V. Hissiyotni tekshirish xulosalari
Suhbat chog‘ida bemorning mimikasiga, o ‘zini tutishiga, psixo-
logga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatiga e’tibor qaratiladi. Keyin
bem orning his-tuyg‘ulariga va kayfiyatiga quyidagicha ta ’rif beriladi:
hayajonlangan, g‘azablangan, xavotirda, kayfi chog‘, tushkunlikka
tushgan, vahima bosgan. Shu holatlar aniqlangandan keyin bemorning
hissiyoti to ‘g ‘risida (eyforiya, disforiya, depressiya, affekt va em ot-
sional ambivalent) xulosalar beriladi. Xulosani yanada oydinlashtirish
uchun psixologik testlardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |