Idiotiya (tug‘ma telbalik) — tafakkurning o ‘ta og‘ir darajada
buzilishi b o ‘lib, chuqur ruhiy o ‘zgarishlardan tashqari, jismoniy
nuqsonlar ham kuzatiladi. N utq ham buzilgan bo‘ladi. Bem or o ‘zini
idora qila olmaydi va doimo birovning yordamiga muhtoj b o ‘ladi.
Demensiya — fikrlash buzilishining orttirilgan turi. U ning asosiy
sabablari ateroskleroz, Alsgeymer kasalligi, og‘ir ensefalopatiyalar,
xuruj bilan kechuvchi xafaqon kasalligi, lakunar insultlar. Bu
bem oriarning fikrlash doirasi o ‘ta to r bo‘ladi, axloqi, xotirasi, o‘z
holatiga tanqidiy qarashi keskin buziladi. Yaqinlari bilan ham qiziqmay
qo‘yishadi. Demensiyaning yengilroq turida xotira qisman b o ‘lsa-da
saqlanib qoladi, axloq doirasi, hissiy kechinm alari va tafakkur
operatsiyalari o ‘zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |