2.3. Ijtimoiy psixologik omillarning kichik maktab yoshi o„quvchilari shaxsi
shakllanishiga ta‟siri.
Ma‟lumki shaxs shakllanishi muammosi barcha davrlarda psixologiya fanida
turlicha bahs-munozaralarga sabab bo„lib kelgan. XX asr bo„sag„asida
psixologiya fani va uning ilg„or vakillari o„zlarining navbatdagi jahonshumul
ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko„rsatish
tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq
bo„ldilar.
Umuman, psixologik xizmat ko„rsatish muammosi ma‟lum ma‟noda, ilmiy
psixologiyaning yetakchi yo„nalishlaridan biri sifatida ko„p bor munozaralar
manbai bo„lgan. Bu xaqda qadimgi va dastlabki psixologik tasavvurlar makoni
bo„lmish hindiston, Xitoy, Mirs, Vavilon, O„rta Osiyo, Gretsiyadan, shuningdek,
jon (ruh) xaqidagi I- kitobning muallifi Aristoteldan va temperament (mijoz)
ta‟limotining asoschilari Galen, Gippokrat va Ibn Sinolardan tortib, to hozirga
qadar psixologlar o„z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar.
Tarix va ijtimoiy hayot tamoyillari shuni ko„rsatmoqdaki, jamiyatning har
tomonlama rivojlanishi va unda yuksak darajadagi hayot, turmush tarzining qaror
toptirilishi, avvalo har bir faoliyat ko„rsatuvchi shaxsdagi o„ziga xos psixologik
salohiyatning ne chog„lik to„la-to„kis namoyon etilayotganligi bilan belgilanadi.
Zero, har bir mamlakatning porloq kelajagini odamlardagi ijodiy, intellektual va
ma‟naviy taraqqiyot yo„liga xizmat qiluvchi davlat mexanizmisiz tasavvur qilib
bo„lmaydi. Shu bosdan bo„lsa kerak, hozirgi kunda barcha rivojlangan va
rivojlanish yo„lidan borayotgan mamlakatlar birinchi galda o„z fuqarolarining
ma‟naviy va intellektual, jismoniy va ruhiy barkamolligiga va undan ijtimoiy
manfaatlar uchun samarali foydalanish yo„llarini izlashga jiddiy e‟tiborni
qaratmoqdalar. Shu nuqtai nazardan,har bir mamlakatda inson va uning faoliyati
o„rtasidagi uyg„unlikni ta‟minlashga qaratilgan ijtimoiy-psixologik xizmat
tizimining joriy etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, Prezident
I.A.Karimovning "Ma‟naviyat va ma‟rifat jamoatchilik Markazi faoliyatini yanada
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to„g„risida"gi farmoyishi orqali
qat‟iy ta‟kidlanganidek, bugungi kunda "odamlarning o„zliklarini chuqur
anglashini, musta qillikning qadrini tobora teran tushunishni, milliy tafakkurning
kengayishi va takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg„onishini
ta‟minlash ma‟naviyat sohasidagi siyosatimizningasosiy maqsadiga aylanishi
lozim.
Prezidentimiz o„zining O„zbekistonning bugungi istiqlol va istiqbol yo„lini
ifodalovchi boshqa qator ma‟ruzalari va asarlarida ham iqtisodiyot bilan
ma‟naviyat, inson ruhiyatining barkamolligi, hayotning o„zaro ajralmas, bir-birini
to„ldiradigan, o„zaro ta‟sir va aks ta‟sir etadigan muhim omillari ekanligini va ayni
paytda bugungi iqtisodiy o„nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni,
ma‟naviy o„nglanish, ma‟naviy poklanish, ma‟naviy yuksalish harakatlari bilan
tamomila uyg„un bo„lishini ta‟minlashning muqarrar ijtimoiy zarurat ekanligini
qayta-qayta ta‟kidlaydi. Shuningdek, Prezident I.A.Karimovning Respublika
Oliy Majlisi IX sessiyasidagi "Barkamol avlod O„zbekiston taraqqiyotining
poydevori" mavzusidagi so„zlagan nutqidan kelib chiqqan holda qabul qilingan
"Ta‟lim to„g„risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo„yicha milliy dastur (1997
yil 29 avgust) ning amalda qo„llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning
ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish
yo„llarini izlashga da‟vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma‟naviyati, ruhiyati va
ijtimoiy kamoloti bilan shug„ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va
mas‟uliyatli vazifalarni qo„yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va
uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo„ygan
talablar asosida qaror toptirishga ko„maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining
muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog„liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs
va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning
amaliy-tatbiqiy yo„nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko„pgina
olimlar o„z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar.
Ta‟limning boshlanishi bilan bola psixikasida keskin o„zgarishlar ro„y
beradi. U psixik tomondan qayta qurilishiga duch keladi. Psixologik qayta qurilish
boshlang„ich sinf o„quvchilarida ayniqsa, I–sinf o„quvchilarida qiyinchiliklarni
paydo qiladi.
Bu qiyinchiliklar:
1. Birinchi sinf o„quvchilari ko„p harakatlarni intizom qoidalari talab qilgan
darajada chaqqonlik bilan, sifatli qilib bajara olmaydilar. Lekin o„qish faoliyati
doimiy ravishda intizom qoidalariga rioya qilishni, 35-45 minutlik darslarda sabr–
toqat bilan o„tirishni, o„zini– o„zi tuta bilishni talab qiladi.
2. Ta‟limning butun mazmuni boladan ixtiyoriy jarayonlarini: ixtiyoriy diqqat,
ixtiyoriy idrok, xotirani rivojlangan bo„lishini taqozo qiladi. Lekin bolada hali
bunday jarayon yetarli rivojlangan bo„lmaydi.
3.O„quvchi mustaqil fikr yuritishi, vazifalarni mustaqil bajarishi lozim. Bu
xususiyat hamma bolalarda ham birdek rivojlanmaydi.
4.Bola o„z burchini anglagan bo„lishi, yaxshi o„qishi va yaxshi intizomga ega
bo„lishi, intizom qoidalariga rioya qilishni, uyga berilgan vazifalarni bajarishi
uning burchi ekanligi his qilishi kerak.
5. Diqqat e‟tiborni o„qituvchi aytganlariga qaratish uni idrok qilib esda olib qolish
va kerak vaqtda ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo„lmog„i talab qilinadi.
Bunday talablarga javob qaytarish so„zsiz o„quvchiga qiyindir. Bunday
qiyinchiliklarni mustaqil ravishda yenga bilishi asta – sekin va muntazam o„qish
jarayonida materialni osondan qiyinga, oddiydan-murakkabga qarab tushuntirish,
bolalarni o„qish faoliyatiga qiziqtirish, darslarni qiziqarli emotsional va obrazli
bayon qilish orqali bartaraf qilinadi.
Kichik maktab yoshida ta‟lim jarayonini tizimli tashkil qilish, bolada
beg„amlik davrining tuganlanganligidan dalolat beradi va o„qishga bo„lgan
munosabatlar tobora o„zgarib boradi. Bu davrda bolaning qiziqishlari o„yin
faoliyatidan o„quv faoliyatiga asta-sekin ko„chib o„tadi. O„qishga xos qiziqishlar
ko„pincha bolalarning o„yin faoliyatiga ta‟sir etadi, o„qishga xos qiziqishlar
ko„pincha o„yinlar xarakteri va mazmuniga ta‟sir qiladi. Har qanday ishining
muvaffaqiyati ko„p jihatdan motivlarga bog„liq bo„lib, odam ana shu motivlar
yordamida ish bilan shug„ullanadi. O„qish motivlari har xil bo„ladi. Kichik
maktab yoshidagi o„quvchilar o„zlarini bo„lajak mehnat faoliyatiga
tayyorlashlarida motivlarga kamroq amal qiladilar. Bola hali motiv haqida o„ylab
ko„rishdan ancha uzoqda. Kichik maktab yoshidagi bola o„z bilim doirasini
kengaytirish, foydali bilimlar olish, shuningdak, jamiyat oldidagi o„z burchini
bajarish haqida ham uncha bosh qotirmaydi. Barcha mana shu motivlar unda
ikkinchi darajali narsaga aylanadi. Ammo, yuqorida aytib o„tganidek, uning o„zi
nima qilayotgan va maktabda bilib olayotgan narsaga bevosita qiziqishi,
shuningdek, o„qituvchi, ota–onalar talablarini bajarishga intilishi, maqtov
eshitishi, qilgan ishining ma‟qul topilishi, yaxshi baholar olishi va hakozolar
o„qishga nisbatan qiziqish uyg„otishning eng muhim vositalariga aylanib qoladi.
Bolaning maktabga kirishi bilan butun hayot tartibi, ijtimoiy holati,
jamoadagi, oiladagi ahvoli keskin o„zgarib ketadi. Maktabga kirgan davridan
boshlab uning asosiy faoliyati o„qish bo„lib qoladi. Muhim ijtimoiy vazifa – o„qish
bilim orttirish vazifasidan iborat bo„lib qoladi.
Bolaning maktab o„quvchisi bo„lishi uning hayotida “burilish”ni yuzaga
keltiradi. Uning asosiy faoliyati, birinchi va eng muhim vazifasi o„qish, ya‟ni
yangi bilimlarni, ko„nikma va malakalarni ortirishdan, tabiat hamda jamiyat
haqida sistemali ma‟lumotlar to„plashdan iborat bo„lib qoladi. O„z – o„zidan
ma‟lumki, kichik maktab yoshidagi o„quvchilarda o„qishga nisbatan yuksak
javobgarlik munosabati birdaniga tarkib topib qolmaydi. Bunda anchagina
individual farqlar kuzatilsa ham o„qishga bo„lgan munosabatlar va motivlarining
rivojlanish dinamikasi odatda qonuniy xarakterga ega bo„ladi. Yetti yoshli bolalar
ta‟limning boshlang„ich davrida maktab mashg„ulotlarining yaqin kelajakdagi
istiqbollarini ijobiy idrok qiladilar. Bolalarda hatto xarakterli xususiyatlarni
jixatlardan farq qiladigan o„ziga hos ehtiyoj ham paydo bo„ladi. Bu aslida hali
o„qishga bilim, ko„nikma va malakalarni o„zlashtirishga bo„lgan ehtiyoj emas,
biron yangi narsani, tevarak- atrofdagi voqelik hodisalarni bilishga bo„lgan
ehtiyojdir. Bu ehtiyoj o„zining kichkina bolalik xolatini o„zgartirish,
mustaqillikning navbatdagi bosqichiga ko„tarilishi, oilani katta va ish bilan band
a‟zosi bo„lishi istagidir. Bunda o„qishning tashqi belgilari yangi forma kiyish
hoxishi, o„z shaxsiy papkasiga ega bo„lish, mashg„ulotlar uchun o„z joyiga ega
bo„lish, kitoblarini qo„yish uchun javonchaga ega bo„lish xuddi otasi yoki onasi
ishga borganlaridek har kuni maktabga borish xohishi katta ahamiyatga ega. Shu
bilan kichkina bolalar ko„zi oldida yuksaklikka ko„tarilishdek yoqimli istiqbol
ularni
maftun
etadi.
Maktabga
bo„lgan
bunday
munosabatning
mustahkamlanishiga ikkinchi sentabrdagi tantanali bayram sharoiti maktab
o„quvchisi degan nom berish an‟anasi ham anchagina yordam beradi.
Bola hali maktabga bormasdan oldinoq, ya‟ni oiladan va bog„chada ijtimoiy
hayotimizning turli sohalari bilan, ayniqsa maktab hayoti, ularning xilma-xil
faoliyatlari bilan tanishadi va unda yuksak ijtimoiy qiziqish-havas kurtaklari paydo
bo„la boshlaydi.
Bola maktab yoshiga kirib maktab borishga, o„quvchi bo„lishga g„oyat
darajada qiziqadi. Bu uning gap-so„zlaridan va qilayotgan harakatlridan ham
ko„rinib turadi. Shu kezlari bola maktab va maktabda o„qish uchun kerak
bo„ladigan narsalar to„g„risida ko„proq gapiradi. Sumka, “Alifbe”, qalam, daftar va
sanoq cho„plarini tezroq tayyorlab qo„yish ustida ko„proq bosh qotiradi. Shu bilan
birga u o„zining to„plagan o„quv qurollarini nihoyatda avaylab sumkasiga solib,
qayta-qayta sumkasidan olib ko„rib, bularni maktabga ko„tarib borishga oshiqadi
va bunga juda ham havas qiladi. Biroq o„qishga bo„lgan dastlabki bunday havas
uning tabiatga xos bo„lgan “Bu nima?” tarzidagi tekshirish refleksi asosida yuzaga
keladigan faoliyatdan iborat bo„lsa ham, lekin ularda ko„rina boshlagan bunday
qiziqish-havas talim-tarbiya jarayonida takomillasha boradi. O„qish bo„lsa -
boladan ma‟lim uyushqoqlikni, intizomlilikni, anchagina irodaviy zo„r berishlikni
talab qiladigan jiddiy mehnatdir.
Maktab ta‟limining birinchi kunidan boshlab kichik maktabgacha yoshdagi
bolaning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch bo„lgan asosiy qarama –
qarshilik yuzaga keladi. Bu qarama – qarshilik bola shaxsiga, uning diqqati,
xotirasi, tafakkuriga nisbatan o„quv ishlari, o„qituvchilar hamda jamoa tomonidan
qo„yilayotgan va doimo orttirib borayotgan talablar bilan o„quvchining mavjud
psixik rivojlanish darajasi o„rtasidagi qarama-qarshilikdir. Talablar hamma vaqt
o„sib boraveradi va bolaning mavjud psixik rivojlanish darajasi ana shu o„sib
borayotgan talablarga tenglashishga to„xtovsiz ravishda intilaveradi. To„g„ri
tashkil etilgan ta‟limda bu turdagi bolalar o„rta maktab dasturida ko„rsatilgan
bilimlarga nisbatan ko„proq bilimlarni tushunishlari va o„zlashtirishlari mumkin.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarning o„ziga xos xususiyatlaridan yana biri
shundaki, shu davrdan boshlab, o„quv materialini o„zlashtirmaslikning dastlabki
belgilari ko„zga tashlanadi. O„zlashtirmaslikning asosiy sabablari: bu aqliy
taraqqiyot va o„quvchanlikning bir muncha orqada qolishidir. N.S.Leytes
mulohazalariga ko„ra inson yoshi ulg„aygan sari aqliy rivojlanish darajasi bir
muncha ko„tariladi, uquvchanlik esa bir muncha pasayadi. Kichik maktabgacha
yoshdagi bolalarning uquvchanligi albatta o„smir va o„spirinlarga nisbatan yuqori,
lekin
o„smir va o„spirinlarning aqliy rivojlanganligi boshlang„ich sinf
o„quvchilariga nisbatan yuqoridir.
Oradan ma‟lum vaqt o„tgach shodiyona lahzalarining ta‟siroti kamayishi
bilan maktabning tashqi belgilari o„z ahamiyatini yo„qota boradi va o„qishning
kundalik aqliy mehnat, irodaviy zo„r berish, yoqtirmagan narsa bilan
shug„ullanish, diqqatni taqsimlash, o„z xulqini idora qilish ekanligini anglaydi.
Shunday aqliy mehnat ko„nikmasiga ega bo„lmasa, uning o„qishdan ko„ngli
soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi. O„qituvchi esa bunday xolning
oldini olish uchun bolaga ta‟limning o„yindan farqi, qiziqarliligi haqida
ma‟limotlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak. Birinchi sinf
o„quvchisida o„qish faoliyatining aynan o„ziga qiziqish ko„zga tashlanadi. Psixolog
olimlar o„tkazgan maxsus tadqiqotlarda bolalar bilan keraksiz mashqlar o„tkazilgan
va ularga oldindan bu mashqlar keyinchalik kerak bo„lmasligi aytilgan, lekin
bolalar ularni bajarishga kirishganlar. O„quvchi shaxsiy faoliyatida erishgan
dastlabki yaxshi natija uni boshqa natijalarni egallashga undaydi. Uning o„qish
faoliyatidagi birinchi mehnat maxsuli shodlik va quvonch his-tuyg„usini keltirib
chiqaradi.
Masalan: ayrim o„quvchilar u yoki bu matnni bir necha martta o„qishga
harakat qiladi. O„qish faoliyatiga qiziqish, uning mazmuniga ham qiziqishini
vujudga keltiradi, bilim olish ehtiyojini tug„diradi va o„qish motivlarini tarkib
toptiradi.
Shaxs shakllanishida kichik maktab yoshidagi o„quvchilar faoliyatini
baholash va unda o„qishg ijobiy munosabatni shakllanishida muhim ahamiyatga
egadir. 7 yashar bo„lgan bolalardagi maktabga, o„qishga bo„lgan bu xildagi
dastlabki qiziqish – havaslar, asosan ulardagi ixtiyorsiz diqqat protsessida ro„y
beradigan bevosita qiziqish – havaslardir.
Kichik yoshdagi o„quvchilarda keyinroq borib o„z diqqat –e‟tiborini
muayyan bir narsaga, voqelik va hayotning ma‟lum bir sohasiga, ma‟lum bir
faoliyatga birmuncha uzoq vaqt va barqaror qaratilishida ifodalanadigan bavosita
qiziqishlar sekin- asta yuzaga kela boshlaydi.
Dars jarayonida va darsdan tashqi mashg„ulotlarda o„quvchilar tevarak –
atrofdagi narsa va hodisalarni kengroq tushunib boradilar. Har xil narsalarga
qiziqa boshlaydilar, ularning qiziqishlari borgan sari takomillashib, barqaror tus
ola boradi. Endi maktab o„quvchilarini tevarak – atrofdagi ayrim hodisalargina
emas, balki o„sha hodisalarning sodir bo„lish sabablari ham ko„proq qiziqtira
boshlaydi. Shuning uchun ham bu davrda bola tomonidan beriladigan har xil
“Nega bunday?”, “Nimadan qilingan?”, “Bu nima uchun kerak?” singari so„roqlar
yanada ko„payib ketadi.
Bolada ta‟lim-tarbiya jarayonida ko„proq narsalarni bilib olishga, yuqoriroq
baholarga erishishga muayyan darajada ehtiyoj va zarurat paydo qilish kerak.
Shundagina u o„zidagi buday talabni qondirishga harakat qiladi va aktiv faoliyat
ko„rsatadi. Dars materiallarini bilib olishga, o„qituvchining topshiriqlarini
yaxshilab bajarishga intiladi. Buning uchun esa bolani muayyan kun tartibiga
odatlantirish va doimo dars tayyorlashga o„rgatish lozim. Shundagina u o„qishda
muayyan daraja muvaffaqiyatlarga erisha oladigan bo„ladi va unda o„qishga havas
uyg„onadi.
O„qishning dastlabki kunlarida bolalar sinfdagi dars mashg„ulotlariga juda
ham qiziqadilar. Ularni ko„proq rasm chizish, yozish, doskaga chiqish, qo„l
ko„tarib o„qituvchi savollariga javob berish singari ishlar qiziqtiradi. Keyinroq
borib ular faqat darsdagi mashg„ulot jarayonining o„zigagina emas, balki
mashg„ulotlarning mazmuniga ham qiziqa boshlaydilar. Shu kezlari bola o„zining
sinf va uyida bajarib kelgan ishlarini, yozma narsalarni o„qituvchiga tezroq
ko„rsatishga oshiqadi. O„qituvchining o„quvchi bajargan vazifani og„zaki
maqullashi ham uni g„oyatda quvontiradi.
Bolalarning bu xususiyatlarini yaxshi bilgan mohir o„qituvchilar e‟tiborini
ko„proq yozishga va berilgan topshiriqlarni tezroq bajarish lozim ekanligigagina
emas, balki topshiriqlarni sifatli qilib bajarish, to„g„ri va chiroyli qilib yozish
kerakligiga ham jalab etadilar hamda topshiriqlarni yaxshilab bajargan, to„g„ri va
chiroyli yozgan o„quvchilarni o„z vaqtida rag„batlantirib boradilar. Natajada
o„quvchilar sekin-asta dars mashg„ulotlarining mazmuniga qiziqadigan va ularni
sifatli
qilib
bajarishga
harakat
qiladigan
bo„lib
qoladilar.
O„quvchilar
o„qituvchilarning “yaxshi yozibsan”, “to„g„ri bajaribsan”, “barakalla” singari
og„zaki ma‟qullashigagina emas, balki uning o„zlarining daftarlarga qo„yib
beradigan baholariga ham qiziqa boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda o„qishga
qiziqishning ortib borishida ularning o„z bilim va tushunchalarning takomillashib
borayotganligini sezib borishlar, o„z imkoniyatlarining o„sib borayotganligini
tushunishlari katta ahamiyatga egadir.
Ma‟lumki, maktablarda bolalarni og„zaki baholash odat tusiga kirib qolgan,
chunki birinchi sinf o„quvchisi ana shu baho ta‟sirida o„z faoliyatini kuchaytiradi,
ijodiy izlanishga harakat qiladi. Hatto, o„quvchi dastlabki paytlarda “yaxshi” yoki
“yomon” bahoning farqiga ham bormaydi, uni ko„proq nechta baho olgani
qiziqtiradi. O„qituvchining rag„batlantirishi uning uchun eng muhim ahamiyatga
ega.
Ko„pchilik mutaxassis olimlar kichik maktab yoshdagi o„quvchilarni
baholash salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblaydilar. Ma‟lumki, faqat baho
uchun o„qish bilimning ijobiy ahamiyatini pasaytirishi mumkin. shunga ko„ra
bilimni tekshirishning boshqa usullarini topish hamda qo„llash hozirgi kunning
dolzarb vazifalaridan biridir.
O„quvchilarnig olgan baholariga kattalarning munosabati ham ularning
o„qishga qiziqishlariga muayyan darajada ta‟sir ko„rsatadi. Chunonchi,
o„quvchining olgan baholariga o„qituvchi va ota-onalarning beparvolik bilan
qarashlari undagi o„qishga bo„lgan qiziqishning pasayishiga sabab bo„ladi.
Shuning uchun ham o„qituvchilar va ota– onalarni bolalarning oladigan baholariga
alohida e‟tibor berishlari, ular olgan yuqori baholarini ma‟qullab turishlari va
harakat qilinsa, hamma fanlardan ham yuqori baho olish mumkinligini aytib, ularni
rag„batlantirib turishlari juda muhimdir.
Kichik yoshdagi o„quvchilarda yuqorida ko„rsatib o„tilgan xilma – xil
qiziqishlar bilan birga individual qiziqishlar ham tug„ila boshlaydi. Ba‟zi
o„quvchilar rassomlik ishlariga ko„proq qiziqsalar, boshqalari musiqaga yoki
she‟riyatga muhabbat qo„yadilar. Shuningdek, ayrim o„quvchilar matematika yoki
texnikaga qiziqsalar, ba‟zilari ona tili yoki tibbiyotni yaxshi ko„radilar. Bulardan
tashqari, ayrim o„quvchilarda har – xil kasblarga bo„lgan individual qiziqishlar
ham ko„rina boshlaydi. Lekin bu yoshdagi o„quvchilarning orzu – havaslari hali tez
– tez o„zgarib turadigan bo„ladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ba‟zi
o„quvchilardagi ayrim narsalarga bo„lgan qiziqish umrbod saqlanib qolmog„i ham
mumkin. Muayyan va doimiy qiziqish – havaslar o„quvchilarda asosan ayrim
o„smirlik davrida tarkib topib borayotgan ideallar bilan bog„liq ravishda vujudga
keladi va o„sadi.
Yosh avlod ijtimoiy turmushning barcha soxalari, xususiyatlari Bilan oila
kuchogida tanishadi. Oilaviy turmushda odamlarga, mexnatga, narsalarga va uz-
uziga bulgan nisbatan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xususiyatlari tarkib topa
boradi. Shuning uchun oila jamiyatning boshlangich bugini sifatida bolalarning
axloki, kobilyati, akl zakovati, xulki, yurish-turishi, xatti xarakati, mulokoti,
e‟tikodi va dunyokarashlariga yukori darajada tarbiyaviy ta‟sir kursatish
imkoniyatiga ega. Oilaviy turmush inson xayotining eng muxim jixatlaridan biri
xisoblanadi. Xudi shu boisdan jamiyatning konun koidalariga nisbatan munosabat
xam oiladagi shaxslararo turli tuman muammolalarda, mulokotda, fikr almashuvda,
munozanalarda uz ifodasini topadi, binobarni yoshlarni vatanparvarlik ruxida
tarbiyalash oilaning nokadar mustaxkam bulishiga, ota-ona munosabatlarida oliy
janob xarakter xislatlarini, bolada yuksak ma‟naviy xislarni shakllantirishga
boglikdir. Yosh avlodni oilada kamil inson kilib tarbiyalashdek yuksak va
ma‟luliyatli vazifa ota-onaga oiladagi kattalarga yukladilgandir. Darxakikat inson
shaxsini shakddantirish oila muxitidan boshlanadi. Xususan oilada, bolada xarakter
xususiyatlari, iroda sifatlari, milliy odatlar, fe‟l atrof, xulk, tevarak atrofga nisbatan
munosabat, e‟tikod va karashlar vujudga keladi. Anna shulardan kelib chikkan
xolda, oilaviy turmushda insonni kamol topshirish sharoitlari, faollik kursatish
imkoniyatlarini izchil urganmay turib, shaxsning xususiyatlari va keltirib
chikaruvchi omillar tugrisida fikr yuritish mumkin emas. Ma‟lumki, oila – bu
ijtimoiy tarixiy belgicha ega bulgan, muayyan tuzilishiga ega bulgan ijtimoiy
guruxning kurinishidir, chunonchi uning a‟zolarini karindosh urugshlik, nikox,
turmush sharoiti birligi, odob-oxlok umumiyligi, ma‟naviy extiyoj nosligi kabi
alokalar uzaro boglab turadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bulib, biologik,
ijtimoiy, axlokiy, idealogik va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi
natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdosh va oila-a‟zolarining uzaro
moddiy-maishiy, iktisodiy negizi uzgarishiga bevosita boglikdir.
Oilaviy turmush va oila a‟zolarining uzaro muammalalarini tadkik kilgan
venger sotsiologi M.Komloshi 10-14 yoshdagi maktab ukvchilarining ukishga va
mexnatga bulgan munosabatiga bevosita ta‟sir kiluvchi oilaviy muxit (vaziyat,
sharoit) omillarini 4 guruxga ajratadi:
1.
Ota-onalarning jamoat faoliyati (ularning siyosiy pozitsiyalari,
ishga nisbatan munosabatlari).
2.
Oila davrasidagi munosabatlar (ota-onalarning ukuvchilarga
munosabati, aka-ukalar va opa-singillarning uzaro munosabatlari).
3.
Ota-onalarning
tarbiyaviy
pedagogik
faoliyati
(ularning
pedagogik kizikishlari, maktab Bilan xamkorliklari, ukuvchilarga
dars
tayyorlash
nezida
ota-onalarning
yordami,
ularning
tarbiyaviy metodlari).
4.
Oilada ukuvchining faoliyati (ukuvchining kun-tartibi, xujalik
ishlardagi muayyan majburiyati) va boshkalar.
Tadkikotchi M.Komloshi yikkan materiallarini taxlil kilib oilaviy muxit
(vaziyat,sharoit)ni uch kategoriyaga ajratadi: ijobiy, uzgaruvchan va salbiy.
Psixolog V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini urganib, baxtli
bolalik – bu oiladagi kuvonchli xam jixatlikning xamda ota-onalarning uz
bolalariga gamxurligining spmarasidir degan xulosaga keladi. Agar oilalarning
yunalishiga kara buch toifaga mansub ekanligini kursatib beradi: ijtimoiy
progressiv tarakkiyparvar yulishdagi oila, past darajadagi ijtimoiy yunalishga
mansub oila.
Birinchi toifaga xos bulgan oilalar mamlakatimiz oilalarning kupchilik
kismini tashkil kiladi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar milliy,
umumbashariy, xakchil tamoyillardan kelib chikkan xolda amalga oshiriladi,
shuningdek, xar tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali nazariyada
tutiladi. Ijtimoiy-progressiv yunalishidagi oilalarning voyaga yetgan a‟zolari ishlab
chikarishda, korxonada, jamoat yeshlarida faol ishtirok etadilar, ilgor madaniyatga
nisbatan kizikishlarini namoyish kiladilar, shuning Bilan birga bu narsalarga uz
farzandlarida xam xavas uygotadilar. Oilada goxo namoyon buladigan
ziddiyatlarni juda kiska muddatda osoyishta yusinda xal kiladilar. Ushbu toifaga
mansub oilalrda xujalik ashyolari, asboblari, kimmat baxo materiallar xar xil
extiyojlarni kondirish vositasi sifatida karaladi, bu narsalar shaxsning kelajak
istikbolli bilan mutloko boglanmaydi.
Ikkinchi toifadagi oilada umumbashariy, milliy yunalishi uzil-kesil xal
kilinmagan buladi. Oilaviy turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir
goyaning boshka-boshka bir goya bilan uzaro nikoblangan kurash boskichida
bulib, u yoki bu karashlar, akidalar ustunligi, istikboli xech kanday axamiyat kasb
etmaydi. Bunday xolatning kuzga tashlanishi eskilik Bilan yangilik urtasidagi
kurashni aslo anglatib kelmaydi. Balki er-xotinning yoki boshka voyaga yetgan
oila a‟zolarining murosasiz pozitsiyalari (nuktai nazarlari) kupincha ularning
xarakter xususiyatidagi tafovut negizida boglik bulib, mutlako eskilik sarkiti
moxiyatidan kelib chikmaydi. Oilada suz bilan ish birligi masalasi bkarama-karshi
yunalishli ikki markazga va 2 xil intilishga ega. Fakat burch xissigina, muayyak
majburiyat bajarilishigina oila a‟zolarini uzaro birlashtirib turadi xolos. Mana
bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta‟sir utkazish uchun kurashi, rakobati
yakkol namoyon buladi.
Uchinchi toifaga mansub oilalarda kupincha meshchanlik udumi va ideallari
xokimlik kiladi. Mazkur oilada barcha narsa yagona narsaga buysurilgan, ya‟ni
mol-dunyo tuplashga, moddiy-ma‟ishiy jixatdan ustunlikka erishiga karatilgan.
Voyaga yetgan oila a‟zolarining, ota-onalarning korxonada, muassasada,
tashkilotda mexnat kilishi anna shu kuzlagan maksadga yetish vositasi sifatida, xar
kanday mexnat esa ish xaki mikdori bilan ulchanadi. Ushbu toifa katoriga yana
fanatizm xususiyatli kishilar, ruxoniylar oilalari kiradi. Xox meshchanlikka oggan
oilada bulmasin, xox ruxoniy oilasida bari bir eski akidaparastli munosabatlari
kudratli kuchga ega. Jumladan, oila boshligining zuravonligi, zoshiligi, unga kur-
kurona va suzsiz buysunishlik, sajda kilishlik, zaif va nimjon a‟zolar faolligini
paymol kilishga intilish va xzo meshchanlik ideali va diniy e‟tikod doirasidan
tashkari chikish xollari kamsitilib, bekorga vakt sarflash deb baxolanadi, xudi shu
boisdan bunday ijtimoiy yunalishga mansub oilalardan kup xollarda xkdbin,
kurkok, jamiyat tarakkiyoti uchun kam naf tegadigan ugil-kizlar yetishib
chikadilar, chunki «kush-uyasidan kurganini kiladi».
Tarakkiyparvar
jaxon
psixologiyasi
fanida
oilaviy
turmush
munosabatlarining juda kup kirrali urganilgan.
Oilaviy munosabatlar ta‟sirida ilk bolalikdan tarkib mustakillik, istiklolga
nisbatan sodiklik, vatanparvarlik, sharkona an‟ana shaxsiy kizikishni jamiyat,
mamlakat kizishiga buysundirish xislati, kat‟iylik, kadr-kimmat xissi kabi yuksak
insoniy xislar shakllana boshlaydi. Asta-seking tugishlanganlarga gamxurlik, aka-
ukalik va opa-singillik mexri, ota-onaga muxabbat va shafkat singari teranlik
tuygulari namoyon bulla boradi. Oilaviy turmushdagi samimiy va okilona
munosabatlar, ilik psixologik muxit ta‟siri natijasida oila a‟zolarida kamtarlik,
kungilxanlik,
iltifotlik,
sabrlilik,tugrilik,
yaxshilik,
uyatchanlik,
yumshoklik,dilkashlik,
mexribonlik,
talabchanlik, mexnatsevarlik, vijdonlilik,
mexnatga ma‟suliliyatlilik, ozodalik, izzat-nafslilik, tejab-tergashlik kabi shaxs
xislatlari tarkib topadi. Agarda oilaviy turmush munosabatlari kupollik,
andishashizlik negiziga kurilgan bulsa u xolda oila a‟zolari ruxiy dunyosida
kekkayshilik,
pismiklik, jamoatchilik ma‟kullagan narsalarni va kupchilik
tomonidan
kabul
kilingan
xatti-xarakat
koidalarini
sezmaslik,
yalkovlik,
ma‟suliyatsizlik, ifloslik, almaslik, shuxratparastlik, magrurlik, uzini kata olish,
dimogdorlik singari illatlar yuzaga keladi, shakllanadi.
Shaxslararo munosabatlarning bir necha tiplari mavjud ekanligi pedagogik
psixologiyada kayd kilib utilgan.
Oilaviy munosabatlarning «demokratik» toifasi ugil-kizlarga, u yoki bu
tarzdagi xatti-xarakatni amalga oshirishda, Biron-bir ishni rejalashda kata erk
beradi, shuning Bilan birga mayda-chuyda kursatmalardan, kat‟iy vakt belgilash
xolatidan xorij buladilar. Oila a‟zolarining xar bir shaxsni izzatlash, xurmat kilish
maroii asosiga kurilgan bulib, uzaro okilona talabchanlik, kat‟iyatlik ruxi Bilan
sugorilgandir. Oila boshligi xisoblangan ota-onalarning asosiy dikkat-e‟tibori
milliy va umumsoniy koidalari talabidan kelib chikkan xolda uz farzandlarida
ijobiy xarakter xisda uz farzandlarida ijobiy xarakter xislatlarini, zamon ruxida
mos shaxs fazilatlarini, zamon ruxida mos shaxs fazilatlarini shakillantirishga
karatiladi. Mazkur toifadagi oila-a‟zolari davrasidagi suxbatlar, munozaralar,
mulokazalar uzaro tenglik, uzaro xurmat ruxida buysundiriladi. Xar bir oila
uzining insonga mikrota‟sir utkazishning xususiyati bilan ajralib turadi. Unday
oilada shaxslararo munosabatda ta‟sir utkazish sexri (mexanizm) oshirilgan xolda
buladi. Shu boisdan tasofidan vokea va xodisalarni sodir bulishi turlicha
baxolanadi va ularga bevosita alokador oila-a‟zolari turmush tajribasidan kelib
chikkan xolda yo ragbatlantiriladi yoki jazolanadi. Manna bunday odilona amalga
oshirilgan mulokot ta‟sirida ugil-kmzlarda dustlik, diskashlik, xushlizomalalik,
shaxsiy xatal-xarakatida va muloxaza yuritishida mustakillik, shaxsiy karashlari
saklangan xolda yangi koidalar va talabalarga moslashish, uz-uziga buyruk berish,
uz-uzini boshkarish kabi muxim fazilatlar paydo buladi.
Oilaviy munosabatlarning yana bir turi «avtoritar» deb atalib, bunda ota-
onaning obrusi xal kiluvchi rol uynaydi, shaxslararo teng kukuklilik, erkin xatti-
xarakat kilish, tashabbuskorlik uz axamiyatini yukota boshlaydi. Shaxslararo
munosabatdagi bunday noxushlik ota-ona kuzlagan tarbiyaviy maksadni amalga
oshirmaydi va past samara berishga olib keladi. Okibat natijada oila a‟zolari
urtasida mazkur pedagogik ta‟sirga nisbatan salbiy pozitsiya nomoyon buladi.
Paydo bulgan salbiy nuktai nazar, avval ota-onaga, sungra boshka kata yoshdagi
oila-a‟zolariga nisbatan kullaniladi. Farzandlarda ota-onaga yakinlik, mexr xissa
kamayadi, keyinchalik bu tuygu uzoklashish, «begonalashish» kechinmasiga
aylanadi. Ota-ona Bilan buladigan mulokot esa ugil-kizlar tomonidan juda kuyi
darajada baxolanadi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar ularni kondirmaydi,
natijada odamovi, ichindan top, damduzlik, tashvishlik, xavotirlik sotsial norma va
koidalarga kiyinchilik Bilan moslashish kabi xarakter xislatlari vujudga keladi. Shu
sababdan oila a‟zolari ruxiy dunyosida simpatiya, empatiya, samimiylik,
xayrixoxlik kabi yuksak insoniy xis-tuygular juda yuzaki soxta ifodalanadi. Kur-
kurona va suzsiz buysunishga asoslangan munosabat negizida yetgan tarbiyaviy
ta‟sir kurkok va irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi. Oilaviy turmush
munosabatlarining «diffuz» aralash yoki korishik toifasida bola shaxsini
shakllantirishning muayyan pedagogik sistemasi mavjud emas. Oila a‟zolari
urtasida buladigan munosabatlar aksariyat xollarda ugit-nasigat, axlokiy suxbat,
yul-yurik kursatish Bilan boglanib ketadi. Oilaning kichik a‟zolari katti-xarakati
ma‟lum darajada cheklangan bulib, kuyilgan shartdan bola tashkari chiksa, jazo
chorasi kuriladi. Pand-nasixatga uzviy boglanib ketgan ota-onaning farzandlariga
mulokoti erkdan va botinib fikr yuritishdan uzok bulganligi sababli, yumor xissiga
befarklik, uz-uzini kulga asmaslik, ma‟suliyatsizlik yetarli darajada aloka urnata
olmaslik singari xarakter xislatlarini tarkib toptiradi. Xar kanday ijtimoiy
jamiyatda xam uchrasa-da lekin nenormal, anomal munosabatga ega bulgan oilalar
mavjuddir. Bunday tipga ajralish darajasiga yetib borgan, bola oilaviy manbai deb
tushunuvchi «bola», baxonasi tufayli xil ustida turgan, ichuvchi alkogollar yoki
narkoman oilalar kiradi. Mazkur oila muxitini larzaga keltiradi, yosh buginlar
axlokiga, ongiga, akl-zakovatiga dunyokarashiga, e‟tikodiga salbiy ta‟sir kiladi.
Urinsiz mashmashalar, janjallar, kupol muammomalar xarakatlar oila-a‟zolari
urtasidagi nonormal xolatosoyishta yashash, tinch ijod kilish, muayyan ukish
uchun zarur imkoniyatlar yaratib berishga kadir emas.
Oilaviy turmush munosabati ichida «liberal» toifa xam kup xollarda uchrab
turadi. Oila davrasida murosasiz, kungilchang bulishlik tashki kushnishdan ilik
psixologik muxit kukmdorligi uzini aks ettirgandek bulib tuyuladi. Agarda
murosizlik «murosa-yu, madora» kabilida kechirimlilikni bildirib kelsa, yukoridagi
fikrimizni tasdiklagan buladi. Afsuski, «liberal»lik, munosasozlik oiladagi xar
kanday vaziyatni «umumiy til» topish asosida xal kilishga, prinsipiallikdan
uzoklashishga, subutsizlikka olib keladi. Ota-onalarning farzandlari Bilan bunday
munosabatda bulishlari salbiy okibat sari yetaklaydi, kat‟iylik, mustakillik, dadtllik
singari irodaviy sifatlar ugil-kizlar ruxiy dunyosidan uzoklashadi. Murosasizlik
ta‟sirida yosh avlod xarakterida munofiklik, ikkiyuzmachilik, kelishuvchanlik kabi
illatlar tarkib topishi mumkin.
Ma‟lumki, barcha rivojlangan mamlakatlardagi xalq ta‟limi tizimining
muvafaqiyati ushbu tizimda psixalogik xizmatning har tomonlama to„g„ri va
samarali tarzda tadbiq etilishi bilan bevosita bog„liq ekanligi ko„pgina maorif
xodimlarining diqqat e‟tiborini o„ziga qaratmoqda.
Porloq kelajagimiz poydevorini,albatta yuksak ijtimoiy bilimlar majmuasi
bo„lmish ta‟lim tarbiyasiz va uning ravnaqisiz ko„rib bo„lmaydi.
Boshlang„ich ta‟lim jarayoning psixologik tahlilga bag„ishlangan kuzatishlar
shuni ko„rsatadiki, o„quvchilarning o„quv tarbiyaviy faoliyatlarini tashkil etishda
va boshqarishda bugungi kunda psixologik xizmat tizimi hal qilishi va bartaraf
etishi lozim bo„lgan qator muammolar mavjud:
1.Bolalarni ruhiy va intellektual tayyorgarligi asosida maktabga qabul
Do'stlaringiz bilan baham: |