11-rasm. Sitoarxitektonik maydonlar ( Brodman maydonlari).
57
www.ziyouz.com kutubxonasi
N utq faoliyati va uning buzilishlari faqat lokal prinsiplarga
asoslanib o ‘rganilmaydi. Chunki n u tq funksional sistemasining
shakllanishida juda ko‘p analizatorlar: harakat, proprioretseptiv,
taktil, eshituv, ko‘ruv analizatorlari ishtirok etadi. Agar m ana shu
analizatorlaming o ‘zaro muvofiqlashib ishlashi buzilsa, nutq buziladi.
Analizatorlaming qaysi sohasi ko‘proq zararlanganligiga qarab, turli
darajadagi va ko‘rinishdagi afaziyalar rivojlanadi.
Afaziyalarni aniqlashda juda ko‘p omillarga e’tibor beriladi. Be
m or bolalik davrida normal nutqqa ega bo'lganmi, ushbu nutq buzili
shi qachon paydo boMgan, m aktabda o ‘qiganmi, oliy m a’lumotga
egami, rus yoki o ‘zbek tilini yaxshi biladimi va hokazo. Q o‘shimcha
tekshiruvlar, ya’ni elektroensefalografiya, dopplerografiya, kompyu-
ter tomografiya usullari ham afaziya sababini aniqlashga yordam
beradi. Afaziyaning turini aniqlash topografik tashxis uchun juda m u
himdir.
N utq buzilishlari klinikasini o'rganishda quyidagi shartlarga amal
qilinadi: 1). N utqning qanday turi, shakli va funksiyasi buzilgan,
qaysilari saqlanib qolgan? 2). N utqning buzilishi oliy nerv faoliyati
ning yana qaysi funksiyalariga ta ’sir ko'rsatgan? 3). Nutq buzilishining
fiziologik mexanizmlari nim alardan iborat?
Nutq buzilishining sindromologik tahlili afaziyaga olib kelgan omil-
ni va uning asosida yotgan mexanizmlarni, nuqsonlarni ochib bera
di. Aniq topografik tashxis qo'yish «asosiy» va «chegaradosh» nutq
markazlari funksiyasini va patologiyasini batafsil bilishni talab qiladi.
Endi afaziyaning barcha turlari bilan tanishib chiqamiz.
Afferent m otor afaziya. H ar qanday so‘z talaffuz qilinayotganda,
h ar xil kuchga, yo‘nalishga va qamrovga ega bo ‘lgan artikulyator
harakatlar qilinadi. H ar qanday nutq tovushini chiqarish uchun
ham aniq bir artikulyator harakatlar yigMndisi ishtiroki zarur. Ushbu
harakatlarni boshqarib turish uchun gapirish a ’zolaridan (lab, til,
tanglay va h.k.) miyaga doim o to ‘xtovsiz impulslar kelib turishi
kerak. Bu jarayonni signallar afferentatsiyasi deb ham atashadi. Bu
signallar og‘iz m uskullarining holati, tilning harakati, boringki,
nutqni tashkillashtiruvchi og‘iz bo‘shlig‘idagi barcha tuzilmalardan
kelib turadi.
Organizmning ontogenetik rivojlanishi davrida artikulyator hara
katlar m a’lum bir stereotipga ega boMgan harakatlarga aylanadi.
Bu harakatlarning dastlabki elem entlari «ishga tushib» ketsa, odam
bem alol gapirib ketadi. U shbu harakatlarni boshqarib turishda bosh
www.ziyouz.com kutubxonasi
miya katta yarim sharlarining orqa gnostik markazlari faol ishtirok
etadi. Pastki pariyetal sohaning (40-maydon) zararlanishi artikulyator
harakatlarning buzilishiga va o ‘z navbatida butun nutq funksional
sistemasi faoliyatining keskin o ‘zgarishiga sababchi bo‘ladi.
Orqa gnostik sohalarning zararlanishi kinestetik sezgining, ya’ni
afferent m otor afaziyada nutq buzilishining markaziy m exanizm -
laridan biri boMgan omil — kinestetik om ilning buzilishiga sababchi
bo‘ladi. Bu markaziy nuqsonning klinik ko'rinishi nimalardan iborat?
Tovushlarni va so‘zlarni talaffuz qilishda til va lablarga maxsus holatni
bera olmaslik, ya’ni nozik artikulyator harakatlarni tashkillashtira
olmaslik, afferent m otor afaziya uchun o ‘ta xos patalogiyadir.
Odatda artikulyator apparatlardan miyaga tushib turuvchi signal-
lar idrok qilinmaydi, ya’ni odam bu impulslarni anglam aydi, sez-
maydi. Ammo nutqning kinestetik afferentatsiyasi bolada nutqning
rivojlanishida juda muhim aham iyat kasb etadi. Artikulatsiya bilan
tovushlarni eshitish orasida uzviy bog‘liqlik borligi bolalar diktanti
tahlil qilinganda m a’lum bo‘lgan. M abodo, diktant yozayotgan
bolalarga og‘zini ochib o'tirish yoki tilni tishlar orasida bosib turish
so‘ralsa, bu artikulatsiyani qiyinlashtiradi va diktantda xatolar ko ‘pa-
yib ketadi. Demak, artikulatsiya so‘zning tovush tarkibini tahlil qilish
uchun o ‘ta zarurdir. N utq shakllanishining dastlabki bosqichlarida
tovushlar va artikulatsiyalar bir m arom da rivojlanishni talab qiladi.
Demak, kinestetik nuqsonning paydo bo‘lishi bolaning ravon, qiynal-
masdan, so‘zlarni va tovushlarni buzm asdan gapirishini im konsiz
qilib qo‘yadi.
Afferent m otor afaziyada literal parafaziyalar ko‘p kuzatiladi,
bem or mustaqil ravishda tovushlar va so‘zlarni talaffuz qila olm aydi,
bir tovushni boshqa tovush bilan alm ashtirib yuboradi (literal
parafaziyalar). Masalan, «sanam» o ‘miga «salam» yoki «kelin» o ‘rniga
«kenil» va hokazo. 0 ‘zbek va rus tillaridagi «d», «1», «п» harflari,
«g», «h», «к» harflari artikulem alari bir-biriga o ‘xshashdir. U shbu
harflar bitta so‘z tarkibida kelsa, bem orlar bu so‘zni talaffuz qilishda
qiynaladi. Shuning uchun ham so'zlarni talaffuz qilishning buzilishi
asosiy sim ptom hisoblangan afaziyaning bu turiga m otor afaziya
deb aytiladi.
Efferent m otor afaziyadan farqli oMaroq, afferent m o tor afa
ziyada so‘zlarni beixtiyor talaffuz qilish (sanash, oylarni aytib chi-
qish) odatda saqlangan bo'ladi. Agar ongli ravishda bem or biror
so‘zni yoki jum lani takrorlamoqchi bo‘isa, qiyinchiliklarga uchraydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Gapirayotgan paytda bem or beixtiyor «e,jin ursin», «to‘g‘ri-to‘g‘ri»,
«ha-ha» kabi jumlalarni aytib yuboradi.
Bemorlar nafaqat bir-biriga o'xshash artikulemalarni noto‘g‘ri
talaffuz qilishadi, balki ularda o ‘xshash artikulemalarni qabul qilish
jarayoni ham buzilgan bo‘ladi. Bu holatni quyidagicha tushuntirish
mumkin. Miya po‘stlog‘ining artikulatsiyaga javob beruvchi pariyetal
sohalari artikulatsiyalarni qabul qiluvchi chakka sohalari bilan
cham barchas bog'liq. Shuning uchun ham pastki pariyetal soha
zararlanganda, eshitish sistemasi funksiyasining ikkilamchi buzilishi
ro ‘y beradi.
Dastlab m otor afaziyaning faqat bitta turi ajratilgan. Afferent
(kinestetik) m otor afaziya birinchi bo'lib, A.R. Luriya tom onidan
m otor afaziyaning alohida bir turi sifatida ajratilgan. Afferent motor
afaziyani nutq artikulyator apparatining apraksiyasi bilan taqqoslash
mumkin. Afferent m otor afaziyada, ko‘pincha, oral praksis ham
buzilgan bo‘ladi. U lar ixtiyoriy ravishda yoki ko'rsatma bo'yicha turli
og‘iz harakatlarini bajara olmaydilar. M asalan, bem or tilini chiqara
olmaydi, tilini ustki yoki pastki labiga qo‘ya olmaydi, lunjini havoga
to ‘ldira olmaydi va hokazo. Bu og‘iz harakatlari nutq jarayoniga
kirmaydi, lekin shunga qaramasdan, og‘iz apparatining ixtiyoriy
boshqarilishi murakkabligi nutqni qiyinlashtiradi.
Ba’zi mualliflar m otor afaziyada nutqni tushunish saqlanib
qoladi deyishsa, boshqalari buziladi, degan fikrda. M otor afaziyada
faqat ekspressiv nutq buziladi, impressiv nutq esa saqlanib qoladi,
degan fikrlar haqiqatga ziddir (A.R. Luriya, 1973). M a’lumki, nutqni
tushunishning asosiy mezonlaridan biri — bu tovushlarni ajrata olishdir.
Nutqning motor komponenti so'zlarni, gaplami idrok qilishda muhim
ahamiyatga ega.
Shuning uchun afferent m otor afaziyada nutq tovushlarini qabul
qilayotganda, nutq jarayonining kinestetik tahlili yetishmovchiligi
sababli tovushlarni ajratish, idrok qilish va tushunish buziladi.
Afferent m otor afaziyani aniqlash uchun aw aliga turli unli tovush
larni takrorlash iltimos qilinadi. Unli tovushlarni tez-tez takrorlash
talab qilinsa, bem or chalkashib ketadi.
Ayniqsa, talaffuz qilinishi qiyin bo‘lgan, undosh tovushlardan
iborat so‘zlarni takrorlash («trotuar», «traktor», «perron» va b.)
bem orlar uchun o ‘ta qiyindir. Bemorlar so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz
qilishayotganligini o ‘zlari tushunishadi, lekin og‘zi va tili go'yoki
ularga bo‘ysunmayotgandek tuyuladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Afferent m otor afaziyada kinestetik nuqson sababli nutqning
boshqa elementlari ham ikkilamchi tarzda buziladi. U larda mustaqil
yozish, diktant yozish buzilgan boMadi. Ayniqsa, bem orlar yozayot-
gan paytlarida «og‘zingizni ochib yozing» yoki «tilingizni tishlaringiz
bilan bosib yozing» degan ko‘rsatm alar berilsa, ular katta xatolarga
yo‘l qo‘yishadi. Bemorlar miyaga singib ketgan va doimo ishlatiladigan
so'zlarni bemalol takrorlashlari m um kin, am m o murakkab so‘zlarni
faol nutqda n o to ‘g‘ri talaffuz qilishadi.
Efferent motor afaziya. Efferent m otor afaziyada nutqning kinetik
tarkibi (ya’ni harakat qismi) buziladi. B em or bir so‘zdan ikkinchi
so‘zga o ‘ta olmay, chaynalib gapiradi. SogMom odam gapirayotganda,
dastlabki so‘zlar nutq uchun javob beruvchi miya strukturalari
tom onidan torm ozlanib, keyingi so‘zlarga yo‘l ochib beriladi va
ravon gapirishga imkon yaratiladi. D em ak, efferent m otor afaziyada
birinchi artikulyator harakatdan ikkinchisiga o ‘tish buziladi va bu
bem or nutqida perseveratsiyalar paydo boMadi.
Efferent afaziyada ekspressiv nutqning barcha turi va shakli
buziladi: monolog, dialog, avtomatlashgan va hokazo. K o‘proq ongli
ravishda gapirish, ya’ni boshqa birovning ko‘rsatmasi bo‘yicha gapirish
o ‘zgarsa, beixtiyoriy so'zlash esa kam buziladi. Bem or 1 dan 10
gacha bemalol sanashi mumkin, lekin 10 dan 1 gacha sanay olmaydi.
Faol nutqda ham , takroriy nutqda ham bir bo'gMndan ikkinchi
bo'gMnga yoki so‘zdan so‘zga bem alol o ‘tishning qiyinligi, ya’ni
nutq perseveratsiyalari efferent m otor afaziyaning asosiy klinik belgi-
laridandir.
Afaziyaning bu turida bem or b a ’zi tovushlarni va b o ‘g ‘inli
so'zlarni to ‘g‘ri talaffuz qilishi m um kin, lekin ularni qo'shib so‘z
yasay olmaydi. Yengil holatlarda esa bir nechta so‘zlardan jum lalar
tuzish qiyin boMadi. H attoki, o ‘ta yengil kechuvchi efferent m otor
afaziyalarda ham bem or qiyin artikulator tuzilishga ega boMgan
so‘zlami, jum lalam i ayta olmaydi (masalan, tez aytishlami). Shuning
uchun ham agrammatizm ko‘p kuzatiladi.
M a’lumki, Brok markazi miyaning chakka sohasi tuzilmalari bilan
assotsiativ yoMlar orqali bogMangandir. Shuning uchun, efferent
m otor afaziyada nutq jarayonining inertligi sababli nutq faoliyati
ning boshqa turlari ya’ni, yozish va o ‘qish ham buziladi.
Shunday qilib, efferent m otor afaziya, xuddi boshqa afaziyalar
singari, nutq faoliyatining sistem buzilishi bilan kechadi va bunda
kuzatiladigan asosiy kamchilik nutq kinetikasining yetishmovchiligidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |