Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Travmatik psixozlar. Psixozlar o ‘tkir va surunkali bo‘lishi mumkin. 
0 ‘tkir  psixoz,  odatda,  jarohatning  dastlabki  kunlarida  va  asosan, 
miyaning  lat yeyishida kuzatiladi.  Ayniqsa,  bosh  miyaning peshona 
b o ‘lagi  zararlan sa,  p sixozlar  kuchli  ifodalangan  b o ‘ladi.  Bu 
bemorlarda kompyuter tomografiyada bosh miyaning peshona sohasida 
lat  yeyish  belgilari  yoki  gem atom a  aniqlanadi.  Bunday  bemorlar 
neyroxirurgik  yordam ga  m uhtoj.  Bosh  m iyaning  b iro r  qismi 
zararlanishi  hisobiga  kuzatiladigan  o ‘tkir  psixozlar,  odatda,  nevro- 
logik sim ptom lar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi,  ya’ni falajliklar, 
koordinator buzilishlar,  bosh  miya  nervlari zararlanish simptomlari 
va  h.k.  Shuningdek,  oliy  ruhiy  funksiyalar  buzilishlari,  y a ’ni  nutq 
buzilishlari,  apraksiyalar,  agnoziyalar ham kuzatilishi mumkin.  Bun­
day  bem orlar  ahvoli  og‘ir  b o ‘lib,  ular  neyroxirurg,  nevropato- 
log yoki  neyropsixolog nazoratida bo‘lishi kerak.
0 ‘tkir psixozlarda turli darajada ifodalangan hushning buzilishlari 
kuzatiladi,  ya’ni hushning xiralashishidan  tortib,  sopor holatlariga- 
cha.  H ushning  xiralashishlarida  bem or  bilan  muloqot  buziladi,  u 
savollarga  aniq javob  bera  olmaydi,  nutqi  uzuq-yuluq  va  tartibsiz 
bo'ladi, b a’zan esa tinmay gapiraveradi  (logorreya).  Logorreya, aso­
san,  bosh  miyaning  chakka  sohasi  zararlanganda  kuzatiladi.  Biz- 
ning kuzatuvda, bosh  miya jarohatining o ‘tkir davrida 24 soat tinmay 
gapirgan  bem or  bo‘lgan  va  davolangan.  Unga  kuchli  uxlatuvchi 
dorilar  yuborilgandan  keyin  uxlab,  uyqudan  uyg‘ongandan  keyin 
yana bir necha soat tinmay gapirgan.  Ushbu bemorda logorreya kasal- 
likning 5-6-kunlari kamaya boshlagan,  chunki  miyaning zararlanish 
belgilari kamaygan sayin,  logorreya kamayib boradi.  Shuning uchun 
ham  bunday  paytlarda  tinchlantiruvchi  dorilar  bilan  chegaralanib
www.ziyouz.com kutubxonasi


qolm asdan,  kasallikning  o ‘tkir  davrida  qilinadigan  barcha  dori- 
d arm onlar buyurilishi kerak,  chunki aytib o'tganim izdek,  logorreya 
bosh  miyaning lokal zararlanishi belgisidir.
B a’zan  bosh  miya  jarohatlaridan  keyin  b em o rlar  uzoq  vaqt 
uyquga  ketadi,  bu  albatta  kom a  emas.  U zoq  vaqtga  uyquga  ketish 
miyaning himoya funksiyasining bir ko'rinishidir.  Bu fenom en to ‘la 
o'rganilmagan.  Ba’zi  mutaxassislar bosh  miyaning og‘ir jarohatlarini 
o 'tk azg an   bem orlarni  uzoq  vaqtgacha  uxlatib  (30-40  kunlab) 
davolashni tavsiya qilishadi.  Ularning fikricha, bunday usul jarohatdan 
keyin  kuzatiladigan  og‘ir  aih iy   buzilishlarning,  ayniqsa,  xotira 
buzilishlarining oldini oladi.  Fikrimizcha, oilaviy bo‘lib avtohalokatga 
uchragan va oila a ’zolari halok bo‘lgan bemorlarga bu usulni qo‘llash 
mum kin.  Buning  uchun  shifoxonada  barcha  sharoitlar  yaratilgan 
bo'lishi,  organizmning hayotiy muhim funksiyalari faoliyati va yaxshi 
parvarish  ta ’minlangan  boMishi  ham da  etika  prinsiplariga  to ‘Ia 
rioya qilinishi kerak.
Travm atik  psixozlarda  gallutsinatsiyalar,  illuzor  va  delirioz 
buzilishlar,  agressiv  holatlar ham  kuzatilishi  m um kin.  U lar odatda, 
qattiq jahl  ustida  o ‘ziga va  atrofdagilarga  qattiq  tan jarohati  yetka- 
zib  qo‘yishadi.  Psixozning bunday klinik ko‘rinishlarini biror m arta 
bo‘lsa-da,  kuzatgan shifokor bem orni, albatta,  psixiatrga yoki psixo- 
nevrologga  ko'rsatishi  zarur.  Agar  vrach  bem orni  mutaxassisga 
ko‘rsatm ay  davolab  yursa  va  bem or  birovning joniga  yoki  o'zining 
joniga  qasd  qilgudek  bo‘lsa,  bem or emas,  balki  uni  kuzatib  yurgan 
vrach yuridik javobgarlikka tortiladi.
B a’zan travmatik psixozlarda puerilizm  kuzatiladi, ya’ni kattalar 
o ‘z  yoshiga  mos  kelmaydigan  va  bolalik  davri  uch u n   xos  bo'lgan 
qiliqlar qiladi.  Puerilizm,  ayniqsa,  o ‘smirlik yoshida bosh  miyaning 
og‘ir  jaroh atlarini  o'tkazgan  odam larda  kuzatiladi.  Bosh  miya 
jaro h a tlarid an   keyin  xulq-atvom ing  isterik  ta rz d a  shakllanishi, 
depressiyalar,  seksual  buzilishlar  ham   kuzatiladi.  M asalan,  bosh 
miyaning peshonasohasi zararlanganda,  giperseksualizm rivojlanishi 
mum kin.  Isteriya,  depressiya  va  seksual  buzilishlar  haqida  aw algi 
boblarda batafsil m a’lumotlar keltirilgan.  Ularning etiologiyasida bosh 
miya jarohatlari ham muhim aham iyat kasb etadi.
M ast  odam larda  rivojlangan  bosh  miya jarohatlarida  psixozlar 
darajasi  va  sababini  aniqlashda  biroz  qiyinchiliklar  yuzaga  keladi. 
P sixozlarni  bosh  miya  ja ro h a ti  yoki  alkogoldan  o g ‘ir  m astlik 
hisobigami,  aniqlash  qiyin  bo ‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Korsakov  sindromi  bosh  miyaning  og‘ir  jarohatlaridan  keyin 
rivojlanadigan  o'tkir  psixoz  bo‘lib,  uning  klinik  belgilari,  odatda, 
bem or  hushiga  kelgandan  keyin  nam oyon  bo‘la  boshlaydi.  Bu 
sindromning asosiy belgisi eslab qolishning buzilishidir.  Bem or bo‘lib 
o ‘tayotgan  voqealarni  eslab  qola  olmaydi.  Bemor  kun,  hafta,  oy 
kunlarini  eslab  qola  olmaydi,  uni  davolayotgan  shifokorlarning 
(tibbiyot  xodimlarining)  ismini va o'zining yotgan joyini eslab  qola 
olmaydi.  Bemorning  hushi joyida  b o ‘ladi,  uning  atrofdagilar bilan 
muloqoti  saqlangan  boMadi,  biroq  o ‘z  ahvoliga  nisbatan  tanqidiy 
qarashi  keskin  pasayadi.  Korsakov  sindromi  bir  necha  kundan  bir 
necha oygacha davom etadi.  Bu sindrom, ayniqsa, spirtli ichimliklarni 
suistyem ol  qiluvchilarda  og‘ir  kechadi.  K orsakov  sindrom ida 
xotiraning barcha turlari,  ayniqsa,  eslab qolish bosqichi buzilganligi 
uchun  ham   uni  xotiraning birlam chi  buzilishi  deb  atashadi.
Bosh  miya jarohatlaridan keyin  xotira yo‘qolishining davomiyligi 
turlicha b o ‘lishi  mumkin va bu  davr ba’zi hollarda bem or umrining 
oxirigacha  davom  etadi.  H attoki,  xotira  tiklanishi  kuzatilsa-da,  u 
to‘la bo‘lmasligi mumkin.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish