biz SH. ismli bemorda kuzatganmiz. Unda katta oilaviy
fojiadan keyin
bir kunning o ‘zida sochlari to ‘kilib, qosh v akipriklari oqarib,
terisining deyarli hamma joyini oq dog‘lar (pigmentsizlanish hisobiga)
bosib ketadi. 0 ‘rgatilgan ayiq tishlagandan keyin qo‘rqqanidan sochi
butunlay to ‘kilib ketgan sirk artisti haqida ham yozilgan. Soch
to‘kilishi bolalarda ham uchraydi. 8 yashar bolaning tushiga yaqinda
vafot qilgan buvasi kiradi va u tobutdan chiqib kelib bolaning sochi-
dan qattiq tortarkan. Bu dahshatli tushni bola bir necha kun uzluksiz
ko‘rgan v a h a r gal sochi to ‘kilavergan. Bola gipnoz usuli bilan
davolanib, yom on tush ko‘rmaydigan qilingan. Bir necha kundan
keyin bolaning sochi yana o ‘sa boshlagan (A.S. Golibin, 1999).
U zoq cho‘ziladigan astenodepressiv sindrom larning somatik
ko‘rinishlaridan yana biri tirnoqlardagi trofik o ‘zgarishlardir. Bunda
tirnoqlarning rangi o ‘chib, unda uzun chiziqlar paydo bo‘ladi,
tirnoqlar (ayniqsa, oyoqdagi) sinadigan bo‘lib qoladi, qalinlashadi.
H am m a tirnoqlarning bir xil tarzda o ‘zgarishi, patologik jarayonning
sekin-asta zo‘rayib borishi, barmoqda yallig‘lanish belgilarining yo‘q-
ligi, uning psixogen xususiyatga aloqador ekanligidan dalolat beradi.
U m um iy yoki mahalliy gipergidroz (qo‘l panjasi, qo‘ltiq osti va
cfyoqlarda) ham hissiy-ruhiy buzilishlarda ko‘p kuzatiladi. Bu pato
logik o‘zgarishlar ayniqsa, yoshlarda ko‘p uchraydi va aksariyat
hollarda kuchli hissiy zo ‘riqishdan keyin to'satdan paydo bo‘ladi.
Bunday bem orlar sal hayajonlansa, issiqroq narsa ichsa, jismoniy
m ehnat qilsa, atrof-m uhitning harorati balandroq bo‘lsa, tezda
terlab ketishadi. Buni fanda «ho‘l depressiya» deb ham atashadi.
Ularni eng ko‘p qiynaydigan va jig‘iga tegadigan narsa bu yomon
hid kelishidir. T er va yog‘ bezlari faoliyatining patologik kuchayishi
psixovegetativ sindrom larning doimiy hamrohidir. Shuni alohida
ta ’kidlash lozimki, qo 'ltiq osti va chov sohasida joylashgan ter
bezlari tana haroratining boshqarilishida ishtirok etmaydi va jinsiy
balog‘atga yetgandan keyingina faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bunda
ular o ‘zgacha hid taratuvchi moddalar (feromonlar) ishlab chiqara
boshlashadi. Bu fiziologik mexanizm jinsning seksual xulq-atvoriga
moslashib turadi. Aynan m ana shu o'rinda ayol kishidan kelayotgan
hid , erkak k ish id an taralay o tg an hiddan keskin farq qiladi.
Astenodepressiv sindromlarda kuzatiladigan kuchli seksual
buzilishlar
apokrin bezlarning sekretor holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi
va yoqimsiz
hid paydo boMishiga sababchi bo‘ladi. Bu bemorlardagi o'ziga xos
hidga qarab, ularda psixovegetativ sindrom borligini aniqlash mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Teridagi doimo terlab yuradigan joylar, ko‘pincha, qizarib turadi,
u yerlarda allergik o ‘zgarishlar paydo b o ‘ladi, qo'ltiq ostidagi limfa
tugunlari kattalashadi. Aynan m ana shunday bemorlarda neyrodermit
yoki ekzema kasalliklari oson rivojlanadi. Kuchli hissiy zo‘riqishlar
bunday bem orlarda teri kasalliklari ning avj olib ketishiga sababchi
bo'ladi. M asalan, psoriaz — 40% bem orlarda yaqinlari bilan sodir
bo‘lgan baxtsiz hodisalardan, 52% bem orlarda boshqa kuchli salbiy
hissiy buzilishlardan keyin rivojlanarkan. Bu yerda sabab va oqibat
orasidagi davr bor-yo‘g‘i 2—14 kunni tashkil qilgan, kamroq hollarda
esa bir oyga cho'ziladi ( Seville R.H., 2002). Shuning uchun teridagi
o'zgarishlar har tom onlam a puxta o ‘rganilishi zarur, chunki ular
ruhiy buzilishlarning dastlabki klinik ko‘rinishlari bo‘lishi mum kin.
Aksariyat hollarda teridagi o ‘zgarishlarbemordagi ruhiy buzilishlar
kuchayganda kuchayib, kamaygan paytda esa susayib boradi. Teri
kasalliklarini davolashda bu fenom enni e ’tiborga olib, faol psi-
xoterapevtik muolajalami o'tkazish kerak b o ‘ladi. M a’lumki, teri va
undagi kamchiliklar odam ruhiga jarohat yetkazadi, shuning uchun
ham deyarli barcha bemorlarda turli darajada rivojlangan ipoxondriya
shakllanadi. U lar butun fikri-zikrini (ayniqsa, dastlabki paytlarda)
teridagi nuqsonlarga qaratishadi. D erm atologlar va psixologlarning
ta’kidlashicha, bemorlar ushbu buzilishlardan qanchalik ko‘p siqi-
lishsa, kasallik belgilari shunchalik kuchayarkan (to‘g‘ri davolanishdan
qat’i nazar). Agar bem orning fikri uzoq vaqt boshqa narsalarga
chalg‘itilsa, teridagi ijobiy o ‘zgarishlar tezlashadi. Ikkinchi jahon
urushi davrida dermatologlar qiziq bir holatni kuzatishgan, ya’ni
urush boshlangandan keyin aksariyat bem orlar surunkali teri kasal-
liklaridan tuzalib ketishgan. Bu fenom enga quyidagicha izoh berish
mumkin. Urush boshlanishdan oldin bem orlar uchun asosiy m uam -
mo — teridagi patologik o'zgarishlar bo ‘lsa, urush boshlangandan
keyin esa, undan ham o ‘tkir m uam m o paydo bo‘ldi, ya’ni uning va
yaqinlarining hayoti xavf ostida qoldi. Urush boshlandi! U endi o ‘zini,
oilasini vaVatanni himoyaqilishi kerak! D om inanta prinsipiga muvo-
fiq, bosh miya po‘stlog‘idagi
Do'stlaringiz bilan baham: