Z ibodullayev


Birinchisi,   bemorning  bosh  og‘rig‘i  kech  soat  oltida  qanday  boshlanishini  aniqlash  bo‘lsa,  ikkinchisi



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Birinchisi,
  bemorning  bosh  og‘rig‘i  kech  soat  oltida  qanday 
boshlanishini  aniqlash  bo‘lsa, 
ikkinchisi
  baralgin  o ‘rniga  boshqa 
dorini  ishlatib  ko‘rish  edi.  Birinchi  tajribamizni  peshinda  bemorni 
klinikaga  taklif  qilishdan  boshladik.  Buning  uchun  bemorga  «bo- 
shingizni  aynan  og'riyotgan  paytda tekshirib ko‘rishimiz kerak»  deb 
tayinladik.  Bemor  aytgan  vaqtimizda  yetib  keldi.  Biz  bem or  bilan 
klinikaning bog‘ida yurib laborantning «yetib kelishini»  kutdik (voqea 
yoz  kunlarining  birida  b o ‘layotgan  edi).  Bem or  sal  kam  ikki  soat 
m obaynida  boshi  qachon  og‘riy  boshlaganini,  qanchadan-qancha 
tekshirishlardan  o ‘tganini,  turli  xil  diagnozlar  bilan  davolanganini, 
yaxshi  natija  sezmaganini  tinm ay  gapirar  edi.  Soat  oltidan  oshib, 
yetti bo‘layotgan edi.  Bemordan: «Mana soat ham yettiga yaqinlashib 
qoldi,  soat  olti  bo‘lmasdan  keluvdingiz,  boshingiz  og‘ridimi?  deb 
so‘ralganda,  bemor:  «Voy,  gap  bilan  bo‘lib,  boshim   og‘riganini 
ham  sezmabman!  Yo‘q,  yo‘q  sezmabman  emas,  boshim  haqiqatan 
ham   og‘rigani  yo'q,  qanday yaxshi!  Nahotki  endi  boshim   sira  ham 
og‘rimasa»  deb  hayratga tushgan  edi.  «Endi  laborant  ham   kelmadi, 
ertaga kela qolasiz» deb bem or uyiga jo ‘natildi.  Ikkinchi tajribamizni 
am alga  oshirish  uchu n  bem orga  «baralginni  endi  novalginga 
o ‘zgartiram iz,  bu  dori  uning  sinonimi  hisoblanadi,  tarkibi  xuddi 
baralginning o ‘zginasi»  deb, bosh og‘dg‘i xuruji paytida o ‘sha dorini 
tom irdan  yuborishni  tavsiya  qildik.  Bemor  rozi  bo'ldi,  lekin  ikki 
kundan  so‘ng  bizga  telefon  orqali  «novalginning  ta ’siri juda  past  va 
qisqa  ekan,  birozdan keyin yana boshim  og‘riy boshladi»  deb  aytdi. 
Bem or yangi  tavsiya  qilingan  doridan  voz  kechdi.  Bemor biz bilan 
bo‘lgan suhbatlarning birida «baralginni yaratganlarga ming rahmat, 
tom irdan  yuborgan  zahoti  bosh  og‘rig‘imni  oladi»  degandi,  ya’ni
www.ziyouz.com kutubxonasi


bem or ushbu doriga psixologik bog'lanib qolgan edi.  Bemordan dorini 
tom ir  ichiga  yuborgandan  so‘ng  bosh  og‘rig‘i  qachon  to ‘xtashini 
so‘raganimizda,  «besh daqiqaga yetmasdan» deb javob beruvdi. Aslida 
baralgin  tom irlar  spazmini  sekin-astalik  bilan  yo‘qotadi  va  bosh 
og‘rig‘ining butunlay pasayishiga  15—20 daqiqa  kerak boMadi.
Biz  ushbu  bem or  misolida  bosh  og‘rig‘ining  kuchli  stressdan 
keyin  paydo  boMganligini,  uning  aniq  bir soatlarda  kuzatilishini  va 
aniq bir doriga bo'lgan psixologik bog‘lanishning guvohi  b o ‘ldik.  Bu 
yerda bosh og‘rig‘i yatropatiya  (vrachning noto‘g‘ri xulosalari)  tusida 
ham   yaqqol  nam oyon  bo'ldi.  Bunday  bem orlarni  davolash  an ch a 
murakkab kechadi, ya’ni bosh og‘rig‘i qayta-qayta paydo bo‘laveradi. 
Bemorni  davolash,  uning  fikrini  davolashning  boshqa  usullariga 
chalg‘itgan  holda  olib  borildi.  U nga  platseboterapiya,  igloterapiya, 
asabni  tinchlantiruvchi  va  tetiklashtiruvchi  dorilar  elektroforezi, 
um um iy  massaj  muolajalari  o ‘tkazildi.  Bu  muolajalardan  keyin  be­
morda  bosh  og‘rig‘i  xurujlari  to ‘xtadi.  Eng  asosiysi  —  bem o r  bosh 
og‘rig‘i  psixogen  xususiyatga ega ekanligiga va uni  davolash  y o ‘llari 
boshqacha ekanligiga to ‘la ishontirildi.
Psixogen bosh  og‘riqlarning kamayishiga yoki yo‘qolishiga ijobiy 
ta ’sir ko‘rsatuvchi omillar anchadir.  M asalan,  yashash joyini o ‘zgar- 
tirish, basseynda yoki boshqa suv havzalarida cho'm ilib turish,  sayrga 
chiqib  turish,  o ‘ziga  yoqqan  kiyim -kechakni  sotib  olish  va  hokazo.
Psixogen bosh  og‘riqqa chalingan  bem orlarning eng ko‘p shiko- 
yatlaridan  biri  —  uyquning  buzilishidir.  B em or  uxlagani  kirganda 
miyasiga  turli  xil  fikrlar oqib  kelaveradi,  bu  fikrlardan  hech  qutula 
olmaydi,  ulardan  miyasi yorilib ketadigan darajagacha boradi,  m abo- 
do  uxlagan  taqdirda  ham  tushlar  ko‘raverib  battar  qiynaladi.
Aksariyat  hollarda  psixogen  bosh  og‘riqlarni  boshqa etiologiyali 
bosh og‘riqlardan farqlash qiyin boMadi.  Subaraxnoidal qon  quyilish, 
seroz  meningit,  o ‘sma  kasalliklari,  q o n -to m ir  anevrizm alari,  miya 
ichi gipertenziyasi  bilan  kechuvchi  kasalliklar,  migren,  uch  shoxli 
nerv  nevralgiyasi,  kraniotservikalgiya  kabi  kasallik  va  sindrom lar 
psixogen bosh og‘rig‘iga o'xshab  ketadi.  Bu  kasalliklarning  n aqadar 
turli-tumanligi va murakkabligi tibbiy psixologdan  nevrologiya fanini 
mukammal  bilish  yoki  bo‘lm asa  bem orni,  albatta,  nevropatolog 
ko'rigidan  o ‘tkazish  zarurligini  talab  qiladi.
M ashhur  nevrolog  olim  S.N .  D avidenkov  isterik  sindrom larda 
uchraydigan bosh og‘riqlar haqida yozgan risolalaridan birida shunday 
degan edi:  «Isterik bem orlarda ham  bosh miyaning og‘ir kasalliklari
www.ziyouz.com kutubxonasi


kuzatilishini aslo unutm aslik kerak.  Agar biz bemorni tekshira turib, 
un d a  «funksional»  yoki  «organik»  kasallik  borligini  aniqlashga 
qiynalsak,  oson  yo‘ldan  bormasdan,  bemorga  «organik»  tashxisni 
q o ‘yganimiz  m a’qul,  agar  u  keyinchalik  xato  b o ‘lib  chiqsa  ham. 
Negaki,  «funksional»  diagnoz qo‘yilgan bemorlar,  ko‘pincha, vrach 
e’tiboridan chetda qoladi va ular ko‘pincha yana qilinishi zarur bo‘lgan 
klinik tekshiruvlardan mahrum bo‘ladilar.  S.N.  Davidenkov Moskva 
klinikalaridan  birida  sodir  b o ‘lgan  misolni  keltirgan.  Kechqurun 
«qabul  boMimiga»  boshi  qattiq  og‘rib  turgan  ayolni  olib  kelishadi. 
Asab kasalliklari bo‘limidan ushbu bemorni ko‘rib diagnozni aniqlash 
uchun  navbatchi  vrachni  chaqirishadi.  Vrach  «qabul  bo'limiga» 
kelib  qarasa,  aw al  tanish  b o ‘lgan  va  unga  doimo  bosh  og‘rig‘i 
sababli  murojaat  qiladigan  bem or  kushetkada  yotibdi.  Bu  bem or 
ayol  aynan  m ana  shu  vrach  navbatchiligida  bir  necha  bor  tunda 
qattiq  bosh  og‘rig‘idan  shikoyat  qilib,  «Tez  yordam»  mashinasida 
shifoxonaga  olib  kelingan  va  yordam  ko'rsatib,  uyiga  yuborilgan. 
Bem or  isterik  bosh  og‘riq  bilan  nevropatologda  davolanib  yurgan. 
A w allari  bem orning  nevrostatusi tekshirilib,  organik belgilar yo‘q- 
ligiga  ishonch  hosil  qilgandan  so‘ng uyiga jo ‘natilgan bo‘lsa,  bu gal 
bem orda  «isteriya»  diagnozi  borligiga  ishonch  hosil  qilgan  vrach 
uning nevrostatusini tekshirmaydi va og‘riq qoldiruvchi ham da tinch­
lantiruvchi  dorilar  qilib  uyiga jo ‘natadi.  Bem or  uyida  vafot  etadi. 
Patologoanatom ik  tekshiruvlar  bosh  miyaga  anevrizmaning  yori- 
lishidan  qon  quyilganligini  aniqlaydi.
Bosh  og‘riqlar leptom eningitda ham ko‘p  kuzatiladi.  Bu kasallik 
atoqli o ‘zbek nevrologi akademik N.M .M ajidov tomonidan yozilgan 
va chuqur o ‘rganilgan.  Leptom eningit  bosh  miyaning yumshoq va 
o ‘rgim chak  to ‘risim on  pardalarining  yallig'lanish  kasalligi  b o ‘lib, 
a n iq   ifo d alan g an   o rg a n ik   nevrologik  sim p to m la rd an   ib o rat 
(N .M .M ajidov,  1972).  Leptom eningit ko‘p  etiologiyali kasallikdir 
va uning  kiinikasi  turli-tum andir.  Shuning uchun  ham uni  nevroz- 
lar,  bosh  miya  qon  to m ir  kasalliklari,  o ‘sm alar  bilan  qiyoslashga 
t o ‘g ‘ri  keladi.  B a ’zan  (ayniqsa,  poliklinikalarda)  faqat  subyek­
tiv  sim ptom larga  asoslanib,  leptom eningit  diagnozi  qo‘yiladigan 
holatlar uchrab  turadi.  Yoki  nozologiya aniqlanm asdan  «Miya ichi 
gipertenziyasi»  deb  xulosaberiladi.  Buning  uchun  bem orda o ‘t- 
kazilgan  gripp  yoki  bosh  miya jarohati,  exoensefaloskopiyadagi 
yengil  o ‘zgarishlar asos  qilib  olinadi.  Lekin bem oriarning  nevrolo­
gik  statusi  ch uq u r  tekshirilganda,  aniq  ifodalangan  nevrologik
www.ziyouz.com kutubxonasi


sim ptom lar aniqlanm aydi,  ko‘z tubidagi va likvordagi o ‘zgarishlar 
qo ‘yilgan diagnozga mos kelmaydi.  Bu bem orlarda ham  borib-borib 
yatropatiya shakllanadi.
N .K .Bogolepov  o'zining  «Klinik  exoensefalografiya»  (1973) 
nomli  asarida  bemorlarga  exoensefalografik  tekshiruvlar  o 'tk az a- 
yotganda  nihoyatda  ehtiyot  bo'lish  kerakligini  va  olingan  xulosani 
albatta klinik belgilar bilan  solishtirib  k o ‘rish  va  ular bir-biriga  mos 
kelgan  taqdirdagina  «miya  ichi  gipertenziyasi»  to ‘g‘risida  xulosa 
qilish  kerak deb yozgan.  M ashhur nevrolog olim X .G .X odos  (2000) 
diagnozni  aniqlashda  «nevrologik  mikrosimtomlarga»  hadeb  yon 
bosavermaslik  kerakligini,  chunki  tanadagi  barcha  tashqi  belgilar 
ham simmetrik bo'lmasligini aytib o ‘tgan  edi.  Olim  ko‘z yorig‘ining 
va  ko‘z  qorachig‘ining  katta-kichikligi,  burun  atrofidagi  b u rm alar 
simmetrik bo‘lmasligi, tomoq va pay reflekslarining sog'lom odam larda 
ham   har  xil  boMishini  yozib  qoldirgan  edi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish