138
KIRISH
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda
o’qituvchining o’rni beqiyosdir.
Ta`lim to’g`risidagi qonunning 5-moddasida tegishli ma`lumoti "kasb tayyorgarligi bor va
yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqiga
ega" ekanligi ta`kidlanadi.
Qonun, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va hozirgi kunimiz talabi bo’yicha o’qituvchiga
qo’yilgan talablar ham ortib bormoqda.
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun
pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni
o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g`oyalar bayon
etiladi. O`quv yurti hayoti- amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga
mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy
tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Hozirgi kun o’qituvchisi chuqur bilimli, mutaxassislik fanini to’liq egallagan bo’lishi bilan
birga buyuk insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, bolalar va kattalar bilan qiynalmasdan muomalaga
kirisha oladigan, ularning ruhiyatini, holatini tushuna oladigan haqiqiy mohir pedagog bo’lishi
lozim.
Bunday mutaxassis pedagog-psixolog-amaliyotchi o’qituvchi uchun kerak bo’ladigan
yuksak pedagogik mahorat va texnika ko’nikmalarini egallagan shaxs bo’lishi kerak.
Bo’lajak o’qituvchilarning pedagogik mahorat ko’nikmalari bilan qurollantirishda
Pedagogik mahorat kursining, ayniqsa, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarining o’rni beqiyos
kattadir. Bunday mashg’ulotlarda talabalar o’zlashtirgan nazariy bilimlariga muvofiq turli
pedagogik topshiriqlar bajaradilar. Bu esa bo’lajak o’qituvchi shaxsida amaliy ko’nikmalarni
shakllanib borishini ta`minlab, ularning pedagogik mahorat va pedagogik texnika asoslarini
egallab olishiga xizmat qiladi. Amaliy mashg’ulotlarda pedagogik usul va vositalar yordamida
shaxsga ta`sir ko’rsatish, nutq madaniyati asoslarini egallash, o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi
samarali muloqat va o’zaro aloqani yo’lga qo’yish, dars va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga
doir mashqlar o’tkaziladi.
Amaliy mashg’ulotlar davomida talabalarga turli pedagogik masalalar beriladi, turli
pedagogik vaziyatlardan chiqish yo’llari o’rgatiladi. Talabalarning faollik, ijodkorlik,
ishbilarmonlik hislatlarini tarbiyalashga etibor qaratiladi. Ular bilan birga pedagogik masalalarning
ijobiy yechimini ta`minlashga yo’naltirilgan tadbirlar va ijodiy-tashkiliy o’yinlar tashkil etiladi.
Mutaxassislik yo’nalishlariga qarab o’quv rejada pedagogik mahorat fanidan 40 soat
amaliy mashg’ulot o’tkazish belgilangan. Mazkur ishlanmada amaliy mashg’ulotlarini tayyorlash
va o’tkazishga oid ayrim ko’rsatmalarni berishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: