Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish
da ta’limning bilishga oid qiziqishlarini
rivojlantirishga qaratilgan motivatsion-qiziqarli tomonlariga ham ko‘proq e‘tibor
berilishi lozim. O‘quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning xarakterli xususiyati
ular psixikasining zaif tomonlariga sustlik bilan moslashish emas, balki
o‘quvchilar maksimal darajada faollashishi uchun ularni aqliy rivojlanishiga faol
ta‘sir ko‘rsatish tamoyili bo‘lmog‘i kerak. Tarbiyachi va o‘qituvchilar ayrim
bolalar qobiliyati o‘rtacha ekanligi yoki qobiliyatsizligi va hatto mukammal
emasligi haqida paydo bo‘lgan tasavvurni sezdirmasliklari lozim. Bunday
o‘quvchilar o‘zlari tobora tezlashib va murakkablashib borayotgan ta‘lim
jarayoniga asta-sekinlik bilan moslashib boradilar.
Ta’limda darsni to‘g‘ri va samarali tashkil etilishi albatta, o‘quvchilar bilim
olishiga ta’sir etadi. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda muhim masalalardan yana biri
o‘qituvchining darsning texnologik jihatdan to‘g‘ri loyihalashga borib taqaladi.
Interfaol metodlarni qaysi bosqichda qanday qo‘llash darsni loyihalash vaqtidan
boshlanadi. Loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshadi
132
Estetik anglash
bevosita estetik madaniyat bilan hamohanglikda rivojlanadi
va tarkib topadi. Bu iborani asosiy tushunchalardan biri ekanligiga sababi
shundaki, odatda falsafiy fanlarga doir ilmiy adabiyotlarda “anglash” o‘rniga
“ong” tushunchasi qo‘llanilib kelinadi. Estetik anglash, aytib o‘tganimizdek,
estetik jarayonni tashkil etishi barobarida estetik munosabatni yuzaga keltiradi,
ongning ana shu faoliyati ichki nafosatni shakllantiradi. Shuni alohida ta’kidlash
kerakki, estetik anglash faqat estetik qadriyatlar yoxud ob’yektlarni idrok etishda
emas, balki yangi estetik qadriyatlar yaratishda ham faol ishtirok qiladi, ya’ni u
estetik faoliyat jarayonida o‘zining doimiy ulushiga ega: san’at asarining dunyoga
kelishida, turmush sharoitini, ishlab chiqarishning go‘zllashuvida va shunga
o‘xshash holatlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Estetik anglash inson
ruhiyatida o‘ziga xos, chuqur ijobiy rihiy o‘zgarishlarni vujudga keltiradigan
estetik holat. U estetik faoliyatning boshlanishidan avval insonni unga tayyorlovchi
hodisa sifatida muhim: usiz estetik faoliyatning ro‘y berishi mumkin emas.
Estetik anglashning murakkab hodisa ekani estetik ihtiyoj, turli hislar va
ma’naviy andozalarning har bir shaxs uchun alohida ruhiy evrilish tarzida
namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq: bu evrilish kuchli va asosan hishayajon, ehtirosli
kechinmalar asosida vujudga keladi. Inson zoti dunyoga kelganidan boshlab tabiat
va jamiyat deb atalgan tashqi muhit bilan munosabatga kirishadi, dastlab bu
munosabat onglanmagan, intuitiv, biologik - genetik tarzda, keyinroq esa anglab
yetilgan, yuksak darajadagi ijtimoiy hodisa sifatida ro‘y beradi.
Texnologiya fani o‘quvchilarning estetik madaniyatini shakllantiruvchi fan
hisoblanadi. Chunki texnologiya fanining 50 % amaliy mashg‘ulot darslaridan
iborat bo‘lib, bunda o‘quvchilar estetik did, estetik dunyoqarash, estetik munosabat
hamda estetik madaniyat kabi kompetensiyalarga yetarlicha ega bo‘ladilar.
mashg‘ulotlar davomida olib boriladigan texnologik jarayonlarni qanday estetik
did bilan tayyorlash o‘quvchilarning estetik, umummadaniy kompetensiyalarining
qay darajada mukammal egallaganliklaridan dalolat beradi.
133
Bajariladigan buyumlarni estetik did bilan ko’rkam, chiroyli qilib tayyorlash
o‘quvchilarning kasbiy omilkorlik darajalarining ham oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |