DINIY FUNDAMENTALIZM (lotincha – asos degani) –
barcha dinlarda o‘z ilohiy yozuvlarini ishonch uchun asos
sifatida «so‘zsiz» qabul qilib, ushbu dinlar paydo bo‘la boshlagan
dastlabki fundamental g‘oyalarga qaytish, me’yorlar va
tamoyillarga asoslangan davlat barpo qilish, diniy aqidalarni har
qanday yo‘llar bilan joriy qilishga urinishdir.
DINIY MAROSIMLAR – fuqarolarning diniy ta’limot-
lardan, ularning qonun-qoidalari va aqidalaridan kelib chi-
qadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. Diniy marosimlar
har qaysi din vakillarining o‘z diniy ta’limotlari asosida kelib
chiqqan. Islom dinida aqiqa, amri ma’ruf, xatna, iftor va boshqa
marosimlar bor. O‘zbekistonda diniy marosimlarni bemalol
amalga oshirilishi ta’minlanadi. Ammo ular qonunlarni, jamoat
tartibini buzmasligi va shaxsga hamda fuqarolarning huquqiga
daxl qilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |