179
onalar jamoasi, oilada shakllangan axloqiy munosabatlarga, muomala odobiga
bog‘liq. O‘qituvchi ta’lim-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilar, kasbdoshlari, ota-
onalar bilan muomalada bo‘ladi. Barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan
o‘quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar muallimning har bir harakati, barcha ishlarini
inson sifatida kuzatib boradi, his etadi,
axloqiy jihatdan baholaydi, qabul qiladi
yoki rad etadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya ishlarining
natijasi, o‘qituvchi faoliyatining ta‘sirchanligi pedagogik jarayonda sodir
bo‘ladigan muomala odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruhiy
holati, kayfiyatiga bog‘liqsir. Muomala odobi o‘z tabiati, mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy
hodisadir. Ijtimoiy qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida
namoyon bo‘ladi.
Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma‘naviy, umuminsoniy va milliy,
axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda
qatnashuvchilar o‘rtasidagi
muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi.
Ijtimoiy munosabatlarning har biri o‘ziga xos xususiyatga, mezonlarga ega. Bu
xususiyat va mezonlar ijtimoiy faoliyatning sohasi, shaxslararo aloqalarning
xarakteri bilan belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo‘lgan axloqiy
qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o‘rtasidagi, shaxsiy va
ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog‘lanishlarga asoslanadi.
18.2. Asbob-uskunalarni ishga sozlash. Xom-ashyo va namunani tayyorlash
O‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarni yaxshi tashkil etish,
ularni
o‘tkazishning to‘g‘ri metodikasini qo‘llash, o‘quvchilar tomonidan texnikaviy
bilimlar, mehnat malakalari va ko‘nikmalari muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi uchun
o‘quv ustaxonalarning jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak mehnat
madaniyatiga muvofiq kelishi va ularda texnologiya ta’limi dasturining barcha
mavzularini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.
Texnologiya ta’limining asosiy darslari nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat.
O‘quvchilar texnologiya ta’limining nazariy asoslarini o‘zlashtirishlari uchun
taxminan 20 % o‘quv vaqtini sarflashga rejalanadi. Uyda va mehnat
180
kutubxonasida mustaqil ravishda har bir mavzuning nazariy asoslarini
o‘zlashtirishIari lozim. Bu holatni ilmiy jihatdan aniqlashda texnologiya ta’limi
o‘qituvchisi uchun maktab kutubxonasi va tegishli
zamonaviy texnik-texnologik,
umumiy ta‘lim fanlariga, fan-texnikaga oid jurnallar va boshqa manbalar ro‘yxati,
internet va qo‘lda tayyorlangan modellar, moslamalar, didaktik materiallar,
axborotnomalar, o‘quvchilarga mo‘ljallangan kichik to‘plamIar qo‘shimcha manba
bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchi ustaxonalarda mavjud bo‘lgan stanoklar, asbob-uskunalar,
dastgohlar, moslamalarni ta’mirlab, amaliy va laboratoriya darslariga tayyorlab
qo‘yishi, amaliy ish ob’yektlari uchun xom ashyolar to‘plashi, eskizlar, chizmalar,
texnologik xaritalar ishlab chiqishi lozim. O‘quvchilar
tayyorlagan buyumlarni,
ishlarni yakunlagan holatini nazorat etishga qaratilgan savollar, testlar,
namunalarni ishlab chiqish darsga tayyorgarlikni tashkil etadi. So‘nggi yillarda
texnologiya ta’limi jihozlari ro‘yxati ta’limning yangi vositalari hisobiga sezilarli
kengaydi va hozirgi kunda 400 nomdan iborat. Bular 220 tacha har xil turdagi
asboblar, moslamalar, stanoklar, 16
xil priborlar, 30 xildan ortiq modellar va
ularning qismlari, 14 xil to‘plamdagi jadvallar va plakatlar, 120 dan ortiq ekran
vositalari va qo‘llanmalaridan iborat. Buning hammasi mehnat ta’limining
politexnik yo‘nalishini kuchaytirish, o‘quvchilarga texnika, texnologiya,
iqtisodiyot va hozirgi zamon ishlab chiqarishining tashkiliy
asoslarini chuqurroq
va to‘liqroq ochib berish, ularda har turli materiallarga mexanik ishlov berishning
dastlabki ko‘nikmalarini ertaroq shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan.
Pedagogik nuqtai nazardan o‘quv-moddiy ta’minot o‘quv-tarbiya jarayoni
samaradorligini va sifatini oshirishga, ta’limning politexnik va kasbga
yo‘naItiruvchi jihatlarini to‘liq amalga oshirilishini ta‘minlashga zamin yaratishi
kerak.
O‘quvchilarga ta’lim vositalari orqali beriladigan axborot ilmiy jihatdan
to‘g‘ri bo‘lishi, o‘quvchilarning tayyorgariik darajasini oshirishga imkon berishi
lozim. Iqtisodiy jihatdan o‘quv-moddiy baza maqsadlarini mehnat o‘quv-tarbiya
jarayoni sifatiga zarar yetmaydigan holda amalga
oshirish imkonini beradigan
181
o‘quv jihozlaridan to‘liq foydalanishga qaratilgan bo‘lishi zarur. o‘quv
ko‘rgazmalari va o‘quv jihozlari tarkibida, odatda kamyob va qimmatbaho
materiallar bo‘lmasligi, ularni tayyorlash asossiz ravishda ortiqcha xarajatlar talab
qilmasligi va ommaviy ravishda maktablar sotib olish imkoniga ega bo‘lishi kerak.
Iqtisod nuqtayi nazardan o‘quv jihozlari ustida o‘qituvchilar va o‘quv ustalari
ishlashlari lozim. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari sharoitida o‘quvchilarning
mehnat va kasb-hunarga yo‘naltirish sifatini yaxshilash hamda takomillashtirish
uchun o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalarida har bir kiritilgan kasb va
ixtisosliklarning asbob-uskunalarini, moslamalariniishga sozlash, ta’mirlash hamda
qayta tayyorlashni tashkil etish va ularning metodikasini hal qilish ahamiyatga ega.
Chunki, o‘quvchilarga xuddi ana shular orqali texnik-texnologik operatsiyalarni
bajarish asosiy faoliyatlariga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, texnologiya ta’limining
har bir yo‘nalishi bo‘yicha asbob-uskunalarni ishga sozlash uchun o‘quvchilar eng
avvalo qo‘llaydigan asbob-uskunalarining tuzilishini mukammal o‘rganishlari
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: