Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma toshkent «Niso Poligraf»



Download 284,64 Kb.
bet71/80
Sana03.01.2021
Hajmi284,64 Kb.
#54315
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Bog'liq
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik-fayllar.org

ISLOM  FUNDAMENTALIZMI  –  Qur’on  va  hadislarga 
so‘zma-so‘z  talqin  etuvchi,  ilk  islomga  qaytishga  qaratilgan 
aqidalarni  targ‘ib  qiluvchi  diniy-konservativ  ruhdagi  oqim. 
Islom  fundamentalizmi  vakillari  islomning  fundamental  (asosiy) 
tamoyillari  jamiyatning  taraqqiyot  yo‘lini  belgilab  beradi,  deb 
hisoblaydilar va faqat ularga amal qilishga da’vat etadi. Keyingi 
paytlarda  mutaassib  musulmonlar  «fundamentalistlar»  deb  atal-
moqda.
ISLOMgAcHA  BO‘LgAN  MA’NAVIY  MEROSIMIZ-
NINg  NAMUNALARI  –  muqaddas  «Avesto»  kitobida,  «Kul-


109
tegin»,  «Bilga  Xoqon»,  «To‘ngyuquq»  bitiklari,  Kayxusrav  va 


Doroga  qarshi  kurashgan  milliy  qahramonlarimiz  haqida  «To‘-
maris», «Shiroq» afsonalari, Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn)
ga  qarshi  kurashgan  Spitamen  haqidagi  rivoyatlar,  Panjikentda 
topilgan  (1932-yilda)  so‘g‘d  yozuvidagi  86  hujjat,  Xorazmdagi 
Tuproq  qal’adan  topilgan  83  dan  ortiq  qadimgi  Xorazm 
yozuvlarida va boshqa hujjatlarida o‘z aksini topgan.
ISLOM  –  (arabcha  –  bo‘ysunish,  itoat  etish,  o‘zini  Alloh 
irodasiga  topshirish)  –  jahonda  keng  tarqalgan  uch  din 
(buddaviylik va xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga 
e’tiqod  qiluvchilar  arabcha  «muslim»  («islomni  qabul  qilgan», 
«itoatli», «sadoqatli»; ko‘pligi «muslimun») deb ataladi. «Muslim», 
«muslimum»  so‘zining  boshqa  xalqlar  orasida  o‘zgacha  talaffuz 
etish  (masalan,  forslarda  –  musalmon,  o‘zbeklarda  –  musulmon, 
qirg‘iz  va  qozoqlarda  –  musurmon,  Ukraina  va  Rossiyada  – 
basurmon, musulman) natijasida bu dinga e’tiqod qiluvchilar turli 
nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi 
keng tarqalgan.
MADINA  –  (arab.  –  shahar,  to‘liq  arabcha  nomi  –  Madinat 
Rasululloh  yoki  Madinat  an-nabiy  –  payg‘ambar  shahri)  – 
Saudiya  Arabistonining  shimoli-g‘arbiy  qismidagi  shahar.  Hijoz 
viloyatida  bo‘lib,  xalq  uni  Madinai  munavarra  –  Nurafshon 
shahar  deb  e’zozlaydi.  Makkadan  400  km.  shimolda  joylashgan. 
Madinaga  asos  solingan  vaqt  noma’lum.  Qadimgi  Yasrib 
(Yatrib)  ilk  o‘rta  asrlardan  boshlab  Madina  deb  atalgan.  622  yil 
Muhammad  (s.a.v.)  Makkadan  Madinaga  ko‘chib  o‘tganlar  va 
qolgan umrlari shu yerda kechgan.
MADRASA  –  (arab.  –  dars  o‘qitiladigan  joy,  darsxona) 
islomda  o‘rta  maxsus  diniy  o‘quv  yurti.  Yaqin  va  O‘rta  Sharq 
mamlakatlarida ulamolar va maktabdorlar, davlat idora xodimlarini 
tayyorlagan.  Islom  mamlakatlarida  madrasa  haqidagi  ilk 
ma’lumotlar X asrga oid bo‘lib, ular Xuroson va Movarounnahrda 
joylashgan.  XI  asrdan  boshlab  yetakchi  o‘quv  yurtiga  aylangan, 


110
bungacha  ta’lim  masjidlarda  va  xususiy  uylarda,  shuningdek, 


mehmonxonalar,  kutubxonalar,  kasalxonalarda  olib  borilgan. 
Madrasalar  vaqf  hisobiga  ta’sis  etilgan.  Madrasalarda  mudarrislar 
va boshqa xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o‘quv jihozlari 
(daftar, kitob, qalam va boshqalar) va turar joy bilan ta’minlangan.
MUHADDIS  (arab.  –  hadis  rivoyat  qiluvchi)  –  hadislarni 
to‘plash, saralash va sharhlash bilan shug‘ullanuvchi. Muhammad 
(s.a.v.)  vafotlaridan  keyin  hadislarni  to‘plash  keng  an’anaga 
aylana  boshlashi  natijasida  olimlarning  bir  qismi  bu  sohada 
ixtisoslashgan  va  ular  muhaddislar  deb  nom  olgan.  Hadis 
to‘plamlari  islom  an’anasida  e’tibor  qozonib,  muhaddislar 
(masalan,  Imom  Buxoriy,  Imom  Muslim,  Imom  Termiziy  va 
boshqalar)  islom  tarixida  mashhur  bo‘lib  ketgan.  Islomda  hadis 
Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaa hisoblanadi.
OR-NOMUS  –  imonli  bo‘lishning  belgilaridan  biri  hi-
soblanadi.  Or  qilish  odamning  o‘ziga  nomunosib  yoki  ep 
ko‘rmagan  ishdan,  narsadan  xijolat  tortish,  uyalish,  uyat  va 
nomus  qilish  tuyg‘usidir.  Or  yana  biror  narsadan  hazar  qilishni 
ham  bildiradi.  Oriyat  esa  or-nomusdan  tashqari  izzat-nafs,  qadr 
tuyg‘usidir.  Odatda  oriyatli  odamlar  o‘zlari  va  oilalarining, 
tug‘ishganlarining  izzat-nafsi,  qadri,  hurmatini  yuksak  tutib, 
boshqalar  tomonidan  toptalishi,  haqorat  qilinishi  va  hurmat-
sizlanishiga loqaydlarcha qarab turmaydi, turolmaydi.
Nomus  –  bu  iffat,  bokiralik  ma’nolaridan  tashqari  kishining 
o‘z  mavqeini  saqlash,  ulug‘lash  va  ardoqlash,  xijolat  tor tish 
tuyg‘usini, oila va ajdodlar sha’niga dog‘ tushirmaslik ma’nosini 
ifodalaydi.

Download 284,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish