Sensor afaziya. Sensor afaziyaning asosida fonematik eshituvning
buzilishi, ya’ni so'zlarning tovush tarkibini farqlash qobiliyatining
buzilishi yotadi. Boshqacha qilib aytganda, tovushlarning akustik
analizi va sintezi buziladi. Sensor afaziyaning asosiy nuqsoni —
nutqni tushunm aslikdir. So‘zlarning m a’nosiga, ko‘rsatmalarga,
birovning nutqiga bem or tushunmaydi.
Og‘zaki nutqda literal parafaziyalar ko‘payib ketadi, ya’ni bemor
so‘zlayotganda, bitta tovush o ‘rniga boshqasini aytib yuboradi.
Masalan, «saiom» o ‘miga «salon» yoki «dori» o ‘miga «tori» va hokazo.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sensor afaziyada bem or o ‘z fikrini turli mimik h arakatlar bilan
ifodalashga intiladi.
Grammatik tarafdan buzilgan nutq bir-biriga bog'lanm agan literal
va verbal parafaziyalardan iborat b o ‘ladi. Takroriy nu tq ham o ‘ta
buzilgan b o ‘ladi. Kuchli rivojlangan sensor afaziyada bem o r hatto
bitta harfni ham , so‘zni ham takror ayta olmaydi. F onem atik tahlil
buzilishi oqibatida, so'zlarning sifati ham buziladi, m uxolif tovush-
lar o ‘rni almashib ketadi. Buning oqibatida narsalarning nom i va
ismi shariflar buzib aytiladi. Bem orlar narsalarning nom ini bilsa-
da, so‘zning kerakli fonetik tuzilishini to p a olm aydi, y a’ni so‘zning
tovush tarkibi parchalanadi. Bunday bem orlar so‘zlarni takrorlash
uchun, narsalarning nomini aytish uch u n ko‘p urinishadi. Bemor
«gapdonligi» (logorreya) bilan ajralib turadi, uning gapiga tushunib
b o ‘lm asa-d a, k o ‘p gapiraveradi. U la rn in g n u tq i hissiy tusga,
intonatsiyaga boy bo‘ladi. Sensor afaziyada o'qish va yozish buziladi,
lekin praksis va optik gnozis saqlanib qoladi.
Akustik-mnestik afaziya. Afaziyaning bu turi birinchi b o r A.R.
Luriya tom onidan tadqiq etilgan. Ba’zi mualliflar bu afaziyani «o‘tka-
zuvchi afaziya», «transportikal m otor afaziya» deb ham atashadi.
Akustik-mnestik afaziya uchun quyidagi simptomlar xos: 1) nutq-
ni tushunishning buzilishi, bunda bem or og‘zaki nutqni ham , m atn-
lam i ham tushunmaydi; 2) og'zaki ekspressiv nutqning buzilishi;
3) nutq nominativ funksiyasining buzilishi; 4) so‘zlar m a’nosini
buzib aytish; 5) verbal parafaziyalar, so‘zlayotganda so‘zlam i tu-
shirib qoldirish.
Bemorlarda og‘zaki nutq va impressiv nutq buzilsa-da, yozish
va o ‘qish saqlanib qoladi. Bu afaziyaning sensor afaziyadan farqi
shundaki, ularning nutqi suhbatdoshiga tushunarli bo'lishi m um kin,
bem or so‘zlayotganda, o ‘z xatosini anglaydi, gapdonlik va eyforiya
kuzatilmaydi.
Akustik-mnestik afaziyada bem or narsaning qanday nomlanishini
unutib qo'yadi. Buning uchun bem or o ‘sha narsaga ta ’rif berib
tashlaydi. M asalan, «pomidor» deb aytish uchun u «haligi qizil,
yumaloq bor-u, nimaydi?» va hokazo. Shuning uchu n ham afa
ziyaning bu turini optik agnoziya bilan farqlash ancha mushkuldir.
D em ak, akustik-mnestik afaziyada fonem atik eshituv va tovushlam i
farqlash saqlangan bo'ladi.
A.R. Luriyaning fikricha, bu afaziyada operativ xotira buziladi.
So'zlarning m a’nosi «begonalashadi», narsalar tasvirini yaratish
www.ziyouz.com kutubxonasi
buziladi. Bu bem orlar narsalar tasvirini va hatto so‘zning grafik
tasvirini yaratib bera olmaydi. Bu esa ko‘ruv va eshituv anali-
zatorlarining o ‘zaro m unosabati buzilganligidan dalolat beradi.
Sensor va akustik-mnestik afaziyaning o'xshash tomonlari: 1)
ikkala afaziyada ham so'zlar m a’nosi begonalashuvi kuzatiladi; 2)
so'zlarn i izlayotganda, aytib yuborish yordam bermaydi. Agar
so‘zlar m a’nosining begonalashuviga sabab sensor afaziyada fone-
m atik eshituvning buzilishi bo‘lsa, akustik-mnestik afaziyada so‘z
bilan narsalar bog‘liqligi buziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |