Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

O‘qituvchining muomala odobi
O‘zbekiston maktablarida ta‘lim-tarbiya 
ishlari, pedagogik faoliyatning samaradorligi, ta’sirchanligi o‘qituvchilar, ota-


179 
onalar jamoasi, oilada shakllangan axloqiy munosabatlarga, muomala odobiga 
bog‘liq. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilar, kasbdoshlari, ota-
onalar bilan muomalada bo‘ladi. Barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan 
o‘quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar muallimning har bir harakati, barcha ishlarini
inson sifatida kuzatib boradi, his etadi, axloqiy jihatdan baholaydi, qabul qiladi 
yoki rad etadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya ishlarining 
natijasi, o‘qituvchi faoliyatining ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir 
bo‘ladigan muomala odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruhiy 
holati, kayfiyatiga bog‘liqsir. Muomala odobi o‘z tabiati, mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy 
hodisadir. Ijtimoiy qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida 
namoyon bo‘ladi.
Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma‘naviy, umuminsoniy va milliy, 
axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda 
qatnashuvchilar o‘rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. 
Ijtimoiy munosabatlarning har biri o‘ziga xos xususiyatga, mezonlarga ega. Bu 
xususiyat va mezonlar ijtimoiy faoliyatning sohasi, shaxslararo aloqalarning 
xarakteri bilan belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo‘lgan axloqiy 
qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o‘rtasidagi, shaxsiy va 
ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog‘lanishlarga asoslanadi. 
18.2. Asbob-uskunalarni ishga sozlash. Xom-ashyo va namunani tayyorlash 
O‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarni yaxshi tashkil etish, ularni 
o‘tkazishning to‘g‘ri metodikasini qo‘llash, o‘quvchilar tomonidan texnikaviy 
bilimlar, mehnat malakalari va ko‘nikmalari muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi uchun 
o‘quv ustaxonalarning jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat 
madaniyatiga muvofiq kelishi va ularda texnologiya ta’limi dasturining barcha 
mavzularini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim. 
Texnologiya ta’limining asosiy darslari nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat. 
O‘quvchilar texnologiya ta’limining nazariy asoslarini o‘zlashtirishlari uchun 
taxminan 20 % o‘quv vaqtini sarflashga rejalanadi. Uyda va mehnat


180 
kutubxonasida mustaqil ravishda har bir mavzuning nazariy asoslarini 
o‘zlashtirishIari lozim. Bu holatni ilmiy jihatdan aniqlashda texnologiya ta’limi 
o‘qituvchisi uchun maktab kutubxonasi va tegishli zamonaviy texnik-texnologik, 
umumiy ta‘lim fanlariga, fan-texnikaga oid jurnallar va boshqa manbalar ro‘yxati, 
internet va qo‘lda tayyorlangan modellar, moslamalar, didaktik materiallar, 
axborotnomalar, o‘quvchilarga mo‘ljallangan kichik to‘plamIar qo‘shimcha manba 
bo‘lib xizmat qiladi. 
O‘qituvchi ustaxonalarda mavjud bo‘lgan stanoklar, asbob-uskunalar, 
dastgohlar, moslamalarni ta’mirlab, amaliy va laboratoriya darslariga tayyorlab 
qo‘yishi, amaliy ish ob’yektlari uchun xom ashyolar to‘plashi, eskizlar, chizmalar, 
texnologik xaritalar ishlab chiqishi lozim. O‘quvchilar tayyorlagan buyumlarni, 
ishlarni yakunlagan holatini nazorat etishga qaratilgan savollar, testlar, 
namunalarni ishlab chiqish darsga tayyorgarlikni tashkil etadi. So‘nggi yillarda 
texnologiya ta’limi jihozlari ro‘yxati ta’limning yangi vositalari hisobiga sezilarli 
kengaydi va hozirgi kunda 400 nomdan iborat. Bular 220 tacha har xil turdagi 
asboblar, moslamalar, stanoklar, 16 xil priborlar, 30 xildan ortiq modellar va 
ularning qismlari, 14 xil to‘plamdagi jadvallar va plakatlar, 120 dan ortiq ekran 
vositalari va qo‘llanmalaridan iborat. Buning hammasi mehnat ta’limining 
politexnik yo‘nalishini kuchaytirish, o‘quvchilarga texnika, texnologiya, 
iqtisodiyot va hozirgi zamon ishlab chiqarishining tashkiliy asoslarini chuqurroq 
va to‘liqroq ochib berish, ularda har turli materiallarga mexanik ishlov berishning 
dastlabki ko‘nikmalarini ertaroq shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan. 
Pedagogik nuqtai nazardan o‘quv-moddiy ta’minot o‘quv-tarbiya jarayoni 
samaradorligini va sifatini oshirishga, ta’limning politexnik va kasbga 
yo‘naItiruvchi jihatlarini to‘liq amalga oshirilishini ta‘minlashga zamin yaratishi 
kerak.
O‘quvchilarga ta’lim vositalari orqali beriladigan axborot ilmiy jihatdan 
to‘g‘ri bo‘lishi, o‘quvchilarning tayyorgariik darajasini oshirishga imkon berishi 
lozim. Iqtisodiy jihatdan o‘quv-moddiy baza maqsadlarini mehnat o‘quv-tarbiya 
jarayoni sifatiga zarar yetmaydigan holda amalga oshirish imkonini beradigan 


181 
o‘quv jihozlaridan to‘liq foydalanishga qaratilgan bo‘lishi zarur. o‘quv 
ko‘rgazmalari va o‘quv jihozlari tarkibida, odatda kamyob va qimmatbaho 
materiallar bo‘lmasligi, ularni tayyorlash asossiz ravishda ortiqcha xarajatlar talab 
qilmasligi va ommaviy ravishda maktablar sotib olish imkoniga ega bo‘lishi kerak. 
Iqtisod nuqtayi nazardan o‘quv jihozlari ustida o‘qituvchilar va o‘quv ustalari 
ishlashlari lozim. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari sharoitida o‘quvchilarning 
mehnat va kasb-hunarga yo‘naltirish sifatini yaxshilash hamda takomillashtirish 
uchun o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalarida har bir kiritilgan kasb va 
ixtisosliklarning asbob-uskunalarini, moslamalariniishga sozlash, ta’mirlash hamda 
qayta tayyorlashni tashkil etish va ularning metodikasini hal qilish ahamiyatga ega. 
Chunki, o‘quvchilarga xuddi ana shular orqali texnik-texnologik operatsiyalarni 
bajarish asosiy faoliyatlariga yo‘naltirilgan. Shuningdek, texnologiya ta’limining 
har bir yo‘nalishi bo‘yicha asbob-uskunalarni ishga sozlash uchun o‘quvchilar eng 
avvalo qo‘llaydigan asbob-uskunalarining tuzilishini mukammal o‘rganishlari 
zarur.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish