2.2.2. Afaziyalar
Afaziya — nutqning sistem buzilishi bo‘lib, bosh miya p o ‘stlog‘ida
joylashgan nutq markazlarining zararlanishi oqibatida kuzatiladi.
Afaziya bosh miyaning turli sohalari, ya’ni pastki peshona push-
tasi, yuqori chakka pushtasining orqa qismi, pastki pariyetal soha va
chakka-tepa-ensa sohalari tutashgan joylar zararlanganda kuzatiladi
(10-rasm). Demak, nutq markazlari bosh miya katta yarim sharlarining
katta sohasini egallaydi. Kuchli ifodalangan nutq buzilishlari, ayniqsa,
Brok va Vemike sohalari zararlanganda kuzatiladi, bu markazlarga chega-
radosh sohalar zararlanganda, o 'tib ketuvchi afaziyalar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |