Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


 Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

33.3. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish 
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichdagi vazifalarini muvaffaqiyatln hal 
etilishiga uning amaliyot bilan mustahkam aloqasi yo‘lga qo‘yilgandagina erishish 
mumkin bo‘ladi. Bu boradagi muammolarni hal etishda ilg‘or pedagogik 


346 
tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish, ommalashtirish va tadbiq qilib borish 
muhim ahamiyat ega kasb etadi. 
Ilg‘or pedagogik tajriba o‘quv-tarbiyaviy ishlarni jadallashtiruvchi doimiy 
omil, pedagogik jarayonlarni amalga oshirishning eng maqbul va samarali yo‘li 
sanaladi. Ilg‘or pedagogik tajriba o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan shakllar, 
metodlar usul va vositalar majmuasida yoki boshqacha aytganda uning tuzgan 
pedagogik tizimini ifodalovchi texnologiyasida namoyon bo‘ladi. 
Ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish - aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
tadbirlarning umumlashgan tizimidir. Pedagogikada oddiy, ilg‘or va ijodiy 
tajribalar o‘zaro farqlanadi. 
Oddiy tajriba
- ma‘lum metodik tavsiyalarni o‘qituvchi tomonidan o‘z 
imkoniyatlari doirasida muvofiqlashtirib qo‘llashni anglatadi. 
Ilg‘or tajriba
- pedagogika ilmida ilgari surilgan yangi g‘oyani ijodiy qayta 
ishlash va aniq vaziyatlarga tadbiq qilishda namoyon bo‘ladi. 
Ijodiy tajriba
- o‘qituvchining mavjud bo‘lganlaridan jiddiy farq qiluvchi, 
mavjud ilmiy-pedagogik qarashlardan tashqariga chiquvchi, yanada mukammalroq 
yangi g‘oyaning amaliy aks ettirilishidir. 
Ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va tadbiq qilishdan maqsad 
ta’lim jarayonini amalga oshirishning yanada mukammal usullarini joriy qilish 
orqali uning mazmunini takomillashtirib borishdan iborat. 
Ilg‘or tajribalarni ommaviy tarzda o‘rganish va tadbiq qilish o‘quv-
tarbiyaviy jarayonlar samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. 
Ta’lim muassasalarining rahbarlari hamda pedagogik jamoalar har bir o‘qituvchida 
ijodiy ishlash sifatlarini tarbiyalash yo‘llarini topishi, rag‘batlantirish hamda 
ommalashtirishga harakat qilmog‘i lozim. 
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va shunga asoslangan yangi 
pedagogik hodisalarni va qonuniyatlarni kashf qilish o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni 
sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv materialini o‘qitishning yangi 
mantiqini amalga kiritish, bilish faoliyati muammolari yechimini topishga, yangi 


347 
tipdagi o‘quv jarayonlarini modellashtirishga turtki berishi mumkin. Pedagogik 
tajribalarni o‘rganishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak: 
1. O‘rganish uchun o‘zida ta’limning zamonaviy muammolari yechimini aks 
ettiruvchi tajribani tanlash; 
2. Aniqlangan tajribani uzoq davrga mo‘ljallab ishlab chiqilgan dastur 
asosida, o‘quv yurtining butun ko‘lamini qamrab olgan holda o‘rganish;
3. Bu boradagi tadbirlarga o‘rganilayotgan tajriba darajasida faoliyat 
ko‘rsata oluvchi o‘qituvchilarni imkon darajasida ko‘proq jalb qilish; 
4. O‘rganilayotgan muammoning o‘zaro ta’sir qiluvchi va tuzatuvchi 
xarakterga ega ekanligini e’tiborga olish;
5. Ilg‘or pedagogik tajribani uning rivojlanib borish jarayonida o‘rganish; 
6. Qo‘llanilayotgan metod va usullarning erishilgan natijalar bilan bevosita 
uzviy bog‘liqlik omillarini aniqlash. 
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish o‘ziga xos mantiqqa va muayyan 
bosqichlarga ega bo‘lib, bu jarayonda quyidaga mezonlarga amal qilinmog‘i lozim: 
1. Rejalashtirilganlik. Tajribani o‘rganish rejasini ishlab chiqish, vazifalarni 
o‘zaro taqsimlash, olib boriladigan ishning aniq shakl va metodlarini belgilab 
olish. 
2. Tashkillashtirilganlik va tez moslashuvchanlik. 
3. Olingan axborotlardan o‘rinli foydalanish. Bunda olingan axborotlarni 
nafaqat vizual kuzatib, bevosita olingan ma’lumotlar, balki yashirin, ichki 
bog‘lanishlarni ham o‘zida aks ettirishi kerak. 
4. Nazorat va hisob ishlarini yuritish (o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasi, har 
bir metod yoki usulning qisman yoki to‘laligacha amalga oshirish uchun sarflangan 
vaqt, foydalanilgan ko‘rgazmali vositalar. 
5. Tajribani ilmiy asoslashga e’tibor qaratish. Ijodkor o‘qituvchilar ilg‘or 
tajribalarini ommalashtirish ishlarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi: 


348 
1) o’z pedagogik tajribalarini umumlashtirish; 2) hamkasb o‘qituvchilar 
tajribalarini o‘rganish; 3) Ilg‘or pedagogik tajriba jamoasini tuzish; 4) Ilg‘or 
pedagogik tajriba maktablarini yaratish; 5) Ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish. 
Ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda adabiyotlarni tahlil qilish, daliliy 
materiallarni yig‘ish, kuzatish, pedagogik tahlil va umumlashtirish taqqoslash va 
tasniflash, tajriba-sinov o‘tkazish, bilimlarni nazorat qilish metodlari vositasida 
amalga oshiriladi.

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish