Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


Texnologiya fani o‘qituvchisining amaliy darsga tayyorgarligi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

Texnologiya fani o‘qituvchisining amaliy darsga tayyorgarligi
O‘qituvchi navbatdagi mavzu bo‘yicha mashg’ulotlarga tayyorgarlik 
jarayonida mehnat topshiriqlarini bajarish protsessida o‘quvchilar mehnatini 
rejalashtirish va uyushtirish shuningdek mehnat jarayonini borishini kuzatish, unga 
tuzatishlar kiritish hamda ro‘y beradigan xatolarni bartaraf qilishga jalb etiladi. 
O‘quvchilarni aqliy faoliyatida amaliy darslarda ishtirok etish alohida 
ahamiyatga loyiqdir. O‘quvchilar ustaxonalarida amaliy darslarda hal qilinadigan 
texnik masalalarni ikki tipga: konstruktorlik va texnologik masalalarga ajratish 
mumkin. Konstruktorlik masalalarini turlarini ko‘rib chiqamiz. 
Texnologiya ta’limi, o‘qituvchisining o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘quv 
rejasini, texnologiya ta’limi va fanining o‘quv dasturini va taqvimiy mavzuli rejani 
o‘rganishdan boshlanadi. texnologiya ta’limi va o‘qituvchisi bu hujjatlar bilan 
tanishar ekan, tegishli sinf o‘quvchilarida umumiy mehnat bilimlari va amaliy 
ko‘nikmalarini qaysi mehnat turlari bo‘yicha va qanday hajmda shakllantirish 
lozimligini aniq tasavvur qiladi. Buning uchun qanday asbob-uskunalar, 
moslamalar va ish qurollari kerakligi, o‘quvchilar texnologiya dasturi talablarini 
to‘liq bajarish uchun darslarda qanday buyumlarni tayyorlashlari kerakligini va 
shunga binoan ularni tayyorlash uchun qanday materiallar talab qilinishini bilib 
oladi.


124 
Texnologiya o‘qituvchisi olingan ma’lumotlar asosida va texnologiya ta’limi 
dasturidan foydalangan holda ancha batafsil rejalashtiruvchi hujjatlarni, ya’ni 
taqvimiy mavzuli rejani va o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxatini tuzib chiqadi. 
Shunday tarzda belgilab chiqilgan dastur o‘qituvchi uchun fan yuzasidan ishlarning 
taqvimiy mavzuli rejasi sifatida xizmat qiladi. 
O‘quvchilar foydalanishi uchun rejalashtirilgan buyumlarga texnologiya 
ta’limi o‘qituvchisi texnikaviy hujjatlar ishlab chiqadi, zarur ko‘rgazmali qurollar 
tayyorlaydi, asbob-uskunalarning, o‘quvchilar ish joyi va ish qurollarining 
texnikaviy holatini, shuningdek, o‘quv ustaxonalari binosining va ulardagi 
jihozlarningxavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigivena talablariga muvofiq kelishini 
tekshirib chiqadi.
Darsga tayyorlanish vaqtida o‘qituvchi o‘tgan mashg'ulotning mazmuni va 
natijalarini tahlil qilishi, ularning izchil aloqasini belgilab chiqishi, kelgusi 
darsning ta’lim va tarbiya maqsadini to‘g‘ri belgilashi, darsning tuzilishini va 
uning har bir elementiga ajratiladigan vaqtni aniqlashi, mavzuga oid savollar 
tuzishi va kirish yo‘riqnomasi mazmunini ishlab chiqishi, asosiy mehnat usullarini 
tanlashi va o‘ylab chiqishi kerak.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida 
darsning tashkiliy tomonlariga navbatchilarni tayinlash, o‘quvchilarga asbob va 
materiallar tarqatish, o‘quv ustaxonalarida tartib-intizomning qat‘iy saqlanishiga, 
ishlarga baho qo‘yish va ularni tahlil qilishga alohida e’tibor berishi kerak. 
Zamonaviy darsning tarkibiy tuzilishi o‘qituvchilarning boshqaruvchilik roli 
va o‘quvchilarning anglash faoliyatlarini tashkil etishning o‘ziga xosligini aks 
ettira turib, juda ham turli-tuman shakldaligi bilan farq qiladi. Darsning 
muvaffaqiyatli o‘tishi o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning darsga tayyorlanishlariga 
bog‘liqdir. 
Texnologiya 
ta’limi 
o‘qituvchisi 
darsga 
tayyorlanish 
jarayonida 
quyidagilarni hisobga olishi zarur: 
Darsning maqsadi: 


125 
a) darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda yangi atamalarga oid 
tushunchalarni shakllantirish; 
b) darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish; 
d) darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarning tasavvuri, xotirasi, 
kuzatuvchanligi, tafakkuri, nutqi, o‘quv jarayonida ko‘nikma, o‘quv malakalarini 
shakllantirish va ularni rivojlantirish;
e) dars materialining murakkablik darajasini aniqlash: dars materialining 
amaliyot bilan va oldingi o‘tilgan materiallari bilan bevosita bog‘lanishini 
aniqlash, o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun vazifa berish dars jihozini 
tayyorlash, qo‘shimcha beriladigan topshiriqlar hajmini aniqlash; 
f) darsning didaktik vazifasini, ya’ni maqsadga olib keluvchi masalalarning 
ketma-ketligini aniqlash; 
g) o‘qitish usullarining optimal variantlarni tanlash; 
h) darsning tuzi1ishini aniqlash: darsni samarali boshlash va vaqtni to‘g‘ri 
taqsimlash, darsning rejasi va yaxlitligini, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining 
o‘zaro uzviyligini ta’minlashdan iborat.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish