Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma toshkent «Niso Poligraf»



Download 284,64 Kb.
bet36/80
Sana03.01.2021
Hajmi284,64 Kb.
#54315
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik-fayllar.org

7-§. Jahon dInlaRI. ISloM
Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda ijtimoiy adolat qaror 
topib,  madaniy  merosimiz,  milliy  va  diniy  qadriyatlar  rivoji 
uchun  imkoniyatlar  yaratildi.  Muhimi,  ko‘hna  tariximizga 
munosabat  tubdan  o‘zgarib,  uning  ma’naviy- ruhiy  ildizlaridan 
biri – Islom dini asoslari to‘g‘ri talqin etilmoqda. Zero, Birinchi 
Prezident  Islom  Karimov  ta’kidlaganidek,  «Biz  musulmon  dini 
haqida  gapirganda,  avvalo,  Alloh  va  uning  rasulini,  o‘zimizga 
ruhan  yaqin  bo‘lgan  ulug‘  allomalarimiz,  ulug‘  imomlarimizni 
tasavvur qilamiz. Mana shu qutlug‘ zaminimizda tug‘ilib voyaga 
yetgan, muborak nomlarini butun islom dunyosi cheksiz ehtirom 
bilan  tilga  oladigan  Imom  al-Buxoriy,  Imom  at-Termiziy, 
Xoja  Bahouddin  Naqshband,  Ahmad  Yassaviy,  Abdulxoliq 
G‘ijduvoniy,  Zamaxshariy  kabi  piri  komillarimizni  nazarda 
tutamiz.  Ma’naviy  hayotimizni  mana  shu  ulug‘  nomlar  bilan 
bog‘laymiz»
1
.
Ma’lumki,  islom  dini  bizning  yurtimizda  VIII  asrning 
birinchi  choraklarida  muqim  ravishda  qaror  topib,  mahalliy 
xalqlar  tomonidan  qabul  qilingan.  Ulug‘  ajdodlarimiz  bu 
dinning  manbalari  Qur’on  va    hadislar  bilan  tanishib,  ularning 
mazmun -mohiyatini  atroflicha  idrok  etib,  chuqur  anglagandan 
keyin,  bu  insonni  ma’naviy  kamolotga,  ijtimoiy  taraqqiyotga 
undaydigan  buyuk  bir  ta’limot,  beqiyos  hayotiy  falsafa 
ekanligiga komil ishonch hosil qildilar.

Karimov  I.A.  Аlloh  qalbimizda,  yuragimizda  //  Biz  kelajagimizni  o‘z 
qo‘limiz bilan quramiz. – Т.: «O‘zbekiston», 1999, 7-jild. B.  352–353.


60
Islomning  haqiqiy  insonparvarlik,  bunyodkorlik  g‘oyalari, 


uning yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etganligi ota-
bobolarimiz  tomonidan  qalban  va  chin  yurakdan  qabul  qilinib, 
ularning haqiqiy e’tiqodiga zamin yaratdi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda yetishib chiqqan, jahon ilm-
fani  va  madaniyati  rivojiga  salmoqli  hissa  qo‘shgan  allomalar 
tavalludlari  xalqaro  miqyosda  nishonlanib,  ularning  ma’naviy-
ilmiy  merosini  chuqur  o‘rganish  va  xalqimizga  yetkazish 
bo‘yicha qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotganligini 
alohida ta’kidlash joiz.
Islom  Konferensiyasi  Tashkilotining  Ta’lim,  fan  va  ma-
daniyat  masalalari  bo‘yicha  ixtisoslashgan  tuzilmasi  (ISESCO) 
tomonidan  2007-yilda  poytaxtimizga  «Toshkent  –  islom 
madaniyati  poytaxti»  degan  yuksak  maqom  berilishining 
o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy asoslari mavjud. Ushbu yuksak 
maqom  jannatmakon  diyorimizdagi  islom  obidalarini  asrlar 
davomida  madaniyat  durdonalari  sifatida  e’zozlab  kelayotgan 
xalqimiz  imon-e’tiqodi,  qadriyatlarining  yana  bir  karra  e’tirof 
etilishini bildiradi.
Islom  dini  vujudga  kelmasdan  oldingi  davr  o‘rta  asr 
manbalarida  johiliya  deb  yuritiladi.  Johiliya  so‘zi  arab  tilida 
johillik,  bilimsizlik,  nodonlik  ma’nolarini  beradi.  Bu  so‘z 
Arabistonning  islomdan  oldingi  davriga  nisbatan  ishlatiladi. 
Chunki  bu  davrda  arablar  orasida  al-Vasaniyya  –  ko‘pxudolik 
hukm  surib,  ular  yakkaxudolik  e’tiqodidan  bexabar  edilar. 
Bundan  tashqari  xalq  orasida  qizlarni  tiriklayin  ko‘mish, 
mayxo‘rlik  va  boshqa  axloqiy  buzuqliklar  keng  yoyilgan  edi. 
Islom  dini  kelganidan  keyin  bunday  johilona  odatlarga  chek 
qo‘yildi  va  undan  oldingi  davr  «johiliya  davri»  deb  atala 
boshlandi.
Arabiston  aholisi  yurtlarining  jug‘rofiy  joylashuvi  jihatidan 
ikki  qismga  bo‘linadi:  O‘troq  arablar  –  Yaman,  Hadramavt  va 
Ummon kabi janubdagi unumdor mintaqalarda joylashgan bo‘lib, 
ularni janub arablari ham deyiladi.


61


Download 284,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish