Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/332
Sana30.12.2021
Hajmi3,27 Mb.
#167868
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   332
Bog'liq
5pedagogikmahorat3kurspdf

Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarga ehtiyoj 
sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan bog‘langan boshqa elementlarga chiqa 
olishi  bo‘yicha  tuzilmali  axborotlashtirilgan  tizimga  ega  bo‘ladi.  Bunda  ushbu  bilimlar  bazasiga 
kiritilmagan,  ya’ni  undan  tashqi  elementlarga  murojaat  qilinishiga  imkon  bo‘lmaydi.  Bilimlar 
bazasining  birlamchi  bibliografik  o‘xshashliklari  sifatida  turli  ens  iklopediyalar,  lug‘atlar  xizmat 
qiladi. 
O‘quvchilar  bilimi  sifatlarini  test  savollari  yordamida  aniqlash  va  psixofiziologik 
rivojlanayotganligini  tashxis  qilish  maqsadida  kompyuter  tizimiga  eksport  tizimi  qo‘shimcha 
kiritilgan  bo‘lib,  bu  tizim  yordamida  elektron  tarmoq  orqali  bilimlarni  baholash  va  bu  masala 
bo‘yicha yetarlicha natijalarni aniqlash mumkin. 
Bunday  dasturiy  vositalardan,  ta’limdagi  holat  va  uning  maqsadiga  ko‘ra,  ba’zan 
o‘quvchilarning ehtiyojlarini  chuqurroq anglash  zaruriyati  nuqtai  nazaridan, ularning  ma’lum  fan 
sohasida  bilimlarini  tahlil  qilish  bo‘yicha  boshqa  bir  hollarda  esa,  o‘qitishning  psixologik 
tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi. 
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari bo‘yicha axborotlarni tavsiya 
etishning  boy  imkoniyatlari,  xususan  ularga  integrativ  kurslarni  kiritish,  fanning  tarixi  va 
metodologiyasi  bilan  tanishish,  turli  fanlar  bo‘yicha  ularning  zamonaviy  darajasiga  oid  bilimlar, 
madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli o‘zgartirish va 
keskin boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi. 
Kompyuter  vositalari  yordamida  mustaqil  ta’limni  tashkil  etish  nuqtai  nazaridan  tahlil 
etadigan  bo‘lsak,  aksariyat  uning  interfaolligini,  bevosita  muloqot  yordamida  o‘quvchi  o‘quv 
rejasida ko‘rsatilgan,  istalgan  fan sohasida  maxsus o‘quv dasturlari  yordamida  bilim olish  imko-
niyatiga  ega  ekanligi  ma’lum  bo‘ladi.  Kompyuter  vositasi,  o‘quvchi  yoxud  o‘qituvchi 
murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi 
metodikasining asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi. 
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish bo‘yicha yoki alohida didaktik 
masalalarni  hal etishda  foydalanish kabi  holatlar  («kirib  boruvchi» texnologiya  nomi  bilan  mashhur), 
shuningdek, o‘qitishda ma’lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida 
kompyuterni qo‘llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi 
juda dolzarb sanaladi. 
Kompyuterli  o‘qitish  metodikasining  boshqa  bir  muhim  xususiyati,  u  o‘qitish  jarayonining 
barcha  bosqichlarida,  jumladan,  yangi  o‘quv  materialini  tushuntirishda,  qaytarishda, 
umumlashtirishda, o‘quvchilarning ma’lum fan bo‘yicha erishgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini 
tekshirishda  namoyon  bo‘ladi.  Bunday  jarayonda  o‘qituvchi  kompyuterning  o‘quvchi  uchun  turli 
vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim obyekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni 
bajarishini  bilishi  kerak.  Bunda  o‘qituvchining  vazifasi  dars  jarayonida  o‘quvchilarni  kompyu-
terdan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat: 
 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish