Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

6.3.  Hissiyot  patologiyasi
Hissiyot  patologiyasi  ruhiyatning  har  xil  buzilishlari  orasida, 
ayniqsa,  muhim   aham iyat  kasb  etadi.  Hozirgi  davrda  psixologlar 
XXI  asrni  depressiya  asri  deb  bong  urishmoqda.  Xo‘sh,  depressiya 
o‘zi  nima?  Depressiya  —  bu  hozirgi  kunga  va  kelajakka  ishonch- 
sizlik  bilan  qarash,  doim o  past  kayfiyatda  b o ‘lish,  horg‘inlik,  biror 
faoliyatga intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir.
Albatta,  fikrlashning  sustlashuvi  og'ir  depressiv  holatlar  uchun 
xosdir.  Ko‘rib  turganingizdek,  depressiya  inson  uchun  xos  bo'lgan 
barcha  ijobiy  faoliyatni  yo'qqa  chiqaradi  yoki  susaytirib  yuboradi. 
Bunda  bem orlar  atrofdagilarga  befarq  b o ‘lib  qoladilar,  kamgap, 
m a’yus,  ko‘pincha ko‘zyoshi qiladilar.  Ularning ongi ma’yus, g‘amgin 
kechinmalarga to ‘lib ketadi.  Hozirgi, o'tgan zam on va kelajak ularga 
qayg‘uli  bo‘lib  tuyuladi.  U lar olamga go‘yo  qora ko‘zoynak taqqan 
holda  qaraydilar.  Depressiya haqida banafsil  m a’lumot X III  bobda 
keltirilgan.
Og‘ir kechuvchi kasalliklarda bemorlar uzoq vaqt davom etadigan 
tushkunlikka  tushib,  ovqat  yeyishdan  bosh  tortishadi,  o ‘z  joniga
www.ziyouz.com kutubxonasi


(ayniqsa,  o ‘smirlar orasida)  suiqasd  qilishga  urinadilar.  Ba’zan  o ‘z 
joniga  qasd  qilish  uchun  arzim agan  sabab  turtki  bo‘ladi.  M asalan, 
ota-onasi  uning  xohlagan  kiyim -kechagini  sotib  olib  berm asa  yoki 
diskotekaga ruxsat bermasa, sevgan kishisi bilan uchrashgani qo‘ymasa 
va hokazo.
U m um an olganda,  o ‘sm irni qattiq  nazoratga olish og'ir oqibat- 
larga  olib  kelishi  m um kin.  O ta -o n a ,  ayniqsa,  14—17yoshdagi 
farzandlari  bilan  ehtiyotkorlik  bilan  m uloqotda  bo‘lishi,  nazoratni 
tergovga aylantirib yubormasliklari kerak.  Rossiyada o'sm irlar orasida 
bo‘lib o ‘tgan bir-ikkita o ‘z joniga qasd qilishlarning sababini keltirib 
o ‘tamiz.  Barcha  yoshlarning  sevimli  estrada  qo‘shiqchilari  Viktor 
Soy,  Igor Sorin hayotdan ko‘z yumganlaridan keyin  Rossiya yoshlari 
orasida  o ‘z joniga  qasd  qilish ju d a  ko‘p  kuzatilgan.  U lar,  ayniqsa, 
15—17  yoshli  o ‘smirlar edi.  Igor  Sorin  o ‘zi  yashaydigan  uyning  6- 
qavatidan sakrab o ‘ladi.  Biroz vaqt o ‘tgach,  15 yoshga hali to ‘lmagan 
qiz  dugonasi  bilan  birga  9-qavatning  tomiga  chiqib,  ikkalasi  ham  
yerga sakrashadi va jon berishadi.  Ularning yon daftarlarida shunday 
misralar  bitilgan  edi.  «Igor!  Bizga  sensiz  hayotning  ne  keragi  bor. 
Biz  ham   sening  ortingdan,  sening  bag'ringga,  yulduzlarga  ravona 
b o ‘lamiz!  Bizni  kechiringlar».
N im a uchun o ‘z joniga qasd qilishadi?  Buning psixologik m exa­
nizmlari nim alardan iborat?  O lz joniga qasd qilishni  3 turga b o ‘lish 
mumkin:  haqiqiy,  yashirin  va  tantanavor.  Haqiqiy  suiqasd  hech 
qachon to ‘satdan bo‘lmaydi.  U nga  doim o  past  kayfiyat,  depressiya 
hamroh bo‘ladi.  Bunday shaxslar tez-tez hayotning mantig‘iga m uro­
jaat qilib turishadi.  O 'sm irlar suiqasdning bu turiga javobsiz sevgidan, 
yorining  bevafoligidan  m urojaat  qilishsa,  qariyalar  farzandlaridan 
keskin xafa bo'lgan paytlarida o ‘limning ushbu turini tanlashadi.  Odam 
o‘zining muammolariga boshqalarning e’tiborini qaratmoqchi bo'lsa, 
o ‘z joniga qasd qilishning yashirin  turini tanlaydi.  Bunday odam lar 
ba’zan  o ‘z joniga  qasd  qilajagini  eng  yaqin  odamlariga  aytib  ham  
yurishadi.  Lekin bunga e ’tibor berilmaydi yoki kulib javob berishadi. 
Suiqasdning bu turi,  ko‘pincha,  iqtisodiy qiynalgan odam lar orasida 
uchraydi.  Tantanavor tarzda  hayotdan  ko‘z  yumuvchilar  o ‘sm irlar 
orasida ko‘p uchraydi. Bunga misol, yuqorida keltirganimizdek, sevimli 
qo‘shiqchisi  o ‘lganidan  keyin  o ‘z  jon ig a  qasd  qilgan  qizlardir. 
Keltirgan  misollarimizning  barchasi,  eng  aw alo ,  hissiy  q o ‘zg‘a- 
luvchanlik darajasiga tegishlidir.  Bu daraja individual ravishda xilma- 
xil  bo‘ladi.  Depressiya,  ko‘pincha,  nevrasteniya  va  psixoasteniya-
www.ziyouz.com kutubxonasi


larga  ham roh  bo'ladi.  Og‘ir  darajada  ifodalangan  depressiyalar 
shizofreniya kasalida uchraydi.
Depressiya  holatlari  bosh  miyaning  qon-tom ir  kasalliklarida, 
toksik ensefalopatiyalarda, uzoq davom etuvchi anemiyada va qiyin 
tuzaluvchi somatik kasalliklarda ham uchraydi.
Kayfiyatning turli xil buzilishlaridan bo'lmish eyforiya va disforiya 
ham   keng  tarqalgan  sim ptom lardir.  Eyforiya  —  bu  ko‘tarinki, 
quvonchli kayfiyat bo‘lib, patologik belgi hisoblanadi. Ularga atrofdagi 
barcha  narsalar  quvonchli,  jozibali  bo‘lib  ko‘rinadi.  U lar  o ‘zlarini 
dunyoda  eng  baxtiyor  kishidek  his  qilishadi  (bunga  hech  qanday 
asos bo‘lmasa-da).  Disforiya esa ortiqcha jizzakilik,  o ‘z-o‘zidan va 
atrofdagilardan  xafa  b o ‘lish,  arzimagan  narsaga  asabiylashaverish 
bilan  ifodalanadi.  Bunga  badqovoqlik,  yoqtirmaslik  va  badjahllik 
qo'shilishi  ham mumkin.  Disforiya epilepsiyada ko‘p uchraydi.
B a’zi  bir  ruhiy  xastaliklarda  hissiy  ambivalentlik  kuzatiladi: 
bem orlarda bir vaqtning  o ‘zida  bir-biriga qaram a-qarshi,  aql  bovar 
qilmaydigan tuyg‘ular paydo bo‘ladi.  Onasini juda ham sevgan o ‘smir 
bola,  unga  ko‘p  m ehribonlik  va  g‘amxo‘rlik  qila  turib,  begonalar 
oldida o ‘z  m ushtiparini  qattiq  haqorat  qilishi  yoki  aybini  aytib, 
ustidan  xaxolab  kulishi  mumkin.  Shuni  e ’tiborga  olish  kerakki, 
ambivalentlikning  ayrim  xususiyatlari  soppa-sog‘  odamlarda  ham 
uchrab  turadi.  C hunonchi,  bem or  durust  kayfiyatda  bo'la  turib, 
arzimagan  narsadan jirkanadi.  Ba’zan  his-tuyg‘ularning  nomunosib 
ko‘rinishlari ham uchrab turadi.  Masalan,  shizofreniyaga chalingan 
bir  bem or  yerda  yotgan  papiros  qoldig‘ini  ko‘rib  qolib,  yig‘lab 
yuborgan  va  shunday  degan:  «Bechoraginam,  yolg‘izginam,  bir 
o ‘zing yotibsan-a,  hech kim senga qaramaydi ham ,  hech kim  senga 
achinmaydi  ham ,  yur  ketdik».

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish