Siydik ajratish sistemasida kuzatiladigan psixogen (nevrogen) buzi
lishlar bilan nevropatolog yoki psixonevrologga murojaat qilish juda
kam uchraydi. Bunday bemorlar, ko‘pincha, «piyelonefrit», «glo-
merulonefrit», «buyrak tosh kasalligi» «sistalgiya», «sistit», «uretrit»
diagnozlari bilan nefrolog yoki urologlarda davolanib yurishadi. Shu
narsaga e’tibor qaratish lozimki, bu diagnozlar davolash mobaynida
bir necha bor o ‘zgarib turadi. Nihoyat, bu kasallarga hamma urologik
simptomlami o ‘zida mujassamlashtirgan umumiy diagnoz — «nevrogen
siydik pufagi» qo'yiladi. AfTektiv buzilishlarda siydik yo‘llarida turli
belgilarning paydo b o ‘lishi niqoblangan depressiyaning klinik
ko‘rinishJaridan biri bo‘lishi mumkin. Tez-tez hojatxonaga qatnash,
shunda ham siyganidan qoniqmay chiqish va yana hojatxonaga qaytib
kirish, xuddi siydik pufagi to ‘la bo‘shalmagandek bo'lishi, qornining
pastki qismida og'riq sezish holatlari asab tizimining funksional
buzilishlari uchun xosdir. Siydik ajralib chiqishining nevrotik buzilish
lari ikki xil variantda kechishi mumkin: tez-tez siygisi kelishi va
siyishning ushlanib qolishi. Qattiq kulganda, aksirganda, yo‘tal
paytida, og‘ir narsa ko‘targanda ozgina siyib yuborish yoki soatlab
siydik tutilishlari niqoblangan depressiya uchun juda xosdir.
Tez-tez siyish (pollakiuriya) ko‘pchilik urologik kasalliklar (sistit,
uretrit, prostatit) uchun ham , niqoblangan depressiyalar uchun
ham xos bo‘lganligi uchun, bu bemorlar zarur bo‘lgan tekshiruvlar
ni to ‘la o ‘tishlari lozim. Ikkala holatda ham sovuq joyda ko‘p turib
qolish, sho'r, achchiq va nordon narsalarni va spirtli ichimliklarni
(ayniqsa pivoni) iste’mol qilish, qattiq siqilish siyishning tezlashuviga
olib keladi. Erkaklarda, ayniqsa, jinsiy aloqadan keyin ana shunday
vaziyat yuzaga keladi. Biroz rivojlangan affektiv buzilishlarda uchraydi-
gan dizuriya transportda, katta majlislar bo‘layotgan paytda, o ‘zi
biror narsani ko‘pchilik oldida o ‘qib berayotgan paytda namoyon
bo'ladi. N atijadaulardaipoxondrik sindrom rivojlanadi: bunday be
m orlar butun bir fikrini va diqqatini siydik pufagiga qaratishadi,
sharmanda bo‘lib qolishdan qo‘rqishadi. Tabiiyki, bu vaziyat
bemorning
asabiga putur yetkazadi va kasallik belgilarini yanada kuchaytiradi.
Bunday bemorlar mabodo begona ayol bilan jinsiy yaqinlik qilsa,
o ‘zida bo‘layotgan barcha belgilarni hali tasdiqlanmagan venerik kasal
lik bilan bog‘laydi. Xotiniga yaqinlasha olmaydi, doim xavotirda yashay-
di va xiyonat qilganini bildirib qo‘yadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
boricha to ‘xtatishga intiladi. Agar aw al jam oat hojatxonalarida
odam lar bor joyda siyishdan o ‘zini tiyadigan bo‘lsa (chunki siyayot-
ganda ereksiya ham kuzatilgan), keyinchalik atrofda oyoq ovozi
eshitilsa
ham siya olmaydigan bo‘lib qoladi. Keyinchalik institutni tugatadi,
aspiranturaga kiradi, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Uylanadi,
3 ta bolalik bo'ladi. Jinsiy aloqalar qisqa davom etganligi sababli
qoniqmaydi. Urologda uch yil natijasiz davolanadi. Psixonevrolog ko‘-
rib quyidagi diagnozni qo‘yadi:
psevdourologik
Do'stlaringiz bilan baham: