10.2.2. Psixogen bosh aylanishi
Bosh aylanishi ham bosh og‘rig‘i kabi eng ko‘p tarqalgan sim p-
tom lardan biridir. Asabning zo ‘riqishi bilan kechuvchi kasalliklar,
M enyer kasalligi, bosh miya qon to m ir kasalliklari, vegetativ-tom ir
distoniyalari, arterial g ip ertenziya yoki gipotenziya, surunkali
anemiyalar, yurak kasalliklari bosh aylanishining asosiy sabablari
hisoblanadi. Bularning ichida psixovegetativ buzilishlar bilan kechuv
chi niqoblangan depressiyalarda kuzatiladigan bosh aylanishlar
alohida o ‘rin tutadi. Psixonevrologik va psixosomatik sindrom larda
uchraydigan bosh aylanishlarning m exanizm larini m arkaziy asab
tizimining funksional faolligining oshishi yoki pasayib ketishi, ney-
ronal sistemalarda q o ‘zg‘alish va torm ozlanish jarayonlari orasida
nomutanosiblikning yuzaga kelib, turg ‘u n torm ozlanish yoki q o ‘z-
g‘alishning shakllanishi bilan tushuntirish mumkin.
Bosh aylanishi kam dan-kam hollarda alohida uchraydi. Aksariyat
hollarda yurak urib ketishi, holsizlanish, sovuq terga botish, quloqda
shovqin paydo b o ‘lishi, ko‘ngil aynishi, oyoqlarning titrashi bosh
aylanishi bilan birga kuzatiladi. O datda, bu belgilar affektiv buzi-
lishlardan keyin kuchayadi. Bu bem orlar balandlikdan q o ‘rqishadi,
shuning uchun ham ular balkondan, baland ko‘prikdan yoki tom dan
pastga qaramaslikka harakat qiladilar, chunki bunday paytda bosh
aylanishi kuchayadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Psixogen bosh aylanishlarga xos yana bir belgi uning vaziyatni oz
bo‘lsa-da o'zgartirganda kuchayishidir. Masalan, baland qavatli binoda
yashaydigan bitta bem or, undan bir qavat tepada yashaydigan
qo'shnisinikiga chiqib, balkondan pastga qaraganda boshi aylanib,
gandiraklab ketgan, ko‘ngli aynigan, koridorga kirganda esa kamay-
gan va bir ozdan keyin to'xtagan. Shunisi e’tiborliki, psixogen bosh
aylanishda bem orlar liftdan ko‘ra zinapoyadan ko‘tarilishni afzal
ko‘rishadi. Aksariyat psixogen bosh aylanishlar qo‘rquv bilan kechadi.
Buning aksi o ‘laroq, vertebrobazillyar sindromlarda bosh aylanishi
qo‘rquvsiz uchraydi yoki qo‘rquv bosh aylangandan keyin kuzatiladi.
Bemorlarda faqat balandlikdan qaraganda emas, balki avto-
m obillar qatnovi tez b o ‘lgan katta yo‘lga qaraganlarida ham bosh
aylanishi paydo bo'ladi yoki kuchayadi. U lar bunday paytlari katta
tezlikda o ‘tayotgan avtomobillarga qaramaslikka harakat qilishadi yoki
oyoqlarining ostiga qarab qadamlarini nazorat qilib yurishadi. Ana
shunda ularda bosh aylanishi kamayadi. Katta zallarda olib boriladigan
majlislar yoki uzoq davom etuvchi darslarda ham bemorlarda bosh
aylanishi avj oladi. Talabalarda imtihonlarga berilib tayyorgarlik
k o ‘rish, ilmiy xodim lar va yozuvchilarning tinm ay asarlar yozishi
yoki har qanday sog‘lom odamda kuzatilishi mumkin bo'lgan ortiqcha
aqliy zo ‘riqishlar ham bosh aylanishiga sababchi bo‘ladi. Lekin
asteniyaga uchragan bemorlarda ruhiy-hissiy zo‘riqish bosh aylanishini
osongina keltirib chiqarishi mumkin.
Bosh aylanishi, aksariyat hollarda, qisqa vaqtga hushdan ketish
(sinkope) bilan kechadi. Bu, ayniqsa, umumiy psixogen gi peresteziya
bilan kechuvchi psixonevrologik kasalliklar uchun juda xosdir. Buning
asosida vestibulyar apparatning kuchli darajada qo‘zg‘aluvchanligi
yotadi. Tez-tez hushdan ketib turadigan bem orlarning bosh miya
qon tomirlari tekshirilganda, ularda tom irlartonusining o ‘ta darajada
pasayganligi (gipotonus) yoki o ‘zgaruvchanligi (distoniya) aniqla
nadi. Sinkope holatlari psixogen giperventilatsiyada, arterial qon
bosimi pasayganda va yurak kasalliklarida ham yuz beradi. Uzoq payt
yotib qolgan bem orlar gorizontal holatdan vertikal holatga o ‘tishsa,
bosh aylanishi ortostatik kollaps bilan birga yuz beradi. Bu holat,
ayniqsa arterial gipotenziyadayaqqol ifodalangan bo'ladi. Ba’zan
yuqori darajada rivojlangan nevrasteniyalar yoki psixoasteniyalarda
bem or hushdan ketib qolishi uchun bitta qo'rquvning o‘zi kifoya.
Bem or bir m arta hushidan ketsa (ayniqsa, odam lar orasida), u
doim navbatdagi xurujni kutib bezovta boMib yuradi. Nevrolog
www.ziyouz.com kutubxonasi
olim lardan biri Oppengeym (1894) «har bir kishi o ‘zida bosh ayla-
nishini yuzaga keltirishi m um kin, agarda u m uvozanat va bosh
aylanishi haqida o ‘ylayversa», degan edi.
Ba’zan bosh aylanishi yatropatiya asorati hisoblanadi. Shuning
uchun ham bemordagi simptomlarni, agar ular psixogen xususiyatga
ega bo'lsa, juda xavfli deyaverish kerak emas. Shaxsiy kuzatuvimizdan
bir misol keltiramiz. Uzoq yillardan buyon quloq, burun va tom oq
kasalliklari poliklinikasida ham shira b o ‘lib ishlaydigan va tez-tez
asabiylashadigan ayolda qattiq hissiy zo‘riqishdan keyin bosh aylanishi
alomatlari paydo boMadi. U shu daraja kuchli b o ‘ladiki, h atto tik
turishi uchun bir qo'lidan bo‘yi yetgan qizi, ikkinchisidan esa eri
ushlab turgan. Bu bemorga o ‘zi ishlaydigan poliklinikada «M enyer
kasalligi» deb diagnoz qo'yiladi. Diagnoz bir necha bor o ‘zgartiriladi.
Bunday kasalligi bor bemorlarni bir necha m arta o ‘zi ham k o ‘rgan
va anketalar ochgan hamshirada bu kasallikning yaqqol belgilari
namoyon bo‘la boshlaydi. U boshqa mutaxassislarga (nevropatologga)
ko‘rinmasdan, uch yil mobaynida LOR vrachlarida davolanib yuradi.
Bosh aylanishi xurujlari tez-tez kuzatilib turadigan bu bem o r borib-
borib juda jahldor, arzimagan narsaga yig'layveradigan va affektiv
holatga tez tushadigan bo‘lib qoladi. B em or miyasiga «M enyer kasal-
ligini» shu darajada singdirib olgandiki, har bir affektiv buzilishdan
so‘ng, unda xuddi M enyer kasalligiga o'x shash belgilar paydo
bo'lavergan. Psixoterapevtik muolajalar yetarlicha o ‘tkazilmaganligi
uchun davolanish jarayoni juda cho'zilgan. Bir so‘z bilan aytganda,
bem orda yatropatiya rivojlangan edi.
Navbatdagi xurujdan so‘ng bem orga nevropatologga k o ‘rinish
tavsiya qilinadi va bizga konsultatsiyaga yuboriladi. U ning kasallik va
hayot anam nezi bilan tanishib chiqib, u n d a nevrologik va psixologik
tekshiruvlar o ‘tkazdik va yana bir b or LO R vrachlari bilan m asla-
hatlashib, «M enyer kasalligi» ni inkor qildik. Barcha tekshiruvlardan
so‘ng bem orga «M enyer sindromi k o ‘rinishidagi niqoblangan dep
ressiya» diagnozi qo'yildi, ya’ni haqiqiy «M enyer kasalligi» inkor
qilindi. B em orning hamshiraligi e ’tiborga olinib, unga bu a ta m a
lar farqi tushuntirildi. Tekshiruvlar natijasi bemorga tushuntirib berildi.
Bularning ham m asi hamshiraga katta ijobiy ta ’sir ko‘rsatdi va u endi
davolash muolajalariga katta ishonch bilan qaray boshladi. 0 ‘tkazil-
gan platseboterapiya va psixoterapiya m uolajalaridan keyin bem or
tuzalib ketdi. Biz bu yerda yatropatiyaning yana bir klinik ko‘rinishini
tahlil qildik.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yatropatiyaga astenik bem orlar juda moyil bo‘lishadi, uni keltirib
ch iq arish uchu n tibbiyot xodim ining bexosdan aytib q o ‘ygan
gapining o ‘zi yetarli, xolos. N im a uchun yatropatiya belgilari bemorda
uzoq vaqt davom etadi? A.A.Uxtomskiy ta ’biri bilan aytganda,
har qanday tashqi ta ’sir (ayniqsa, salbiy) bosh miya katta yarim
sharlari p o ‘stlog‘ida «dominant o ‘choq» paydo qiladi va bu sohaning
neyronlari boshqa soha neyronlari faolligini pasaytiradi. N atijada
m iyaning integrativ faoliyati buzilib, funksional xarakterga ega
b o ‘lgan patologik simptomlar yuzaga keladi. Ularni yo‘qotish uchun
miyaning funksional faoliyatini oshirish va po‘stloqda boshqa, ya’ni
ijobiy xususiyatga ega boMgan «dominant o ‘choq» paydo qilish kerak.
Aksariyat hollarda bosh aylanishi senestopatik va ipoxondrik
sim ptom lar bilan nam oyon boMadi. Bunda tanada sira ketmaydigan
turli xil sezgilar, uvishishlar, og'riqlar, qoM va oyoqlarning karaxt
boMib qolishi kuzatiladi va yilning turli fasllarida kuchayib yoki pasayib
turadi. Kasallikning bunday mavsumiy kechishi albatta organik
kasallikni izlashga m ajbur qiladi. Bu yerda xatoga yoM qo‘ymaslik
uchun klinik tekshiruvlar psixologik tekshiruvlar bilan birgalikda olib
borilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |