Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


Qo’l ishlari va namlab isitib ishlov berish uchun o’quvchining ish o’rni



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

 
Qo’l ishlari va namlab isitib ishlov berish uchun o’quvchining ish o’rni
 
1-stol qopqog‘i, 2-dazmollash uchun yordamchi ko‘tarma taxta, 3-asboblar yashigi, 
4-yashikning ko‘arma qopqog‘i, 5-dazmol taglik, 6-dazmol, 7-purkagich, 8-dazmol 
taxta qoliplari yashigi, 9-hujjatlar (kundalik darsliklar) yashigi, 10- chizg‘ich,
11-burchak taxta, 12-chizg‘ch, burchak taxta, kronshteyn(ilgich) tokchasi,
13-ignalar yostiqchasi, 14-g‘altaklar uchun qaytarma uzakli kronshteyn, 15-bo‘r 
yashik, 16-chiqindilar yashigi.


315 
Universal ish o‘rinlaridan tashqari ustaxonada butun guruhdagi o‘quvchilar 
ixtisosiga muvofiq foydalanadigan maxsus mashinalar o‘rnatiladi. Tikuvchilik 
korxonalarida ish o‘rinlari har xil stollar orasidagi joydan ham foydalaniladigan 
qilib ko‘ndalangiga, burchak qilib, uzunasiga va ixtiyoriy joylashtiriladi. 
Dasmda dazmollash o‘rni bilan birga qo‘l ishlari o‘rni ko‘rsatilgan. Ishlab 
chiqarish ta’limi ustasining ish o‘rni ish usullarini, operatsiyalar bajarilishini, 
ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish, o‘quvchilar ishini kuzatish qulay 
bo‘ladigan qilib tashkil etilishi kerak. Usta ish o‘rnining old tomonida yo‘l-yo‘riq 
berayotganda o‘quvchilar turadigan bo‘sh zona bo‘lishi kerak. 
30.2. “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitishning o‘ziga xos 
xususiyatlari 
“Texnologiya va dizayn” yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, 
o‘quvchi-talabalar 
ushbu 
yo‘nalishda 
o‘quv 
ustaxonalarining 
holati, 
ustaxonalardagi dastgohlarning tuzilishi, ulardagi ish jarayonlarini kuzatadilar va 
amaliy mashg‘ulotlarda batafsil bajarib borishadi. O‘quv ustaxonalarida asosan 
lesarlik, duradgorlik va boshqa soha, kasbga xos dastgohlari turli ishlash 
operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradigan va mustahkam 
joylashtirilgan ish konstruksiyalaridan iborat bo‘lishi lozim. Masalan, bir o‘rinili 
slesarlik dastgohi 800-850mm (duradgorlik dastgohi 750-780mm) balandlikda 
o‘rnatilishi va u yog‘ochdan yoki metalldan tayyorlanishi lozim. Dastgoh 
o‘rnatiladigan stol taxtadan ishlanadi, ustiga qalinligi 1,5-2,0mm qalinlikdagi 
po‘lat tunuka qoplanadi va perimetrii bo‘yicha 25x 25 mm li burchak qilib 
qoplanadi, dastgoh qulay o’rindiqqa ega bo‘lishi, undan o‘quvchi instruktajlar va 
dam olishi vaqtida foydalanishi, yozuvlar, eskizlar tuzish uchun esa unda 
suruluvchi planshet ham bo‘lishi lozim. Dastgoh stolida aylanuvchi qurilmaga ega 
bo‘lgan parallel slesarlik tiskilari mustahkamlangan bo‘lishi zarur. Ish va kontrol 
o‘lchov asboblari dastgohining aniq joyida turishi lozim. Ish vaqtida o‘ng qo‘l 
bilan olinadigan asboblar (bolg‘a, egov, dastarra, metall qirqadigan qaychi va 


316 
hokazolar) tiskilarning o‘ng tomonda muayyan tartibda joydashishi kerak. Ulardan 
chap qo‘l bilan olinadiganlari chap tomonda turadi. 
O‘quv ustahonalarida mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda o‘tkazish mehnat 
va kasb ta’limini chorakka, yarim yilga mo‘ljallab rejalashtirish va usta, 
o‘qituvchining 
mashg‘ulotga 
aniq 
tayyorgarlik 
ko‘rishidan 
boshlanadi
3

O‘qituvchi, usta kalendar mavzu rejasi, o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxati va 
yig‘ma mavzu reja asosida darsning reja va konspektini tuzadi. Darsda takrorlash 
uchun savollarni va fanlararo aloqalarni belgilaydi, o‘quvchilar tayyorlaydigan 
mehnat ob’yektining namunasini hozirlaydi, bunda o‘z mehnat va hunar usullarini 
takomillashtirish maqsadida mashq qilib oladi, zagatovkalar, asboblar va 
moslamalarni darsga tayyorlaydi, asbob-uskunalarning ishga yaroqli ekanligini 
tekshiradi, texnologiya hujjatlarini hozirlaydi va mashg‘ulotni o‘tkazish 
metodikasini o‘ylab ko‘radi.
Mashg‘ulotning metodik tomoni mazkur mashg‘ulotning tashkiliy shaklini 
(dars, amaliy laboratoriya ishi, ekskursiya yoki kino darsi, o‘quvchilarning ishini 
frontal yoki zveno tarzida tashkil qilish) aniqlab olishdan bo‘lishi kerak. 
Har bir o‘quvchining alohida dastgohi, asboblar komplekti bo‘lishi kerak. 
Mashg‘ulotlarda bu ish o‘rnidan va asbobdan shu o‘quvchining o‘zigina 
foydalanishi lozim. Mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin o‘quvchi navbatchidan ish 
joyini va mavjud asboblarni qabul qilib olishi, dars tamom bo‘lganda esa xuddi shu 
holatda navbatchiga topshirishi kerak.
Ustaxonalarda ish joylarning aniq tashkil etilishi, o‘quvchilarning ichki 
tartib qoidalarni o‘z vaqtida bajarishi ularda yuksak mehnat madaniyati 
malakalarini hamda jamoat mulkini saqlash uchun yuksak mas’uliyat tuyg’usini 
tarbiyalashga yordam beradi. 
O‘quv ustahonalarida mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda o‘tkazish mehnat 
va kasb ta’limini chorakka, yarim yilga mo‘ljallab rejalashtirish va usta, 
o‘qituvchining mashg‘ulotga aniq tayyorgarlik ko‘rishidan boshlanadi. O‘qituvchi, 
usta kalendar mavzu rejasi, o‘quv ishlab chiqarish ishlari ro‘yxati va yig‘ma- 
mavzu reja asosida darsning reja va konspektini tuzadi. Darsda takrorlash uchun 


317 
savollarni va fanlararo aloqalarni belgilaydi, o‘quvchilar tayyorlaydigan mehnat 
ob’yektining namunasini hozirlaydi, bunda o‘z mehnat va hunar usullarini 
takomillashtirish maqsadida mashq qilib oladi, zagatovkalar, asboblar va 
moslamalarni darsga tayyorlaydi, asbob-uskunalarning ishga yaroqli ekanligini 
tekshiradi, texnologiya hujjatlarini hozirlaydi va mashg’ulotni o‘tkazish 
metodikasini o‘ylab ko‘radi.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish