VI. Sezgi va idrokni tekshirish xulosalari Sezgi buzilishlarini tekshirayotganda, uning organik (nevrologik)
va isterik tusda ekanligi aniqlanadi. Ikkala holda ham sezgining quyidagi
buzilishlari farq qilinadi: monoanesteziya, gemianesteziya, giperes-
teziya, dizesteziya, senestopatiyalar, kauzalgiya, og‘riqlar (boshda,
tanada va ichki a ’zolar sohasida).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Idrok tekshirilganda, quyidagi patologik holatlarga e ’tibor qara-
tiladi: illuziyalar (xom xayollar), gallutsinatsiyalar, anozognoziya,
derealizatsiya, depersonalizatsiya.