“Maktabgacha ta’limda komparativistik pedagogika” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglab, nazariy bilimlarga ega bo’ladi. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarda tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uyga vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, talabalarning dars jarayonida olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzularni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza mashg’ulotlarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har bir dars mashg’ulotlarida amalga oshiriladi.
5. Fan bo’yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Fanning o’quv yuklamasi
№
| Mashg‘ulot turi |
Ajratilgan soat
|
2-semestr
|
Jami
|
1
|
Ma’ruza
|
18
|
18
|
2
|
Amaliy
|
10
|
10
|
3
|
Seminar
|
10
|
10
|
4
|
Mustaqil ta’lim
|
28
|
28
|
|
Jami
|
66
|
66
|
“Maktabgacha ta’limda komparativistik pedagogika” fanidan talabalar o’zlashtirishini baholash mezoni
Baholash turlari va shakllari Baholash turlari, shakllari, mezonlari va namunaviy savollar kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet)ning o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.Baholash turlari, shakllari, soni hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga professor-o’qituvchilar tomonidan fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda e’lon qilinadi.
Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirishini aniqlash uchun quyidagi baholash turlari o’tkaziladi:
oraliq baholash (OB) - semestr davomida talabaning fan o’quv dasturini tegishli tugallangan bo’lim(lar)ini o’zlashtirishini baholash usuli.
OB soni (bir semestrda 2 tadan oshmasligi lozim) va shakli (suhbat, yozma ish, og’zaki so’rov, test o’tkazish, kollokvium, hisob-grafika ishi, nazorat ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, ijodiy topshiriq va hokazo) fan xususiyati va unga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy baholash (YAB) - semestr yakunida talabaning muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun yozma ish yoki OTKS (ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik sinov), og’zaki so’rov, test, ijodiy ish va boshqa shakllarda o’tkaziladi.
Baholashlar yozma ish shaklida o’tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi.
Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi.
Mualliflikni o’zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o’zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortik yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo’yish yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor qilishga asos bo’ladi.
Baholashlar bo’yicha o’tkazilgan yozma ishlar 6 oy saqlanadi va muddat o’tganidan so’ng o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi.
O’quv rejasidagi fanlar bo’yicha belgilangan baholash turlarini barcha talabalar topshirishlari shart. Yakuniy baholashlar jadvali fakultet dekani tomonidan tayyorlanib, baholash boshlanishidan bir oy oldin oliy ta’lim muassasasi rektori (prorektori) tomonidan tasdiqlanadi.
Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi yoki o’quv-uslubiy boshqarma (bo’lim) boshlig’i rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
Baholash tartibi va mezonlari
Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.
Malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistraturada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha talabalar o’zlashtirishi ham 5 ballik tizimda baholanadi.
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
5 (a’lo) baho:
xulosa va qaror qabul qilish;
ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish
mustaqil mushohada yurita olish;
olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
3 (qoniqarli) baho:
mohiyatini tushunish;
bilish, aytib berish;
tasavvurga ega bo’lish.
2 (qoniqarsiz) baho:
dasturni o’zlashtirmaganlik;
fanning mohiyatini bilmaslik;
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
mustaqil fikrlay olmaslik.
Namunaviy mezonlar asosida kafedra tomonidan muayyan fandan baholash mezonlari ishlab chiqiladi va talabalarga e’lon qilinadi.
Baholash turlari bo’yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan murakkabgacha) baholash mezonlariga muvofik talabaning o’zlashtirishini holis (ob’ektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi kerak. Buning uchun mas’uliyat fan o’qituvchisi hamda kafedra mudiriga yuklatiladi.
Savollar (topshiriqlar) tarkibiga fan dasturidan kelib chidan holda nazariy materiallar bilan birga mustaqil ish, laboratoriya va hisob-grafika ishlari, amaliy va seminar mashg’ulotlari materiallari hm kiritiladi.
Baholashlarni o’tkazish muddati
Baholashlarni tasdiqlangan o’quv jarayoni jadvaliga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan jadval asosida fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o’qituvchilar o’tkazadi.
Uzrli sabablarga (talabaning kasal bo’lishi, yaqin qarindoshlari oilasida favqulodda holatlar, yashash joyi bilan bog’lik muammoli vaziyatlar) ko’ra baholashlarda qatnashmagan talabalarga, asoslovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, fakultet dekani farmoyishi bilan baholashlarni shaxsiy grafik asosida topshirishga ruxsat beriladi.
Birinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba ikkinchi oraliq; baholashgacha, ikkinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba yakuniy baholashgacha qarzdorligini qayta topshirishi mumkin.
Yakuniy baholashdan 2 (qoniqarsiz) baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Kuzgi semestr natijalari bo’yicha qarzdor talabalarga navbatdagi semestr yakunigacha, bahorgi semestr natijalari bo’yicha qarzdor talabalarga yangi o’quv yili boshlanishiga qadar qayta topshirishga qo’shimcha muddat beriladi.
Qayta topshirishlar soni 2 martadan oshmasligi kerak. Ikkinchi qayta topshirish fakultet dekani tasdiqlagan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Qo’shimcha muddatlarda ham akademik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan kursda qoldiriladi.
Talaba baholash natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha baholash turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekani taqdimnomasiga muvofiq rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Birinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba ikkinchi oraliq baholashgacha, ikkinchi oraliq baholashdan qoniqarsiz baholangan talaba yakuniy baholashgacha qarzdorligini qayta topshirishi mumkin.
Yakuniy baholashdan 2 qoniqarsiz) baholangan talaba akadеmik qarzdor hisoblanadi.
Kuzgi sеmеstr natijalari buyicha qarzdor talabalarga navbatdagi sеmеstr yakunigacha, bahorgi sеmеstr natijalari bўyicha qarzdor talabalarga yangi o’quv yili boshlanishiga qadar qayta topshirishga qo’shimcha muddat bеriladi.
Qayta topshirishlar soni 2 martadan oshmasligi kеrak. Ikkinchi qayta topshirish fakultеt dеkani tasdikdagan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Qo’shimcha muddatlarda ham akadеmik qarzdorlikni bartaraf etmagan talaba fakultеt dеkani tavsiyasiga ko’ra bеlgilangan tartibda rеktorning buyrug’i bilan kursda qoldiriladi.
Talaba baholash natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha baholash turi natijalari e'lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultеt dеkaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultеt dеkani taqdimnomasiga muvofiq rеktor buyrug’i bilan 3 (uch) a'zodan kam bўlmagan tarkibda apеllyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.
Kursda qoldirilgan talaba o’qishini fan(lar)ni o’zlashtirmagan semestr boshidan boshlaydi va mazkur semestrdagi barcha fanlarni qayta to’liq o’zlashtirishi shart.
Baholash natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi
Talabaning fan bo’yicha yakuniy bahosi semestrda belgilangan baholash turlari (OB, YAB) bo’yicha olingan ijobiy ballar (3, 4, 5)ning o’rtacha arifmetik miqdori sifatida aniqlanadi va yaxlitlanib butun sonlarda qaydnoma, sinov daftarchasi va talabalar o’zlashtirishini hisobga olish elektron tizimida shu kunning o’zida (baxolash yozma ish shaklida o’tkazilgan bo’lsa, uch kun muddat ichida) qayd etiladi.
Talabaning "2 (qoniqarsiz)" bahosi sinov daftarchasiga qayd etilmaydi.
Talabalarning o’qish sifatini qiyosiy tahlil qilish maqsadida har bir fandan olingan baholar asosida talabalar reytingi shakllantiriladi.
Oliy ta’lim muassasasi dekanati semestr oxirida o’qitish natijalari bo’yicha quyidagi akademik reytinglarni hisoblaydi:
alohida fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va fakultet miqyosidagi reytingi;
semestrdagi barcha fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va fakultet miqyosidagi reytingi;
bir necha semestr davomida o’tilgan fanlarni o’zlashtirish natijalari bo’yicha talabalarning guruh, kurs va fakultet miqyosidagi reytingi.
O’quv yili yakuni bo’yicha eng yuqori reyting ko’rsatkichiga ega bo’lgan talabalar "Fakultet (kurs)ning eng yaxshi talabalari ro’yhatida kiritiladi hamda fakultet dekani buyrug’i bilan moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga tavsiya etiladi.
Talabalarning reyting ko’rsatkichlari oliy ta’lim muassasasi (fakultet) saytlarida yoritiladi.
O’quv rejasiga kiritilgan (har bir semestr yakunidagi fanlar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi hisobga olingan holda) fanlarning 1/4 qismini kamida "4" ("yaxshi") bahoga va qolgan 3/4 qismini hamda davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishlari (magistrlik dissertatsiyasi)ni "5" "a’lo") baholarga topshirgan talabalarga imtiyozli diplom beriladi.
Baholash natijalari kafedra yig’ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Fakultet dekanati (o’quv-uslubiy boshqarma)da saqlanadigan qaydnomalar baholash natijalari bo’yicha talabaga stipendiya belgilashda asos bo’lib hisoblanadi.
6. Fan dasturining informatsion-uslubiy ta’minoti
Didaktik vositalar
Jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska - Hitachi, LCD-monitor, elektron ko‘rsatgich (ukazka).
video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.
kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Delltipidagi proyektor,DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko‘z (glazok)
7. Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar va axborot manbalari.
Asosiy adabiyotlar
Vulfson B.F. Sravnitelnaya pedagogika. – M., 2003.
Kapranova V.A. Sravnitelnaya pedagogika – M., 2004.
Shodmonova Sh., Ergashev P. Komparativistik pedagogika. – T.: TDPU, 2005.
4. Bolalar entsiklopediyasi. 2-nashr. –T. “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. -664 b.
Qo‘shimcha adabiyotlar
5. A.A.Xoliqov “Fransiyada pedagogik fikr taraqqiyoti” – T.: 1998.
6 . Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy lavobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2017yil, 6-son,70-modda.
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarori
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-son farmoni
12. O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
13. I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”. T-Ma`naviyat-2008 y.
14. Jalolova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda rivojlantiruvchi o’yinlar. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 6-son. -15-16 b
15. Mamedov K.Q. Maktabgacha yoshdagi bolalar va o’quvchilarning aqliy rivojlanish xususiyatlari. ped. f. dok. avt. –T.: 2004. - 47 b.
16. Xamro G. Bolalik davrining bexatar kechishi ta'minlanadi. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 5-son. -14 b.
17. Maktabgacha ta’lim tizimiga doir huhuqiy-me’yoriy hujjatlar to‘plami.“Lider press” Toshkent-2009. Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices andTeacher Education in Developing Countries. 2013
Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary Schools Leadership guide Status: Recommended.Date of issue: 09-2004.Ref: DfES 0444-2004 G.
Joyce, B., Calhoun, E., Hopkins, D «Pedagogy, Teaching Practices» 2004.
Elektron ta’lim resurslari:
www. ziyonet. uz
www.tdpu.uz
www.pedagog. uz
www.psychology.uz
TEST
Mavzular yuzasidan test topshiriqlari:
1.Nechanchi asrdan qog’oz bizga etib kelgan?
A.XII asrga kelib qog‘oz Evropaga etib kelgan.
B. XI asrga kelib qog‘oz Evropaga etib kelgan.
S. X asrga kelib qog‘oz Evropaga etib kelgan.
D. XY asrga kelib qog‘oz Evropaga etib kelgan.
2.Qog’oz tayyorlashda ishlatiladigan shikogradiya asbobi qachon kashf etidi?
A.XYasrda shikogradiya asbobi kashf etilishi bilan qog‘oz tayyorlash va qo‘llashga nisbatan oldinga qadam qo‘yildi.
B. XYIasrda shikogradiya asbobi kashf etilishi bilan qog‘oz tayyorlashga nisbatan oldinga qadam qo‘yildi.
S. XIIIasrda shikogradiya asbobi kashf etilishi bilan qog‘oz tayyorlash va qo‘llashga nisbatan oldinga qadam qo‘yildi.
D. IXasrda shikogradiya asbobi kashf etilishi bilan qog‘oz tayyorlash va qo‘llashga nisbatan oldinga qadam qo‘yildi.
3.Qachon turli format va sifatli qog‘oz tayyorlashda hamma mexanik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar yaratilgan.
A. IX asrda turli format va sifatli qog‘oz tayyorlashda hamma mexanik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar yaratiladi.
B. X asrda turli format va sifatli qog‘oz tayyorlashda hamma mexanik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar yaratiladi.
S. XI asrda turli format va sifatli qog‘oz tayyorlashda hamma mexanik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar yaratiladi.
D. XII asrda turli format va sifatli qog‘oz tayyorlashda hamma mexanik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar yaratiladi.
4.Hozirgi kundagi qog‘oz qaysi daraxtlardan va necha yillik o’simliklardan qanday usulda tayyorlanadi.
A.Hozirgi kundagi qog‘oz sellilyuza bargi va ninali daraxtlardan olinadigan bir yillik o‘simliklardan tayyorlanadi. Avval materialni yorib, keyin maydalanadi, preslanadi, quritiladi va nihoyat rullonlanadi ya’ni o‘raladi.
B. Hozirgi kundagi qog‘oz kislorodga to’yingan daraxt bargi va ninali daraxtlardan olinadigan bir yillik o‘simliklardan tayyorlanadi. Avval materialni ko’rib, keyin maydalanadi, quritiladi va nihoyat rullonlanadi ya’ni o‘raladi.
S. Hozirgi kundagi qog‘oz daraxt po’stlog’ining shilliq qavati eman,dub, sellilyuza bargi va ninali daraxtlardan olinadigan bir yillik o‘simliklardan tayyorlanadi. Avval materialni yorib, preslanadi, quritiladi va nihoyat o‘raladi.
D. Hozirgi kundagi qog‘oz sellilyuza bargi va ninali daraxtlardan olinadigan ko’p yillik o‘simliklardan tayyorlanadi. Avval materialni yorib, keyin maydalanadi, namlanadi quritiladi va nihoyat rullonlanadi ya’ni o‘raladi.
5.Papiros qog‘ozi nimalar uchun ishlatiladi.
A.Papiros qog‘oz, archa o‘yinchoqlarini bezashda gul va boshqa dekarativ buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
B. Papiros qog‘oz, dekarativ buyumlar tayyorlashda va loy ishida ishlatiladi.
S. Papiros qog‘oz, faqat archa o‘yinchoqlarini bezash va tayyorlashda ishlatiladi.
D. Papiros qog‘oz, archa o‘yinchoqlarini bezashda va samon ishida ishlatiladi.
6.Foto-su’rat qog‘oz qaerlarda ishlatiladi, nimalarga sezuvchan.
A. Foto –su’rat qog‘oz nurga sezuvchan qog’oz bo’lib, fotografiyalarda ishlatiladi va qog‘ozlar tayyorlashda negiz bo‘lib xizmat qiladi.
B. Foto –su’rat qog‘oz nurga sezuvchan qog’oz bo’lib, kameralarga o’rnatilgan u’ratga olishda ishlatiladi
qog‘ozlar tayyorlashda negiz bo‘lib xizmat qiladi.
S. Foto –su’rat qog‘oz quyoshga sezuvchan qog’oz bo’lib, shikogradiyada ishlatiladi va nusva oladi.
qog‘ozlar tayyorlashda negiz bo‘lib xizmat qiladi.
D. Foto –su’rat qog‘oz hach qanday nurga sezuvchan qog’oz emas, chunki foto-apparatlarda shunday maxsus qog’oz mavjud.
7. Bu qog‘oz qisqa vaqt foydalaniladigan ko‘rgazmalar uchun moslangan bo’lib,u oqlanmagan sellilyuza (25%) va yog‘och massasi (75%) dan tayyorlanadi, og‘irligi – 15 gm.dir.Bu qanday qog’oz turi hisoblanadi
A.Gazeta qog’ozi.
B.Papiros qog’ozi.
S.Yupqa rangli qog;oz
D. Foto –su’rat qog‘oz
8. Kartografiya qog‘ozi qaerlarda ishlatiladi va necha turi bor.
A. Karta tushirish uchun mo‘ljallangan, sellilyuza tolasidan ishlanadi. 3 turda ishlab chiqariladi; geografiiya, gidrografiya va tipografiya kartalari uchun.
B. Karta tushirish uchun mo‘ljallangan, mo’ynalar tolasidan ishlanadi. 3 turda ishlab chiqariladi; geografiiya, elektrografiya va tipologiya kartalari uchun.
S. Karta tushirish uchun mo‘ljallangan,umuman toladan ishlanmaydi. 3 turda ishlab chiqariladi; geodeziyaya, gidrografiya va tipografiya kartalari uchun.
D. Karta tushirish uchun mo‘ljallangan,emas,daraxt bargi tolasidan ishlanadi. 3 turda ishlab chiqariladi; geologiiya, gidrografiya va tipografiya kartalari uchun.
9.Bu shaffofsimon nozik ishlov berilgan og‘irligi 40-50 gr bo‘lgan qog‘oz. Uni archani bezatishda fonarchalar yasash sahnani bezatish uchun hamda soya teatrida ishlatish mumkin.Bu qanday qog’oz turi
A.Kalka qog‘ozi.
B.Zarli,yaltiroq qog‘oz.
S.Salafan qog‘ozi
D. Rangli qog‘ozi.
10.Millimetrli qog‘oz qanday v anima uchun isshlatiladi.
A.Pechat qilingan setkali, yaxshilab yopishtirilgan og‘irligi 70,80,90,120 va 130gr bo’lgan sariq, yashil va xavo rang qog‘ozdir. Tablitsalar yopishtirish uchun, tasvirli masshtabni o‘zgartirib kopiya -nusxasini olish uchun ishlatish mumkin.
B. Pechat qilingan setkali, yaxshilab yopishtirilgan og‘irligi 10,20,40,100 va 130gr
sariq, qizil va qora rang qog‘ozdir. Millimetrli qog‘oz tablitsalar yopishtirish uchun, tasvirli kalendarlar o‘zgartirib kopiya -nusxasini olish uchun ishlatish mumkin.
S. Pechat qilingan setkali, yaxshilab yopishtirilgan og‘irligi 110,120 va 130gr
nim pushti, yashil va qora rang qog‘ozdir. Millimetrli qog‘oz tablitsalar yopishtirish uchun, tasvirli masshtabni o‘zgartirib kopiya -nusxasini olish uchun ishlatish mumkin emas.
D.Pechat qilingan setkali, yaxshilab yopishtirilgan og‘irligi 20,60,90,120 va 130gr
yashil va xavo rang qog‘ozdir. Millimetrli qog‘oz tablitsalar yopishtirish uchun, tasvirli masshtabni o‘zgartirish uchun ishlatish mumkin.
11.Bolalar qo’g’irchoqlari uchun ko’rpacha, yostiq, toshakchalar qanday hajmda bo’lishi kerak?
A.To’shakcha bo’yi - 46sm-eni 26sm, yostiqcha bo’yi-18sm eni- 16sm, ko’rpacha bo’yi - 50sm eni - 45sm.
B.To’shakcha bo’yi - 36sm-eni 20sm, yostiqcha bo’yi-18sm eni- 26sm, ko’rpacha bo’yi - 15sm eni - 25sm.
S.To’shakcha bo’yi - 40sm-eni 30sm, yostiqcha bo’yi-18sm eni- 10sm, ko’rpacha bo’yi - 45sm eni - 45sm.
D.To’shakcha bo’yi – 40sm-eni 25sm, yostiqcha bo’yi-10sm eni- 26sm, ko’rpacha bo’yi - 35sm eni - 45sm.
12. Qadimdan qaysi shaharlarda zar va kumush ip tayyorlash texnologiyasi ma’lum bo‘lgan.
A. Misr hamda Bobilda zar va kumush ip tayyorlash texnologiyasi ma’lum bo‘lgan.
B. Misr hamda Bog’dodda zar va kumush ip tayyorlash texnologiyasi ma’lum bo‘lgan.
S.Xitoy hamda Balxda zar va kumush ip tayyorlash texnologiyasi ma’lum bo‘lgan.
D. Hundiston hamda Turkistonda zar va kumush ip tayyorlash texnologiyasi ma’lum bo‘lgan.
13.Zardo’zlikda ishlatadigan o’rama zar simlar qaysi shaharda 1-ishlab chiqarilgan?
A.Hindistonnig Dehli shahrida ishlab chiqarilgan.
B.Xitoynnig Syanzua shahrida ishlab chiqarilgan.
S.Turkmanistoning Ashxabod shahrida ishlab chiqarilgan.
D.Misrning Ipakchi shahrida ishlab chiqarilgan.
14.Mozaika qanday asar turlaridan biridir.
A.Mozaika-monumental dekorativ san’at asari turlaridan biridir.
B.Mozaika- dekorativ san’at, tosh bezak asari turlaridan biridir.
S.Mozaika-monumental hunarmandchilik san’at asari turlaridan biridir.
D.Mozaika- dekorativ san’at, bezak asari turlaridan biridir.
15. Poxol-somondan sanoatda qanday foydalaniladi?
A.To‘qish va dekoratsiya, applikatsiya ishlarida (qutichalar, panellar, qalamdonlar) va shu kabilarga bezak berishda foydalaniladi.
B.Dekoratsiya, applikatsiya ishlarida,asosan sahna bezagi (o’yinchoqlar, qalamdonlar) va shu kabilarga bezak berishda foydalaniladi.
S.To‘qish va dekoratsiya, sahna bezagi,sanoat, maushiy xo’jalik shu kabilarda foydalaniladi.
D.To‘qish va sovg’a ishlarida, applikatsiya o’ymakorlik ishlarida (qalamdonlar) va shu kabilarga bezak berishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |