Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma toshkent «Niso Poligraf»



Download 284,64 Kb.
bet14/80
Sana03.01.2021
Hajmi284,64 Kb.
#54315
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik-fayllar.org

O‘rta  Osiyoda  yahudiylik.  Yahudiylar  O‘rta  Osiyoga 
qadim  zamonlardan  ko‘chib  kelganliklari  haqida  rivoyatlar 
mavjud.  Rivoyatlarga  ko‘ra,  ular  Eron  orqali  O‘rta  Osiyoga 
kirib kelganlar. Ular miloddan avvalgi VIII asrlarda Assuriya 
quvg‘inlari  paytida  Eronga  ko‘chib  kela  boshlaganlar. 
Miloddan  avvalgi  VIII  asrda  ba’zi  yahudiylar  Isroilni  tark 
etib,  Misr,  Eron  o‘lkalarida  boshpana  topganlar.  Forslarning 
O‘rta  Osiyoga  bosqini  natijasida  yahudiylar  ham  ko‘chib  kela 
boshlaganlar.  Ular  milodning  II  asrida  So‘g‘d  imperiyasi 
davrida  Marv  (hozirgi  Mari,  Turkmaniston)  shahriga  kelib,  u 
yerdan  Shahrisabz,  Buxoro,  Samarqand  shaharlariga  tarqalib, 
forsiy lahjalardan birida so‘zlashganlar.
Sayohatchi Veniamin Tudelskiyning 1165-yildagi ma’lumotiga 
ko‘ra,  o‘sha  vaqtda  Samarqandda  30  mingga  yaqin  yahudiy 
millatiga mansub kishilar yashagan.
Yahudiylarning  turmush  tarzi,  urf-odatlari  qadimiy 
yahu diy,  fors  va  mahalliy  O‘rta  Osiyo  madaniyatlarining 
qorishmasidan iborat. XVIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoda 
yuz  bergan  siyosiy  jarayonlar  natijasida  yahudiylar  Eron, 
Afg‘oniston,  Xiva,  Qo‘qon,  Buxoro  jamoalariga  bo‘linib 
ketgan. Yahudiylarning aksariyat qismi Buxoro shahri atrofida 
istiqomat  qilgani  tufayli  «Buxoro  yahudiylari»  nomi  bilan 
tanilgan.
Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  yahudiy  jamoalari 
ham  boshqa  millat  va  konfessiya  vakillari  qatorida  o‘z  milliy, 
diniy  urf-odat  va  amallarini  bajarish  imkoniyatiga  ega  bo‘ldilar. 
Hozirda  Toshkent,  Buxoro,  Samarqand  shaharlarida  Buxoro  va 
ashkenazi (Yevropalik) yahudiylarning milliy madaniy markazlari 
va  Respublikaning  3  ta  hududiy  tuzilmasida  8  ta  sinagoga  fao-
liyat ko‘rsatmoqda.
Hinduiylik.  Hinduiylik  murakkab  din  bo‘lib,  u  uzoq  davr 
mobaynida shakllangan.


22
Miloddan  avvalgi  VI–V  asrlarda  braxmanlik  bilan  bud-


daviylik  o‘rtasidagi  raqobat  natijasida  hinduiylik  dini  yuzaga 
keldi. Bu dinga Hindiston aholisining 83 foizi e’tiqod qiladi.
Hinduiylikda besh qoida ustuvor hisoblanadi:
1) Vedalarning muqaddasligi;
2) (pir, ustoz) ning tan olinishi;
3) muqaddas joylarga ziyoratga borish;
4) sanskrit muqaddas til ekanligi;
5) sigirning muqaddas ekanligi tan olish.
Hinduiylikda  braxmanlar  deb  ataluvchi  ruhoniylar  asosiy 
o‘rin  egallaydi.  Hinduiylikda  braxmanlar  nafaqat  oliy  tabaqa 
vakillaridan,  balki  oddiy  xalqdan  yoki  ayollardan  bo‘lishi 
mumkin.  Ular  eski  aqidalar  zamon  talabiga  javob  bermasligini 
ko‘rgach,  yangi  qonun-qoidalarga  xos  turli  oqimlarni 
yuzaga  keltirib,  buddaviylikka  qarshi  kurash  olib  bordilar. 
Hinduiylikning  o‘ziga  xos  jihati  tabaqalanish,  ya’ni,  kasta 
tizimining mavjudligidir.

Download 284,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish