Imom al Buxoriy.
Xo‘sh yosh avlod tarbiyasi kabi mas’uliyatli ish topshirilgan o‘qituvchi qanday bo‘lmog‘i
kerak? o‘qituvchining pedagogik faoliyatining samaraga ega bo‘lmog‘i uchun ko‘p jihatdan shaxs
xususiyatlarining shakllanganligi shaxs yo‘nalishining aniqlanganligi va kasbiy mahoratning tarkib
topganligi bilan harakterlanadi. Bugungi kunda ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitning murakkab
tus olishi yoki ta’lim tizimida nisbatan yangicha talablarning yuzaga kelishi pedagoglarning o‘z
faoliyatlarini tubdan o‘zgartirishga hamda izchil aql-zakovatini ishga solgan holda ish tutishni
taqozo etmoqda. Bu bir tomondan davr talabi ekanini, ikkinchi tomondan, shart-sharoitga nisbatan
tub burilish hosil qilish yoki shaxs mazmuni, faoliyat yo‘nalishida yangicha o‘zgarish kiritish oson
emasligini ko‘rsatadi.
O‘qituvchi shaxsiy xususiyatlaridan tashqari chuqur ilmiy saviyaga, so‘zlash madaniyatiga,
yuksak odob axloqqa ega bo‘lishi kerak. o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan suhbatlarni yuqori
saviyada tashkil qilishda o‘qituvchi quyidagi madaniyat qirralariga ega bo‘lishi kerak:
ruhiyat madaniyati - o‘quvchilarning ma’naviy ehtiyojlariga to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish;
mahorat madaniyati - hap bir tadbirni zo‘r quvonch va qalbdan tashkil qilish;
siyosiy madaniyat o‘quvchilarning ijodiy, ma’naviy, badiiy faoliyatini tashkil qilishdir.
Bundan tashqari o‘qituvchi o‘zining tashqi ko‘rinishiga ham e’tibor berishi kerak. Toza,
ozoda, ixcham kiyinishi kerak. Bundan tashqari oliy ma’lumotli, chuqur bilim egasi, o‘zining
fanini puxta biladigan, yurt ravnaqi uchun jonini fido qilishga tayyor, o‘quvchilardan bilimini,
malakasini ayamaydigan, o‘quvchilar bilan aziz do‘st, sirdosh, o‘z kasbining fidokor, mohir ustasi
bo‘lmog‘i kerak.
Avvalombor, har bir tarbiyachi pedagogik tashkilotchilik mahoratiga ega bo‘lishi kerak.
Tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish, darsdan so‘ng o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri
taqsimlashi kerak. Bunda o‘qituvchilar, ota-onalar bilan yaqin munosabatda bo‘lishlari kerak
o‘qituvchi yakka suhbatlarni quyidagi sharoitda olib boradi:
o‘quvchining harakter xususiyati, oiladagi o‘rni, mavqei, ruhiy holatini o‘rganishda;
Odob va axloqqa doir suhbat. Ota-ona shu borada qanday tadbirlarni amalga oshirishda
sharqona urf-odat, rasm- rusumlar, yangi chiqqan adabiyotlar;
Tarbiyasi murakkablashgan o‘quvchlarning ota-onalarini maslahat berish o‘qituvchini
yakka-yakka suhbati puxta, asosli va mantiqan boy bo‘lsa, ota-onani unga ishonishini oshiradi.
Natijada erkin dil so‘zlari, maslahat o‘zaro yordam kabi bir hamkorlik holati vujudga keladi.
O‘qituvchi ota-ona va o‘quvchilar bilan yakkama-yakka faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun
sinf ota-onalar shaxsini, oilaviy ahvolini bilishi kerak. O‘qituvchi ota-onalar haqida ma’lumotga
ega bo‘lgandan keyin ularning farzandlari haqida ma’lumotni aniqlab olishi muhimdir. o‘qituvchi
bolalarni to‘liq o‘rganishi tarbiyaviy tadbirlarini mukammal, ta’sirchan uyushtirishga imkoniyat
yaratadi. o‘qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi lozim.
o‘quvchilarda shakllanib kelayotgan fazilatlarni tavsiflash: sinfdagi o‘quvchilarni ilm
olishga, qiziqish, rostguy, ma’rifatli, mehrli, do‘stlik, o‘z-o‘zini boshqarish, mehnatga munosabati
zo‘r o‘quvchilar sonini aniqlash.
o‘quvchilar ruhiy quvvati va temperament turlariga ajrata olish.
o‘quvchidagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni kuzatish va sababini o‘rganish.
o‘quvchida mavjud kamchiliklar: irodaviy xususiyatdagi befarqligi yolg‘on gapirish,
chaqma-chaqarligi, hurmatsizligi va boshqalar salbiy sifatlarning sonini aniqlash.
Darslarning samaradorligi, ta’limiy rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi rolini oshirish
bo‘yicha qilinadigan ishlar quyidagilar:
o‘quvchilarning g‘oyaviy - siyosiy o‘sish, ilmiy nazariy va metodik darajasini oshirish
haqida g‘amxurlik;
pedagogik mehnat sifatiga, darsga tayyorlanishga mas’ul munosabatini belgilash;
barcha o‘quv - tarbiyaviy ishlar bo‘yicha samarali nazoratni tashkil etish;
o‘quvchilarda o‘qishga mas’ul munosabatni tarbiyalash bo‘yicha ular bilan ish olib
borish, bilimlaridagi nuqsonlarning oldini olish, bilim, malaka va ko‘nikmalarning yuksak sifatiga
86
ega bo‘lishi uchun kurashish bu ishga o‘quvchilarning o‘zini faol jalb qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |