20.2.4. Sedativ dorilar
Sedativ dorilar (sedatio — tinchlanish) psixonevrologik kasallik-
larni davolashda keng qo'llaniladi. Trankvilizatorlarga qaraganda,
sedativ dorilar qo‘rquv va xavotirlanishga kam roq ta ’sir ko‘rsatadi.
U lar mushaklar tonusiga kam ta ’sir ko'rsatadi, koordinatsiyani kam
buzadi. Lekin kundalik m iqdori oshib ketsa, uyquchanlik va b o ‘-
shashish kuzatilishi mumkin. Sedativ dorilar torm ozlanish jarayonini
kuchaytirib, qo‘zg‘alish jarayonini pasaytirib, markaziy asab tizi-
m ining faoliyatini boshqaradi va nevrotik belgilam i pasaytiradi.
Sedativ dorilar analgetiklar va boshqa psixotrop dorilarning
ta ’sir kuchini oshiradi. Sedativ dorilarga, asosan, o ‘simliklardan
tayyorlangan turli dorivor vositalar kiradi. Bular valerian ekstrakti,
novopassit va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |