Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Xalq  maqoli
XXI  BOB.  BEMORLAR PSIXOLOGIYASINI 
TEKSHIRISHNING UM UM IY QONUN-QOIDALARI
Bugungi  kunda  tibbiyotda  ham ,  umumiy  psixologiyada  ham  
bem orlarni  (mijozlarni)  tekshirish  sxemalari  mavjud,  biroq  bizning 
m am lakatim izda bem orlar psixologiyasini tekshirish  uchun  alohida 
kasallik  tarixnomasi  ishlab  chiqilmagan.  Bu  maqsadda,  ko‘pincha, 
ruhiy bem orlarni tekshirish uchun ishlab chiqilgan tarixnom alardan 
yoki umumiy psixologik tekshiruvlardan foydalaniladi.  U lar esa klinik 
psixologiya talablariga to ‘la javob beravermaydi. Shuning uchun ham 
barcha tarixnomalami o'rgangan holda va o ‘zimizning bir necha yillik 
tajribam izdan  foydalanib  tibbiy-psixologik  tekshiruvlar  uchun 
tarixnom a  ishlab  chiqdik  va  u  ushbu  darslikda  birinchi  bo r  e ’lon 
qilinayapti.  Bugungi  kunda  tibbiyot  institutini  tugatayotgan  talaba 
tibbiy-psixologik tekshiruvlar o ‘tkazishga tayyormi? Um um an olganda 
tibbiy (klinik)  psixolog tibbiy va psixologik  ilmga ega boMishi zarur, 
chunki  u  bem orlar  bilan  ishlaydi.  Buning  uchun  barcha  tibbiyot 
institutlarida «pedagogika va psixologiya», «klinik psixologiya» kurslari 
(k afed ralari)  m avjud  b o ‘lib,  u lard a  psixologiya  fan i  c h u q u r 
o ‘rgatiladi.  Bu  kafedralarda  psixologiya  fanining  tibbiy  fanlarga 
asoslangan holda o ‘rgatilishi bo‘lajak shifokorlaming psixologiya fanini 
ham  m ukammal  egallashiga  katta  imkon  beradi  va  ularning  tibbiy 
psixolog sifatida ishlashiga sharoit yaratadi. Shuningdek, tibbiy psixolog 
boshqa psixologlardan farqli o ‘laroq,  farmakologik dorilarni ishlatish 
huquqiga ham ega. Tibbiyotga aloqasi bo‘lmagan institutlarni tugatgan 
psixologlar  bem orlar bilan  ishlashi  uchun  tibbiy  ilmga  ega  bo'lishi 
zarur  yoki  bem orlar  bilan  o ‘tkaziladigan  m uolajalarni  vrachlar 
bilan  hamkorlikda amalga oshirishlari kerak.
Tibbiy  psixologning bem orlar bilan  ishlashi  tibbiy va psixologik 
etikani  saqlagan  holda olib  boriladi.  Dastlab bem orning  psixologga 
tashrifi  sabablari  aniqlanadi.  Buning  uchun  unga  quyidagi  savollar 
bilan  murojaat  qilish  mumkin:  «Sizni  psixologga  m urojaat  qilishga 
nima  undadi?»,  «Sizni  nima  bezovta  qilayapti?»,  «Sizga  qanday 
yordam  kerak?».  Agar  bem or  yaqinlari  bilan  kelgan  b o ‘lsa,  aw al 
ular  bilan  suhbatni  boshlab,  keyin  bem or  bilan  davom   ettirish 
mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bemorning  tashqi  k o ‘rinishiga  katta  e ’tibor  qaratish  lozim:  u 
o ‘zini  qanday tutayapti,  es-hushi joyidam i, jism oniy  kamchiliklari 
yoki  lat  yegan joylari  yo‘qm i,  qanday  kiyingan,  kim  bilan  kelgan?
Harakati koordinatsiyasi,  yurishi,  gavdatuzilishi qanday,  giper- 
kinezlar yoki  falajliklar yo‘qmi?  Bem orning  his-tuyg‘ulari  va xulq- 
atvori  qanday?  Bu  yerda  bem orni  savolga  ko‘mib  tashlamaslik  va 
unga shikoyatini to ‘la aytishga  imkon berish zarur.  Qisqa suhbatdan 
so‘ng  bem or  gapirishni  istamasa,  aw al  psixologik  testlar  o'tkazib, 
keyin  uning  testda  belgilagan  javoblariga  qarab  suhbatni  davom 
ettirish lozim.  Bunday paytlarda qisqa testlardan foydalangan m a’qul, 
masalan, Sung,  Spilberger-Xanin va temperam entni aniqlovchi testlar. 
Psixologik testlar orqali bem orlardan juda ko‘p m a’lumotlarni yig‘ib 
olish mumkin.  Ba’zan bemor juda so'zamol bo‘ladi.  Bunday paytlarda 
uning  nim ani xohlayotganini  bilib  olib,  suhbat  yo'nalishini  o'zgar- 
tirish  zarur.
Suhbat psixologik tashxis uchun juda m uhimdir.  Shuning uchun 
bemorni zimdan kuzatib borish lozim.  Bemorning nutqiga ham katta 
e ’tibor  qaratish  kerak,  chunki  nutqning  buzilishi  ham   juda  k o ‘p 
(ayniqsa  neyropsixologik)  m a ’lum otlar  beradi.  Zaruratga  qarab 
bem orni logopedga yuborish  mumkin.
Ba’zi bemorlar (ayniqsa,  ruhiy kasallikka chalinganlar) eshikdagi 
«psixolog»  yozuviga  ko'zi  tushib,  huzuringizga  tashrif  buyurishni 
xush  k o ‘rishadi.  U larni  ko‘p roq  psixolog  yordam i  em as,  balki 
psixologning  unga  nim a  deyishi  qiziqtiradi.  Bunday  bem orlar  iloji 
boricha psixiatrning maxsus y o ‘llanmasi bilan yoki bo'lm asa yonida 
yaqinlari  bilan  kelgan  taqdirda  qabul  qilinishi  kerak.  Chunki  ular 
psixologni soatlab eshitib o ‘tirishlari  m um kin,  biroq qabul tugagan- 
dan  keyin  berilgan  m aslahatlarga  amal  qilishlari  nogumon.  Ba’zan 
bemorlaming ruhiy kasalga chalinganligini aniqlash juda qiyin bo'ladi 
yoki  psixologik  suhbat  chog'ida  sezilib  qoladi.  Bunday  paytlarda 
bem orga  zarur  m aslahatlar berib  psixiatrga  yuboriladi.
Agar  psixiatrda  davolanib  chiq q an  b em o r  y o 'llan m a  bilan 
psixolog  qabuliga  tashrif buyursa  (bunday  bem orlar,  asosan,  yaqin 
qarindoshlari bilan kelishadi),  ularning tarixnom asi bilan  yaxshilab 
tanishib chiqish,  zaruriyatga qarab bem orni davolagan psixiatr bilan 
bog‘lanish  kerak.  H aqiqatan  ham   ko‘pchilik  ruhiy  kasalliklarga 
chalingan bem orlar psixiatrlar tavsiyasi bilan  kasallikning remissiya 
davrida psixologga yuboriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bem orning  dunyoqarashini  o ‘rganish,  qarindosh-urug‘lariga, 
um r yo'ldoshiga,  ishiga munosabatini ham bemordan so'rash va bu 
m a’lumotning haqiqatga to ‘g‘ri  kelishini uning oila azolaridan bilib 
olish  kerak.
K o‘p hollarda bemordagi psixologik buzilishlar ulardagi nevrologik 
yoki  som atik  kasalligi  sababli  emas,  balki  ishdagi  va  oiladagi 
kelishmovchiliklar  hisobiga  kuzatiladi.  Bunday  paytlarda  umumiy 
psixologik  tekshirishlar  o ‘tkazishga  ham   to ‘g ‘ri  keladi.  Ishdagi 
kelishmovchiliklar,  ko‘pincha,  bemorlarning  o ‘z  imkoniyatlarini 
ortiqcha  yoki  past  baholaganliklari  oqibatida  kelib  chiqadi.  Bu  esa 
doimiy stress holatlarini yuzaga keltiradi va psixosomatik kasalliklaming 
zo‘rayishiga ham  sababchi bo'ladi.  Bu yerda psixolog bemorning shu 
kungacha  erishgan  yutuqlarini  uning  o‘zidan  so‘rab  bilib  olishi  va 
unga  katta  ijobiy baho berishi  kerak.  Bu bemorda  ishga va  hayotga 
bo‘lgan  qiziqishini  yanada  oshiradi  va u  o ‘z  imkoniyatlarini to ‘g‘ri 
baholay boshlaaydi.  Beriladigan maslahatlar bemorning imkoniyatlari 
doirasida b o ‘lishi lozim.
Ba’zan  bem or  biror  surunkali  kasallikka  chalinib,  undan  uzoq 
vaqt  natijasiz davolanib yurganiga shikoyat qiladi.  Bunday paytlarda 
bem orning tarixnomasi bilan tanishib chiqiladi va davolash mobay­
nida  kuzatilgan ijobiy o'zgarishlarga  (sezilarli bo‘lmasa-da) bem or­
ning  diqqati jalb  etiladi.  Bu  bilan  uning  sog'ayib  ketishiga  b o ‘lgan 
ishonchi  va  ixlosi  tiklanadi.  Shuning  uchun  ham  bem orlar  ilohiy 
joylarni  ziyorat  qilmoqchi  va  tabiblarga  ham  uchram oqchi  b o ‘lsa, 
bunga aslo to ‘sqinlik qilmaslik kerak.
Bem or affektiv holatlarga tushganmi,  o ‘ziga va birovlarga ham la 
qilganmi  va  bu  holatlar  qachon  boMganligini  aniqlash  ham   o ‘ta 
m uhimdir.  U ning  ichkilikka,  chekishga  va  giyohvand  moddalarga 
bo'lgan munosabatini ham aniqlash zarur.  Ba’zi bemorlar giyohvand 
moddalar iste’mol qilishini yashirishga intilishsa, boshqa birlari aynan 
giyohvandlikdan  qutulish  uchun  ham  psixologga  m urojaat  qilib 
kelishadi.  Bunday bemorlarga iloji boricha mutaxassislar ishtirokida 
yordam qilish rejasini tuzib chiqish kerak.  Ularga, ayniqsa,  psixolog- 
ning  m aslahatlari  juda  qo‘l  keladi.  Hozirgi  kunda  giyohvandlikni 
davolash usullarining aksariyati psixologik ta ’sirga asoslangan.
Bemorlarning jinsiy muammolari to ‘g‘risida ham m a’lumot yig‘ish 
zarur.  Aytib  o ‘tganimizdek,  nevrozlarning  kelib  chiqishida  jinsiy 
buzilishlaming ahamiyati juda katta. Aniqlangan psixoseksual buzi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


lishlarni,  albatta,  bartaraf qilish va  zaruratga  qarab  bu  ishga  psixo- 
seksologlarni jalb  etish  lozim.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy-psixologik statusni tekshirish quyi- 
dagi  m asalalam i  o ‘z oldiga  m aqsad  qilib  qo‘yadi:
1) bemorning psixologga murojaat qilishining sabablarini aniqlash;
2) tibbiy va psixologik anam nezni to ‘plash;  3) tibbiy diagnozni aniq­
lash  (mutaxassislar  yordam ida);  4)  psixologik  diagnozni  aniqlash; 
5)  davolash  choralarini  ishlab  chiqish  (psixoterapiya,  psixofarma- 
koterapiyavah.k.).

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish