6.Kasbiy faoliyatda pedagogik nazariyaning o’rni
Har qanday kasbiy mahoratni o’z-o’zidan yoki empirik tarzda yuzaga keluvchi sifatlar yig`indisi, deb qarash xato bo’lur edi. To’g`ri, har bir kasbiy malaka faoliyatda, jarayonda yuzaga keladi. Lekin har bir kasbiy malaka zamirida chuqur asoslangan, umumlashgan nazariy tushunchalar, mahlum qonuniyatlarga amal qilmasa, u vaqtning, makon, samara va natijaning sifati nuqtai nazaridan chetga chiqishga, ortiqcha zo’riqishga, behuda kuch-quvvat, vaqt sarf qilishga olib keladi.
Ushbu mushohada nuqtai nazardan olib qaralganda, pedagogik kasbiy faoliyat ham fanda tajribalarni kuzatish, o’rganish, mahlum xulosalar chiqarish oqibatida yuzaga kelgan ma’lum fundamental nazariy tushunchalar, qonuniyatlar, asoslangan mazmun, shakl va metodlar majmuasiga asoslangandagina yuqori samarali natija beradi. Pedagogika nazariyasi shaxsning rivojlanish dinamikasini, uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning dialektikasi, ziddiyatlari, ular o’rtasidagi bog`liqlik, amal qiluvchi qonuniyatlarni ochib beradi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |