Xavotir darajalari:
Yengil xavotir — 30 ballgacha;
0 ‘rta darajadagi xavotir — 31—45 ball;
Kuchli xavotir — 46 va undan yuqori ball.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bemorning ruhi tushmagan va ishtahasi saqlangan
bo'lishi tuzalish uchun yaxshi alomat.
Gippokrat
XX BOB. PSIXOTERAPIYA VA
PSIXOFARMAKOTERAPIYA
20.1. Psixoterapiya
Psixoterapiya — qalbni, ruhni davolash degan m a’noni anglatadi.
T ibbiyot paydo boMibdiki, psixoterapiya qoMlanib kelingan.
Psixoterapiya usullari asli Sharqda keng tarqalgan bo‘lib, bemorlarni
davolashda ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lgan.
Abu Ali Ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy, Ismoil Jurjoniy, Al-
Karvakiy Xazoraspiy kabi buyuk allomalar o ‘zlarining davolash
usullarida giyohlardan tash q ari, psixoterapiya u sullarini ham
qo‘llashgan. Asab-ruhiy xastaliklar bilan yotib qolgan bem orlar
ularning tashrifidan, ular ishlatgan so‘zlardan tuzalib, oyoqqa turib
ketganlar. S o ‘z buyuk kuchdir. Psixoterapiyaning asosiy maqsadi
ham so‘zni topib ishlata bilishdadir. So‘zni bemorlarni davolashda
ishlata olish ham bir san’atdir. So‘z — inson uchun berilgan oliy
n e’m atdir, bundan bem orlarni davolashda o ‘ta bilimdonlik bilan
foydalanish kerak. Ozgina ehtiyotsizlik salbiy natija berib qo‘yishi
mumkin.
Psixoterapiya usuli Yevropada XVII asrda venalik vrach va olim
Mesmer tom onidan keng qo‘llana boshlangan. Tibbiyotda bemorlarni
davolashda gipnoz usuli X V III—XIX asrlarda J.Sharko, J.Bred,
Z.Freyd, V.M.Bexterevlar tom onidan keng qo‘llanilgan. Nevrologiya
fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan fransiyalik olim J.Sharko
psixoterapiya usulini asab kasalliklarini davolashda keng q o ‘llagan.
H ar bir nevropatolog J.S h ark o n i bir qancha irsiy-degenerativ
kasalliklarni bayon qilgan m uallif sifatida yaxshi biladi. Bu olim
Yevropada shu qadar m ashhur b o ‘lganki, hatto unga «nevrozlar
N apoleoni» deb laqab qo'yishgan. Undan ta ’lim olish uchun yosh
olim lar (shu jum ladan, Z.Freyd ham) Parijga intilishgan.
Psixoterapiya jarayoni bem or va vrach psixologiyasining asosiy
obyektidir. Psixoterapiya o ‘tkazayotgan paytda bem orning ruhiy
holatiga, tem peram entiga, kasallikni keltirib chiqargan sabablarga,
organizm ning umumiy ahvoliga, albatta, e ’tibor qaratish lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vrach katta bilimdonlik bilan bemorning ko‘nglini og‘ritmasdan,
kasallik sabablarini aniqlab olishi zarur. Bemor kasallik bilan bog‘liq
barcha sirini doktorga aytib bera olishi kerak. Psixoterapiya usuli
individual bo ‘lishi, har bir bem or uchun individual tarzda ishlab
chiqilmog‘i lozim. Bemorning shaxsini to‘la o'rganish psixoterapiyada
muvaffaqiyat qozonishning garovidir. Bemor ruhiga ijobiy ta ’sir
q ilish , tashxis q o ‘yish ja ra y o n id a b o sh lan ad i. D a v o la sh n in g
muvaffaqiyatli bo'lishi vrachning obro‘- e ’tiborini oshiradi. N om i
chiqqan vrachning psixoterapevtik muolajalari muvaffaqiyatli chiqadi.
Psixoterapiyaning yana bir afzal tom onlaridan biri unga boMgan
ishonch va ixlosdir. Psixoterapevtik m uolajalar kasalning og‘ir-
yengilligiga qarab, kasallik anam nezini chuqur egallagan holda uzoq
yoki qisqa vaqt davom ettirilishi mumkin. Davolash muolajalarining
c h o ‘zilib ketishi, bir xil b o ‘lib qolishi yoki «sizni uzoq vaqt davo-
lashga to ‘g‘ri keladi» qabilidagi gaplar ijobiy natijalarni y o ‘qqa
chiqarishi mumkin.
Bu yerda Z.Freydning hanuzgacha bahs va munozaralarga sababchi
bo‘lib kelayotgan so‘zlarini keltiramiz: «Natijasi qanday tugashi-
dan q at’i nazar, davolash jarayoni oldindan belgilangan paytda
tugatilishi kerak». D em ak, davolash muddati oldindan belgilanishi
va buni bem or bilishi zarur.
Bemorni davolashdagipnoz, uqtirish, tushuntirish vaishontirish
usullarini q o ‘llash zarur. C hunki shunday holatlar b o ‘ladiki, bem or
doktorning kuchiga ishonadi, lekin o ‘zining sog‘ayib ketishiga
ishonmaydi, kasalini tuzalm as, og‘ir deb miyasiga singdiradi. Bu,
ayniqsa, nevrozlar uchun ju d a xosdir. D ard sababli b em o r o ‘z
ishidan, bola-chaqasidan, xotinidan va qarindosh-urugM aridan,
tinim siz davom etayotgan davolash usullaridan bezgan b o ‘ladi.
Bunday paytlarda neyrofiziologlar ta ’biri bilan aytganda, bosh miya
katta yarim sharlarining p o ‘stlog‘ida inert qo‘zg‘alish paydo b o ‘ladi.
Bu o ‘choqni «parchalab» yuborishgina bem orni kasallik belgilaridan
xalos qilishi mumkin.
Psixoterapiya bir nechta bem orlarni to'plagan holda ham olib
boriladi.V.M .Bexterev bem orlarni to ‘plab, g ip n o z o ‘tkazishning
aham iyati to ‘g‘risida shunday degan edi: «Ko‘pchilik bilan seans
o ‘tkazish paytida bem orlar gipnozni bir-birigayuqtirishadi va uning
ta ’sir kuchi yanada oshadi. Bem orni gipnoz usuli bilan davola-
m oqchi bo'lgan vrach bem or shikoyatlarini aytayotganda, nim alarni
ko‘p takrorlayotganiga aham iyat berishi va bu n d an foydalanishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
kerak». G ipnoterapiya paytida «bo‘rtib» turgan belgilarga e’tibor
berish joiz. G ip n o z o'tkazayotgan vrach bem orga
Do'stlaringiz bilan baham: |