Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari
Jahonta’limimuammolarinihaletishda turlita’limtizimlariishtirokizaruriyatinitalabetadiganyirik xalqaro dasturva loyihalashmuhim ahamiyatkasbetadi. Yirik xalqaro loyihalarga quyidagilarkiradi:
•ERAZMUS– maqsadYevropaIttifoqiga a’zo davlatlartalabalarininmobilliginitaminlash (masalan, dasturdoirasida 10% talabalarYevropamamlakatlaridagiboshqa oliyta’limmuasssalarda o’qishga borishlarikerak).
•LINGVA — budasturkichiksinflardanboshlabchettillarnio’rganishsamaradorligini oshirishga mo’ljallangan.
•EVRIKA– ushbuloyihaningmaqsadiSHarqiyYevropadavlatlaribilan amalga ooshirilayotgantadqiqotlarniuyg’g’unlashtirish.
•ESPRIT — yangi axborottexnologiyalariniyaratishsohasida Yevropauniversitetlalariri, kompyuterfirmkuchva imkoniyatlarinibirlashtirishnitalabetuvchiloyiha.
•EIPDAS — arabdavlatlarida ta’limnirejalashtirishva boshqarishnitakomillashtirishsohasiga doirdastur.
•TEMPUS– YevropaIttifoqininghamkor-davlatlarda oliyta’limnirivojlantirishga yo’naltirilgandasturi.
• IRIS — xotin-qizlarningkasbiyta’lim olishimkoniyatlarinikengaytirishgga yo’naltirilganloyihalartizimi.
. TALIS----- o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi
. SIC--- (School Inspectorates in Europe) Yevropada ta’lim milliy va mintaqaviy inspektorlari uyushmasi
PISA---“PISA Launch in Uzbekistan” (15-16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur)
(2019-yil 14-dekabr, № 97 (9266)Mar’ifat)Yurtimizda hukumat qarori bilan PISA va shu kabi xalqaro tadqiqotlami o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan alohida markaz tashkil etildi. PISA va TALIS tadqiqotlari 0‘zbekistonga nima beradi?
2020-yil mart oyida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkiloti(OECD)ning ta’lim masalalari bo‘yicha direktori Andreas Shlyayxeming 0‘zbekistonga tashrifi va OECD vakillari ishtirokida “PISA Launch in Uzbekistan” xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu kelishuvga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillarining Fransiyaga xizmat safari doirasida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mutasaddilari bilan o‘tkazgan muzokaralari davomida erishildi.
Mamlakatimiz 2021-yilda ilk marotaba PISA (15-16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tomonidan o'tkaziladigan tadqiqotlarda 90 ga yaqin davlat qatnashadi. Mazkur reyting natijalaridan kelib chiqib yurtimizning kelgusi rivojlanishiga baho beriladi. Uzoq muddatga xorijiy investitsiya kiritadigan yirik kompaniyalar tononidan ushbu reyting natijalari inobatga olinishidan ham ushbu jarayon rivojlanayotgan mamlakatimiz uchun qay darajada muhim ekanini anglash mumkin.
Yurtimizda hukumat qarori bilan PISA va shu kabi xalqaro tadqiqotlami o‘tkazishga mas’ul boigan alohida markaz tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida ushbu markaz faoliyati, olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari, maktablar tayyorgarligi, inspeksiya, markaz, Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida joylarda o‘tkazilayotgan seminarlar, tayyorlangan o‘quv-metodik qo'llanmalar bo‘yi cha ma’lumot berildi. 0‘zbekistonning 2021-yilda PISA xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi va o‘quvchilaming ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha ushbu dastur reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishdek ambitsioz maqsadlar 0‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangani qayd etildi. Uchrashuvda PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik bo‘yicha istiqboldagi vazifalar, xususan, 2020-yilda tajriba tariqasida sinov ishlari 6-aprel — 17-may kunlari oralig‘ida o‘tkazilishi, buning uchun maktablar tanlanishi, materiallar nechta tilda tayyorlanishi, ulaming tarjimasi, ekspertizasi, kompyuterlar tayyorligi, sinov ishlarini amalga oshimvchi mas’ullaming hozirligi, joylarda seminarlar tashkil etilishi kabi masalalar muhokama qilindi.PISA loyihasi rahbari Sofiya Vayssette 2020-yil bahorida o‘tkaziladigan tajriba sinovlarida ishtirok etadigan o‘quvchilar ro‘yxati, uning to‘g‘ri shakllantirilishi, kompyuterda test topshirish uchun imkoniyat yaratilishi, implementatsiya masalalariga e’tibomi kuchaytirish lozimligi to‘g‘risida fikr bildirib, ogohlikka undadi.Inson kapitalini rivojlantirishda PISA xalqaro tadqiqotining o‘mi mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilish, bun- da OECD vakillarining ma’ruza bilan ishtirokini ta’minlash masalasi 2020-yil mart oyiga rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.
Xalqaro baholash tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish bo‘yicha yetakchi davlatlar tajribasini o‘rganish, tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, PISA tadqiqotida eng yuqori natijalarga erishib kelayotgan davlatlar(Finlandiya, Singapur, Estoniya, Janubiy Koreya)ning tajribasini o‘rgan- ish bo‘yicha bildirilgan taklifni OECD vakillari to‘liq qo‘llab-quwatladi va hamkorlar topish, ekspertlar yuborishda amaliy yordam berishga tayyorliklarini ma’lum qildi.PISA loyihasi mas’ul xodimi Maykl Vord ushbu jarayonda 0‘zbekis- ton bilan doimiy ishlaydigan vakil etib belgilandi. Ushbu sohada tajrib- ali mutaxassis hisoblangan Maykl Vord Ukraina uchun maslahatchilik qilmoqda. U ikki yil davomida, ya’ni PISA sinovlari o‘tkazilib, natijalar tahlil qilinib, 0‘zbekiston rahbariyatiga taqdim etilgunga qadar yurtimizga doimiy tashrif buyurib turishi va mu taxassislarimiz bilan birga ishlashini ma’lum qildi.
Shuningdek, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotining TALIS (Teaching
and Learning International Survey) xalqaro baholash tadqiqotlarida 0‘zbekistonning ilk ishtiroki yuzasidan kelishuv imzolash bo‘yicha ham muzokaralar olib borildi.TALIS o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqaro tadqiqot hisoblanadi. Uning maqsadi — ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqishda yangi ustuvor yo‘nalishlami ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lu- motlar taqdim etishdan iborat. Tadqiqotlar maktab o‘qituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy, balki xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi. Uchrashuv awalida OECDning TALIS bo‘yicha mas’ul bo‘lim boshlig'i o'rinbosari Karine Trembley ushbu tadqiqotda ishtirok etish shartlarini tushuntirib berdi.Tadqiqotda 200 ta maktab, 4000 nafar o‘qituvchi va 200 nafar maktab direktori ishtirok etadi. Ulami tanlash ham PISA tadqiqotlariga o‘xshash bo‘lib, qaysi bosqich o‘qituvchilarini tanlash, nechta tilda so‘rovnomalar o‘tkazilishini belgilash OECD va davlat o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan ko‘zda tutiladi.Ilgari TALIS tadqiqotlari har 5 yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, endi 6 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2018-yilda o‘tkazilgan TALIS xalqaro baholash tadqiqotlarida 48 ta davlat qatnashgan bo Tib, natijalari 2020-yili mart-aprel oylarida e’lon qilinadi.
Uchrashuv davomida OECD mutasaddilari TALIS tadqiqotlari aynan PISA o'tkazilgan maktabda bo‘lishi shart emashgi, ulaming natijalari alohida chiqarilishi, TALIS tadqiqotidan maqsad ta’lim muassasalaridagi ahvolni, o'qituvchilaming kompetensiyaviyligini va muammolarini aniqlash ekani, lekinuning natijalari ham personal muhokama qilinmasligi, natijalariga ko‘ra reyting chiqarilmasligini qayd etdi.Navbatdagi TALIS tadqiqoti 2024- yili o‘tkazilishi rejalashtirilgani va unda ishtirok etish uchun 0‘zbekiston hukumati rasman murojaat qilishi lozimligi ta’kidlandi. Shundan so‘ng shartnoma tuzilib, rasmiylashtirish masalalari ко‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.Yakunda ushbu tadqiqotda ishtirok etish bo‘yicha boshqa davlatlar, xususan, 2018-yilda birinchi marta TALIS tadqiqotlarida ishtirok etgan Qozog‘iston tajribasini o‘rganishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun Shanxayda TALIS-2013 natijalariga ko‘ra muallimlar oylik maoshi 10 foiz oshirilgan. Avstraliyada o'qituvchilaming oliy ta’limdan keyingi tayyorgarligi bo‘yicha yangi dasturlar joriy etilgan, professional standartlar yangilangan. Italiyada “Yaxshi maktab” loyihasi doirasida pedagoglar malakasini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratihb, o‘qituvchilarga haq to‘lash tizimiga o‘zgartirish kiritilgan. Bunda asosiy e’ti- bor o‘qituvchilar faoliyati samaradorligiga qaratildi. Angliyada maktablar uchun 1 kun (yiliga 3 marta) davom etadigan “qisqa tekshiravlar” joriy etilib, ushbu holat navbatdagi tadqiqotlarda pedagoglar tomonidan “yaxshi” deb baholangan.
Uchrashuv davomida PISA yoki TALISga' tayyorgarlik ko‘rish faqat maktab, o‘quvchilar, o‘qituvchilar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Milliy markaz yoki Xalq ta’limi vazirligi muammosi emasligi, oliy ta’limda kadrlar tayyorlashga hozirdan e’tibor qaratish zarurligi, ushbu talablarga mos ravishda ta’lim kontentini, o‘quv dasturlari, darslik-qo’llanmalami takomillashtirish, o'qituvchilaming, birinchi navbatda, malakasini oshirish, ularga fanlar bo'yicha metodik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi Abdurahim NOSIROV, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining bosh boshqarma boshlig'i
Do'stlaringiz bilan baham: |