalliy 
aholi orasida tarqatuvchilar O‘rta Osiyoning turli viloyatlariga 
milodning  III  asrlarida  kirib  kelganlar.  Masalan,  280-yilda 
Talos (Marke) cherkovlari qurilib bo‘lgan, Samarqandda (310-
yildan), Marvda (334-yildan), Hirotda (430-yildan), Xorazmda 
va  Markaziy  Osiyoning  boshqa  shaharlarida,  keyinchalik 
Samarqandda,  Marvda  (430-yillar),  Hirotda  (658-yillar) 
yepiskoplikdan  iborat  diniy  hududiy  jamoalar,  birlashmalar 
bo‘lgan.  Xurosonliklar  va  sug‘diyonaliklar,  zardushtiylar, 
monaviylar,  buddistlar  bilan  bir  qatorda  xristianlar  ham 
bo‘lganlar. Ular qoraxitoylar va sosoniylarga qarashli yerlarda 
yashaganlar.
Pravoslavlik  yo‘nalishi  O‘zbekiston  hududiga  Rossiya  orqali 
kirib  kelgan.  1871-yil  4-mayda  Rossiya  imperatori  tomonidan 
Toshkentda  Turkiston  (hozirgi  vaqtda  O‘zbekiston  va  Toshkent) 
yeparxiyasini ochishga qaror qilindi.
Xristianlikning  O‘zbekistonda  tarqalgan  oqimlaridan  biri 
katoliklikdir.  Toshkentda  birinchi  katolik  cherkovi  1912-yilda 
qurila  boshlanib,  1917-yilda  bitkazilgan.  Hozirgi  kunda  bu  bino 
tarixiy va ahamiyatga molik obida sifatida qayta ta’mirlanmoqda.
Vatikan  davlati  O‘zbekistonning  mustaqilligini  1992-yil 
1-fev ralda  tan  olib,  shu  yilning  17-oktabr  kuni  ikki  taraflama 
diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1994-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston 


58
Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A.  Karimov Vatikan davlatining 


nunsiy  elchisi  Marian  Olesdan  Ioann  Pavel  II  ning  ishonch 
yorlig‘ini  qabul  qildi.  Shundan  so‘ng  Vatikanning  Toshkentdagi 
elchixonasi rasman o‘z ishini boshladi.
O‘zbekistonda  hududida  protestantlikka  oid  cherkovlar  ham 
faoliyat yuritmoqda.
Bugungi  kunda  Markaziy  Osiyo  xristian  missionerligining 
diqqat-e’tibori  qaratilgan  hududlardan  biriga  aylanganini  alohida 
qayd  etish  lozim.  Ushbu  hududni  o‘zlashtirish  uchun  bir  qator 
rejalar ishlab chiqilgan.
  Missionerlar  o‘zlari  faoliyat  olib  boradigan  mamlakatga 
xos  xususiyatlarni  hamisha  e’tiborga  olgan.  Masalan,  ijtimoiy 
mazmunga  ega  ko‘plab  tadbirlarga  «o‘z  ulushlarini  qo‘shishga» 
va o‘zlarining beg‘arazligini iddao qilgan holda muhtoj oilalarga 
moddiy  yordam  berishga  harakat  qilishlari  ham  shunday  xulosa 
chiqarish imkonini beradi.

Download 284,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish