Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma toshkent «Niso Poligraf»


Diniy ekstremistik oqimlarning g‘arazli maqsadlari



Download 284,64 Kb.
bet46/80
Sana03.01.2021
Hajmi284,64 Kb.
#54315
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik-fayllar.org

Diniy ekstremistik oqimlarning g‘arazli maqsadlari. Diniy 
ekstremistik tashkilotlarning asosiy maqsad va faoliyat uslublari 
quyidagilardan iborat:
–  aholiga  hanafiylik  mazhabiga  zid  mutaassib  va  siyosiy-
lashtirilgan  diniy  g‘oyalarni  singdirish.  Buning  uchun  aholi 
ichida  aqidaparastlik  g‘oyalari  va  «Hizbut-tahrir»  guruhining 
ta’limotlari  da’vat  qilinadi,  «jihod»,  «shahidlik»  g‘oyalari 
targ‘ib  qilingan  adabiyot,  video  va  audio  tasmalar  tarqatiladi, 
yashirin  «hujralar»  tashkil  qilinib,  o‘qiyotganlarga  mutaassib 
tushunchalar singdiriladi;
–  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni  beqarorlashtirish,  dinlararo  va 
millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish. Buning uchun aholi 
ichida  va  xorijiy  axborot  vositalarida  O‘zbekistondagi  ijtimoiy-
siyosiy  holat,  jumladan,  diniy  siyosat,  imomlarning  faoliyati 
bo‘yicha  ig‘vo  ma’lumotlar  tarqatiladi,  shuningdek,  yashirin 
guruhlar  tuzilib,  ular  tomonidan  aqidaparastlik  ruhidagi  diniy 
tashviqot yuritiladi, terrorchilik amaliyotlari amalga oshiriladi;
–  xorijda faoliyat yuritayotgan diniy-ekstremistik tashkilotlar 
bilan  mustahkam  aloqalar  o‘rnatish,  ular  yordamida  jangarilar 
tayyorlash.
Keyingi  yillarda  diniy-ekstremistik  tashkilotlar  faoliyati, 
terrorchilik  amaliyotida  o‘z-o‘zini  portlatish  usulini  qo‘llash 
harakatlariga ayollarning ko‘proq jalb qilinishi kuzatilmoqda.
Mintaqamizda  bir  qator  diniy  ekstremistik  tashkilotlar 
faoliyat  olib  borishga  intilmoqda.  1996-yilda  tashkil  topgan 


79
«O‘zbekiston islom harakati» (hoz. «Turkiston islom harakati») 


guruhining  maqsadi  –  qurol  kuchi  bilan  Markaziy  Osiyo, 
Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volgabo‘yi respublikalarini 
birlashtiruvchi  «Buyuk  Islom  amirligi»ni  tiklash.  Tarkibiga 
1992–1993-yillarda  faoliyati  tugatilgan  «Adolat»  harakati  kabi 
qator  diniy-ekstremistik  tashkilotlarning  sobiq  faollari  kirgan, 
O‘IH  a’zolari  Birlashgan  tojik  muxolafati  (BTM)  tarafida 
fuqarolar  urushida  ishtirok  etdi.  Nizo  hal  qilinishi  jarayonida 
O‘IH dala qo‘mondonlari Tojikiston hukumati va BTM o‘rtasida 
imzolagan  bitim  shartlarini  bajarishdan  bosh  tortdilar  va  ular 
Tojikistonni tark etib, Afg‘oniston hududiga o‘tib ketdilar.
«Hizbut-tahrir  al-islomiy»  –  («Islom  ozodlik  partiyasi») 
tash kiloti  demokratiya,  konstitutsiya,  saylovni  inkor  etadi, 
siyosiy  hokimiyatni  qo‘lga  kiritish  hamda  xalifalikka 
asoslangan  tuzumni  o‘rnatishni  maqsad  qilib  belgilagan. 
«Hizbut-tahrir»  tashkiloti  asosan  yashirin  «xalqalar»  tuzish, 
og‘zaki  va  varaqa  tarqatish  orqali  ekstremistik  g‘oyalarni 
targ‘ib  qiladi.  Shu  bilan  birga,  guruh  terrorchi  guruhlar 
uchun  «zombilashtirilgan»  jangarilar  yetkazib  berish  bilan 
ham shug‘ullanadi. Tashkilot o‘z maqsadlarni amalga oshirish 
uchun  1989-yildan  boshlab  «al-Va’y»  («Ong»)  nomli  oylik 
nashrini  turli  tillardagi  tarjimasi  bilan  davomiy  chiqarib 
kelmoqda.
Ayni  paytda,  «Hizbut-tahrir»  kurashni  uch  bosqichda  olib 
borishni  ko‘zlaydi.  Ulardan  birinchisi  «tasqif»  –  tushuntirish 
ishlari  bosqichidir.  Unda  hali  ongi  to‘liq  shakllanmagan,  fikri 
zaif,  ta’sirga  beriluvchan  yoshlarni  tuzoqga  ilintirish,  huquq-
tartibot va hokimiyat idoralaridagi mas’ul shaxslarni o‘z tarafiga 
og‘dirishdek maqsadlarga erishish ko‘zlanadi.
Ikkinchi  –  «tafoul»  –  birgalikda  harakat  qilish  bosqichida 
fikriy kurash orqali «Ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi 
va  kelajak  masalalarini  idrok  qilishga  erishishi»  yo‘lida  fikriy 
inqilobga yetishish nazarda tutiladi.


80
Uchinchi – «inqilob» – to‘ntarish bosqichida esa, tarbiyalangan 


ummat orqali hokimiyatni qo‘lga kiritish mo‘ljallanadi.
Yuqoridagilardan  «Hizbut-tahrir»  ham  boshqa  diniy  ekstre-
mistik  tashkilotlar  kabi  mavjud  konstitutsiyaviy  tuzumni 
ag‘darib  tashlab,  hokimiyat  tepasiga  kelishga  intilishi,  yagona 
xalifalik davlatini qurish, uning asosiy va so‘nggi maqsadi ekani 
ochiq-oydin  ko‘rinib  turibdi.  Shuning  uchun  ham,  «Hizbut-
tahrir»ning  rasmiy  faoliyat  ko‘rsatishi  deyarli  barcha  musulmon 
mamlakatlari, jumladan, arab davlatlarida rasman taqiqlangan.
Respublikamizda  faoliyat  yuritishga  intilayotgan  boshqa 
oqimlarning o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari ham yuqoridagidan 
deyarli farq qilmaydi. Masalan, «jihodchilar»ning maqsadi diniy 
holatni  payg‘ambar  davridagi  ko‘rinishga  qaytarish,  ya’ni,  din, 
musulmonchilik  o‘sha  davrda  qay  holatda  bo‘lgan  bo‘lsa,  bugun 
ham  shunday  qolishi  kerak,  degan  da’voda  yaqqol  namoyon 
bo‘ladi.  Bunday  tuzum  bugun  qanday  natijalarga  olib  kelishi 
mumkinligini  «Tolibon»  harakati  Afg‘onistonda  olib  borgan 
siyosati va uning oqibatlari ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Download 284,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish